• ISRA loyihasi
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




    Download 470,6 Kb.
    bet51/103
    Sana03.06.2024
    Hajmi470,6 Kb.
    #259507
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

    5GIC loyihasi 5G konsepsiyasini quyidagi uchta yo‘nalishlar bo‘yicha rivojalantirishini ko‘zda tutadi:


    • ma’lumotlarni uzatish tezligini sotaga 10 Gbit/cgacha oshirish. SHunday qilib, foydalanuvchilarga o‘rtacha200 Mbit/c ma’lumotlarni uzatish tezligi mumkin bo‘ladi;



    • o‘ta yuqori chastotalar (O‘YUCH) diapazoni radiochastotalar spektridan (RCHS) foydalanish, bu ultraqisqa chastotalar (UQT) diapazonida spektrning etishmasligi va doimo ortib boradigan o‘tkazish qobiliyatiga ehtiyojlar bilan asoslanadi;



    • juda katta kichik sotalar soni ta’minlashga operatsion harajatlarni qisqartirish uchun tarmoqning energiya samaradorligini oshirish.

    ISRA loyihasi



    2013 yilning iyulida Intel Labs ISRA (Intel Strategic Research Alliance) Strategik tadqiqotlr birlashmasini yaratilganligi haqida e’lon qildi. U mobil tarmoqlardagi uzatiladigan ma’lumotlar hajmlarini, shuningdek simsiz qurilmalar sonini va ko‘rsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligini tez ortishi sharoitlarida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli yaxshilashi kerak bo‘ladigan 5G texnologiyalarni ishlab chiqish maqsadlarida ilmiy laboratoriyalar va mobil operatorlar kuchlarini birlashtirdi.

    ISRA loyihasining asosiy vazifasi quyidagilarni ta’minlaydigan 5G texnologiyalarni yaratish hisoblanadi:



    • uzatiladigan multimediali ma’lumotlar hajmiga o‘sib boryotgan talabni qondirish uchun tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini ko‘p marttalik oshirish, milliardlab yangi qurilmalarni qo‘shimcha ulanishlari imkoniyati;



    • butun tarmoq bo‘yicha foydalanuvchining joylashi o‘rni va boshqa foydalanuvchilar hosil qiladigan halaqitlarga bog‘liq bo‘lmaydigan yuqori xizmat ko‘rsatish sifatiga erishish;



    • tarmoqda foydalanuvchilar ishlatadigan ilovalarga xizmatlar sifatini moslashtirish bilan ma’lumotlarni uzatilishining maksimal samaradorligini ta’minlash.



    ISRA birlashmasi turli davlatlardan, shu jumladan, Janubiy Kaliforniya Universiteti, Nyu-York Universiteti, Prinston Universiteti, Stenford Universiteti, Illinoys Universiteti, Texas Universiteti, Pompeu Fabra (Barselona, Ispaniya) Universiteti, Perdyu Universiteti, Kornell Universiteti, Hind texnologiyalar instituti (Dehli, Hindiston), Los-Andjelesdagi Kaliforniya Universiteti, Rays Universiteti, Makkuori (Sidney, Avstraliya) Universiteti ilmiy- tadqiqotlar markazlarining juda katta sonini jamladi. Birlashmaning biznes-hamjamiyat tomonidan bosh hamkori Amerika Verizon mobil operatori bo‘ldi.

    5G mobil aloqa konsepsiyasini ilab chiqishning asosiy muammolaridan biri bularni barchasi amalga oshiriladigan chastotalar diapazonini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ma’lumki rivojlangan mamlakatlarda bo‘sh diapazonlar deyarli qolmagan.
    NTT DoCoMo yapon mobil operatori 5G tarmoqlar sohasidagi tadqiqotlarni 2010 yildayoq oltita Alcatel-Lucent, Ericsson, Fujitsu, NEC, Nokia va Samsung vendorlari bilan birgalikda boshlagan. 2014 yilning mayida ular 5G tarmoqlarining juda katta sig‘imiga erishish uchun nisbatan bo‘sh 6 GGsdan yuqori chastotalar diapazonlarini ishlatilishini ko‘zda tutishini e’lon qildi.
    2015 yilda butun dunyo radiochastotalar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda 5G tarmoqlarda quyidagi radiochastotalar diapazonlarini ishlatish masalalari taxminiy ko‘rib chiqildi: 9,9—10,6; 11; 17,1—17,3; 17,7—19,7; 21,2—21,4; 27—29,5; 31—31,3;
    31,8—33,4; 36—37,0; 37—39,5; 40,5—50,2; 50,4—52,6; 55,78—57;
    57—71; 71—76;81—86 GGs. Shubhasiz, tanlash mezoni sifatida 40,5 GGsdan past diapazonlardagi bir necha yuzlab megagerslardagi polosadagi va 40,5 GGsdan yuqoridagi 1 GGsdan kam bo‘lmagan polosadagi uzluksiz radiospektrning borligi hisobga olindi. Binobarin, radiospektrning ham juft ("yuqoriga" va "pastga" kanallarini chastota bo‘yicha ajratish – FDD uchun), ham juft bo‘lmagan (TDD) oraliqlari ko‘rib chiqildi.
    Xulosada ta’kidlash kerakki, umuman 5G texnologiyalari va tarmoqlarini yaratish bo‘yicha qator loyihalardagi ishlar haqida ma’lumotlar tez-tez paydo bo‘la boshladi. Bu kompaniyalar birinchi 5G tijorat tarmoqlarini yaqin kelajakda qurishni rejalashtirayotganini taxmin qilishga imkon beradi. Asosiysi, barcha manfaatdor ist’emolchilar umib qilganidek, ishlab chiquvchilar umumiy fikrga kelishlari va hozirgi vaqtda ishlatilayotgan barcha mobil aloqa
    texnologiyalarini birlashtiradigan yagona “beshinchi avlod” standartini taqdim etadi.


    Download 470,6 Kb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




    Download 470,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

    Download 470,6 Kb.