|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|
bet | 50/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)tarmoq uning ishlash zonasida bo‘lgan har bir mobil qurilmalarning so‘rovlaridan kelib chiqish bilan “qayta sozlanadi”.
O‘tkazish qobiliyatini oshirilishini ta’minlaydigan bir necha antennalar yordamida bir vaqtda ma’lumotlarni uzatilishi va qabul qilinishini tashkil etadigan MIMO texnologiyasi, tadqiqotchilarning ko‘zda tutishlari bo‘yicha tez tarqala boshlaydi. Bu o‘z navbatida, baland binolar tomlariga o‘rnatiladigan antennalar tizimlarining o‘lchamlari ortishiga olib keladi.
5G@Europe sammitida Evropa qo‘mitasi 5G Public-Private Partnership Association (5GPPP) uyushmasini shakllantirdi. Uning asosiy vazifasi keyingi avlod sotali aloqa standartlari ustida ishlarni tezlashtirish hisoblanadi. 5G-servislarni ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari 2015 yilda boshlandi, keng ko‘lamdagi testlashni esa 2017 yilda tashkil etish rejalashtirilmoqda. To‘ldirish kerakki, 5GPPP uyushmasi taxminan 35 ta ishtirokchilarga ega, ular orasida Alcatel- Lucent, CEA-LETI, Deutsche Telekom, Ericsson, Huawei, NEC, Nokia Solutions and Networks, Sequans va Telefonica bor.
Bu rejalarni amalga oshirish uchun 5GPPP uyushmasi 11.01.2012 yildan boshlab METIS (Mobile and wireless communications enablers for the twenty-twenty information society – 2020 yil axborot jamiyati uchun mobil va simsiz aloqa eneyblerlari) loyihasi ustida ishlarni boshladi. METIS loyihasining maqsadi quyidagilarni ta’minlay olishi kerak bo‘ladigan tizimning konseptini loyihalashtirish hisoblanadi:
ma’lumotlar mobil trafigini maydon birligiga 1000 marttaga katta hajmi;
ulangan qurilmalarning 10 – 100 marttaga ortiq soni;
foydalanuvchilarga mumkin blgan 10-100 martta ortiq yuqoriroq ma’lumotlarni uzatish tezligi;
zaryadlanmasdan kichik quvvatli multimedia qurilmalarining 10 marttadan ortiq ishlash davomiyligi;
ulanishni kechikishining 5-karrali qisqarishi.
Qo‘yilgan maqsadalarni amalga oshirilishi uchun quyidagi texnik masalalar hal etilishi kerak:
loyihaning maq’l narxi va tarqaladigan quvvat darajasi saqlanganida sig‘imni doimo kengaytirishga imkon berishi mumkin bo‘ladigan samaradorlikka erishish;
trafikning hajmiga (past yoki yuqori) bog‘liq bo‘lmagan holda talablarning keng to‘plamiga javob beradigan masshtablanuvchanlik;
turli talablar (masalan, mumkinlikka, mobillikka, xizmatlar sifatiga), shuningdek turli foydalanish ko‘rinishlarini bajarilishi maqsadalarida tez moslashuvchanlik va har tomonlilik.
Loyihaning ishlab chiqilishi natijalari quyidagi uchta guruhdagi masaallarni echilishidan kutilmoqda:
"5G" uchun konsepsiya va texnologik echim, aynan:
bo‘lajak xizmatlarni ko‘rsatish uchun zaraur bo‘ladigan turli talablarni bajarish;
turli qurilmalarni ulanish imkoniyati;
trafik ming marttalik ortishini ta’minlash.
Konsensus va global strategiya:
kelajak aloqa tizimlari sohasida etakchilikni ta’minlash;
global konsensusni oldindan ishlab chiqish.
Quyidagilarga imkon beradigan noyob ekspertiza:
loyihaning boshlang‘ich bosqichlarida fundamental tadqiqotlarni o‘tkazish;
LTE-Ani revolyusion o‘zgartirish kerak bo‘lishini yoki LTE- Ani evolyusion o‘zgartirish doirasida 4Gdan 5Gga o‘tish mumkin bo‘lishini aniqlash.
Loyihaning grafik rejasi bo‘yicha 2015 yilgacha yangi paradigmalar, fundamental asoslar, tizimni konsepti ishlab chiqilishi, 2015 yildan 2018 yilgacha tizimni optimallashtirish, standartlashtirish, masalalarini hal etilishi, bir vaqtda paradigmalarni aniqlashtirish- rivojlantirish bilan sinovlarni o‘tkazilishi taklif etiladi. 2018-2020 yillarning o‘zida tarmoqlarni qurish va dala sinovlarini o‘tkazish kerak bo‘ladi.
5GIC loyihasi 2012 yilning oktyabridan UKRPIF (UK Research Partnership Investment Fund) fondi Surreya Universitetiga 11,6 million funtni davlat vossitalarini 5Gni tadqiq qilish bo‘yicha ajratishidan boshlandi. Fondning urinishlarini loyihaga yana 24 million funtni investitsiyalagan ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Huawei, Samsung Telefonica Europe, Fujitsu Laboratories of Europe, Rohde & Schwarz va AIRCOM International) qo‘llab-quvvatladi. Surreya Universiteti Buyuk Britaniya universitetlari reytingida sakkizinchi va davlatning telekommunikatsion universitetlari ichida ikkinchi o‘rinda hisoblanadi. 5G konsepsiyasini ishlab chiqish bilan universitetda 15 yildan beri mavjud bo‘lgan aloqa tizimlari bo‘yicha tadqiqotlar markazi (Centre for Communication Systems Research, CCSR) shug‘ullanadi. Bu Evropadagi axborot va telekommunikatsion
texnologiyalar sohasidagi eng yirik tadqiqotlar guruhi hisoblanadi. Markaz eng katta moliyalashtirishni EIdan FP6/7 dasturi doirasida oladi. CCSRda 5G bo‘yicha innovatsion markaz (5GIC) yaratildi, u universitetening olimlari va talabalarini jalb etish bilan 5G konsepsiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|