Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 470,6 Kb.
bet47/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

Barcha tarmoq shlyuzlari orasida XKSh xizmat ko‘rsatuvchi
shlyuz (S-GW, Serving Gateway) va paketli tarmoq shlyuzi (P-GW, Packet Data Network Gateway) yoki paketli shlyuz (PSh) alohida ajratilgan. XKSh BSga va u xizmat ko‘rsatadigan FTlarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar paketlarini qabul qilish va qayta uzatish bilan lokal mobillikni boshqarish bloki sifatida ishlaydi. PSh BS va turli tashqi tarmoqlar to‘plamilari orasidagi interfeys hisoblanadi, shuningdek IP-tarmoqlarning manzillarni taqsimlash, foydalanish siyosatini ta’minlash, paketlarni marshrutlashtirish, filtrlash va boshqalar kabi ayrim funksiyalarini bajaradi.
Ko‘plab uchinchi avlod tarmoqlaridagi kabi LTE tarmoqlarini qurish tamoyillari asosiga ikkita jihatlar - alohida tarmoq bloklarini fizik ishlatilishi va ular orasida funksional aloqalarni shakllantirishni ajratish qo‘yilgan. Bunda fizik ajratish masalasi soha (domain) konsepsiyasidan kelib chiqib hal etiladi, funksional aloqalar esa qatlam (stratum) doirasida ko‘rib chiqiladi.
Fizik darajadagi birinchi ajratish tarmoq arxitekturasini foydalanuvchilar qurilmalari sohasiga (UED, User Equipment Domain) va tarmoq intfratuzilmasi sohasiga (ID, Infrastructure Domain) bo‘lish hisoblanadi. Tarmoq intfratuzilmasi sohasi, o‘z navbatida, radioulanish nimtizimiga (E-UTRAN, Evolved Universal Terrestrial Radio Access Network) va bazaviy (paketli) nimtarmoqqa (EPC, Evolved Packet Core) bo‘linadi.
Foydalanuvchilar qurilmalari bu LTE-xizmatlarga ulanish uchun tarmoq abonentlari ishlatadigan turli funksional imkoniyatlari darajalarili FTlar hisoblanadi. Bunda foydalanuvchi terminali sifatida ham misol uchun ovozli trafikdan foydalanadigan real abonent, ham ma’lum tarmoq yoki foydalanish ilovalarini uzatish yoki qabul qilish uchun mo‘ljallangan egasiz qurilma bo‘lishi mumkin.
2.16-rasmda LTE tarmog‘ining umumlashtirilgan sxemasi tasvirlangan, undan funksional aloqalarning ikkita qatlamlari – radioulanish qatlami (AS, Access Stratum) va tashqi radioulanish qatlami (NAS, Non-Access Stratum) ko‘rnib turibdi. 2.16-rasmda tasvirlangan ko‘rsatkichli ovallar xizmatlarga ulanish nuqtalarini belgilaydi.
UE foydalanuvchilar qurilmalari sohasi va UTRAN radioulanish tarmog‘i sohasi orasidagi birlashish Uu-interfeys, radioulanish tarmog‘i sohasi va EPC bazaviy soha orasidagi birlashish S1-interfeys deyiladi. Uu va S1interfeyslarga kiradigan turli protokollarning tarkibi va ishlashi foydalanish (UP, User Plane) va boshqarish (CP, Control
Plane) tekisliklariga bo‘lingan.

Radiо- protokollar

Signalizatsiya protokollari

Signalizatsiya protokollari


Ulanish qatlamidan tashqarida bazaviy tarmoqda mobillikni boshqarish mexanizmi (EMM, EPC Mobility Management) ishlaydi.

Radio- protokollar


2.17- rasm. LTE tarmog‘ining umumlashtirishgan tuzilish sxemasi Foydalanish protokolida foydalanuvchilar ma’lumotlarini

radiokanal bo‘yicha uzatilishini ta’minlaydigan protokollar ishlatiladi. Boshqarish tekisligiga turli jihatlarda FT va tarmoqning ulanishini ta’minlaydigan protokollar kiradi. Shuningdek bu tekislikka turli xizmatlarni ko‘rsatilishiga tegishli bo‘lgan xabarlarni transparent (ochiq) uzatilishi uchun mo‘ljallangan protokollar kiradi.
Radioulanish tarmog‘i sohasi mantiqan ikki sohalarga – radiotarmoq darajasi (RNL, Radio Network Layer) va transport tarmog‘i darajasiga (TNL, Transport Network Layer) bo‘linadi. Radioulanish tarmog‘i sohasiga kiradigan BSlarning o‘zaro ta’sirlashishi 2.17- rasmda ko‘rsatilganidek X2-interfeys asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bazaviy stansiyalar orasida va bazaviy tarmoq bilan mobillikni boshqarish bloki (S1-MM-interfeys) yoki xizmat ko‘rsatish tuguni (S1-U-interfeys) orqali tranzit bog‘lash o‘z o‘rniga ega (2.17- rasmda ko‘rsatilmagan). Shunday qilib, S1- interfeys BSlar va MBB/OTlar to‘plamlarini ko‘plat munosabatlarini ta’minlaydi.
2.18- rasm. Radioulanish tarmog‘i funksional tugunlarining ulanishi

LTE tarmoqlarida bazaviy stansiyalarga quyidagi funksiyalarni bajarish yuklangan:



  • kiruvchi va chiquvchi yo‘nalishlarda radioresurslarni boshqarish, radiokanallarni boshqarish, resurslarni dinamik taqsimlash;



  • IP-paketlar sarlavhalarini siqish, foydalanuvchilar ma’lumotlari oqimlarini shifrlash;



  • oldingi ulanish haqida ma’lumot bo‘lmaganida foydalanuvchi terminalini tarmoqqa ulanishida mobillikni boshqarish blokini tanlash;



  • foydalanish tekisligida ma’lumotlar paketlarini xizmat ko‘rsatuvchi shlyuz yo‘nalishi bo‘yicha marshrutlashtirish;



  • MBBdan olingan chaqiruv va tarqatish ma’lumotlarini dispetcherlashtirish yoki uzatish;



  • MBBdan olingan PWS (Public Warning System, trevogali ogohlantirish tizimi) xabarlarini dispetcherlashtirish va uzatish;



  • mobillik va dispetcherlashtirishni boshqarish uchun mos hisoblarni o‘lchash va tuzish.



Mobillikni boshqarish bloki quyidagi funksiyalarni bajarilishini ta’minlaydi:



  • xizmatlarga ulanish nuqtalari haqidagi himoyalangan



ma’lumotlarni uzatish va ulanish nuqtalarini himoyalangan boshqarish;



  • turli radioulanish tarmoqlari orasida mobillikni boshqarish uchun bazaviy tarmoqqa ma’lumotlarni uzatish;



  • kutish, shu jumladan chqairuvlarni qayta yo‘naltirish holatida bo‘lgan bazaviy stansiyalarni boshqarish;



  • turli standartlar radioulanish tarmoqlari uchun xizmat ko‘rsatish shlyuzi va paketli tarmoq shlyuzini tanlash;



  • xendover bajarilishida yangi mobillikni boshqarish blokini tanlash;



  • rouming;



  • autentifikatsiyalash;



  • radiokanalni, shu jumladan, ajratilgan kanalni o‘rnatilishini boshqarish;



  • PWS xabarlarini uzatilishini ta’minlash.



Xizmat ko‘rsatuvchi tugun quyidagi funksiyalarni bajarilishiga javob beradi:



  • xendoverda lokal joylashish o‘rnini bog‘lash nuqtasini tanlash (Local Mobility Anchor);



  • kutish rejimida bo‘lgan FTlar uchun mo‘ljallangan chiquvchi yo‘nalishda ma’lumotlar paketlarini buferlashtirish va xizmatlar so‘rash protsedurasini initsializatsiyalash;



  • foydalanuvchilar ma’lumotlarini ruxsat etilgan qo‘lga kiritish;



  • ma’lumotlar pakelarini marshrutlashtirish va qayta yo‘naltirish;



  • transport darajasi paketlarini belgilash;



  • tariflashtirish uchun foydalanuvchilar hisobga olish yozuvlarini va xizmat ko‘rsatish sifati sinfi identifikatorini shakllantirish;



  • abonentlarni tariflashtirish.



Paketli tarmoq shlyuzi quyidagi funksiyalarni bajarilishini ta’minlaydi:



  • foydalanuvchilar paketlarini filtrlash;



  • foydalanuvchilar ma’lumotlarini ruxsat etilgan qo‘lga kiritish;



  • FTlar uchun IP-manzillarni taqsimlash;



  • chiquvchi yo‘nalishdatransport darajasi paketlarini belgilash;



  • xizmatlarni tariflashtirish, ularni saralash.




Download 470,6 Kb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 470,6 Kb.