|
MIMO ko‘p antennali tizimlarini qo‘llash
|
bet | 48/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)MIMO ko‘p antennali tizimlarini qo‘llash. LTE tizimlarida bir necha qabul qilish va uzatish antennalari bilan ishlash rejimlari ko‘zda tutilgan. Bunday tizimlarning ishlashi ikkita tamoyillar – fazoviy zichlashtirish tamoyili bo‘yicha va fazoviy-vaqt bo‘yicha
kodlash tamoyili bo‘yicha tashkil etilishi mumkin.
Birinchi tamoyilning ma’nosi shundan iboratki, turli uzatish antennalari axborot simvollari blokining turli qismlarini yoki turli axborot blaklarini uzatadi. Ma’lumotlarni uzatish ikkita yoki to‘rtta antennlar orqali parallel olib boriladi. Qabul qilish tomonida turli antennalar signallarini qabul qilish va ajratish amalsha oshiriladi va maxlumotlarni maksimal uzatish tezligi ikki yoki to‘rt martta ortishi mumkin.
Fazoviy-vaqt bo‘yicha kodlash tamoyili bo‘yich qurilgan tizimlarda barcha uzatish antennalaridan o‘sha bir ma’lumotlar oqimi eng yaxshi qabul qilish sifatini ta’minash maqsadlarida oldindan kodlash sxemalaridan foydalanish orqali uzatish amalga oshiriladi. Masalan, ikkita uzatish antennalaridan signalni shakllantirishda OFDMA-signal nimtashuvchilaridan birini modulyatsiyalaydigan kompleks modulyasion simvollar oqimi toq (x1) va juft (x2) simvollarga bo‘linadi, ya’ni bu modulyasion simvollar bitta nimtashuvchiga, lekin turli OFDMA-simvollarga mos keladi.
LTE tarmoqlaridagi xizmatlar. Yanada ko‘p xilma-xil xizmatlarni taqdim etilishini ta’minlaydigan yangi tarmoq texnologiyalarini rivojlantirish jahon telekommunikatsion hamjamiyatiga xizmatlar sifati va ularni boshqarish tizimi masalalariga aloqa xizmatlarini taqdim etish raqobat bozorini samarali rivojlantirishning eng muhim yo‘laridan biri sifatida qarashga majburlaydi.
Aloqa xizmatlar sifati (QoS, Quality of Service) tushunchasi Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan rasman E.800 tavsiyalarida (yana umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari va integral xizmat ko‘rsatish raqamli tarmoqlariga qo‘llaniladigan) tasdiqlangan va foydalanuvchilarni aloqa xizmatlaridan qoniqishi darajasini aniqlaydigan xizmat ko‘rsatish parametrlaridan yig‘indi samara sifatida tushuniladi.
Sifatni boshqarish tizimi bu xizmatlar sifatini o‘rnatilgan talablarga mos kelishini ta’minlaydigan parametrlar va mexanizmlar birligi hisoblanadi. Bunday tizimni kiritilishidan maqsad xizmatga talabni oshirish uchun taqdim etilgan xizmatdan foydalanuvchini qoniqishini maksimallashtirish hisoblanadi.
Mobil aloqa tarmoqlarida sifatni boshqarish tizimini rivojlantirishni boshlanishini ma’lumotlarni paketli uzatish imkoniyatili modifikatsiyalangan GSM/GPRS tarmoqlari uchun
mo‘ljallangan mos Rel’97/98 reliz chiqarilgan 1997 yilni belgilash kerak bo‘ladi. Xizmatlar sifatini ta’minlash asosida bo‘lishi mumkin xizmatlar va ularni taqdim etish usullariga nisbatan foydalanuvchi yoki terminalning joriy holatini tavsiflaydigan parametrlar to‘plamidan iborat bo‘lgan PDP-nimmatn (PDP, Packet Data Protocol) tushunchasi yotadi. FTni bazaviy paketli tarmoq bilan ulashda IP-paketlarni FTlar va turli tarmoq tugunlari orasida uzatish uchun mantiqan aloqani o‘rnatish maqsadida to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda PDP-nimmatnni aktivlashtirish bo‘lib o‘tadi.
Dastlab Rel’97/98 relizga muvofiq bitta terminalga bitta PDP- manzilga bitta PDP-nimmatnga ega bo‘lishga ruxsat etildi. Keyin uchinchi avlod mobil tarmoqlari konsiepsiyasini ishlab chiqishda yangi talablarni ta’minlash uchun PDP-nimmatnning yangi konsepsiyasi, aynan bitta PDP-manzilga xizmat ko‘rsatish sifati o‘z profillariga ega bo‘lgan bir necha PDP-nimmatnlardan foydalanish imkoniyati rivojlantirildi. Bunda mos PDP-manzil uchun ochiladigan birinchi PDP-nimmatn birlamchi nimmatn, o‘sha i PDP-manzil uchun ochilgan keyingi PDP-nimmatnlar esa ikkilamchi nimmatnlar deyiladi. Lekin ikkilamchi PDP-nimmatnlarning ishlatilishi ular birlamchi PDP-nimmatn APN tarmog‘iga ulanish nuqtasi bilan bog‘lanishini talab qiladi.
Bunday boshqarish tuzilmasini qurishning asosiy g‘oyasi PDP- nimmatn parametrlariga muvofiq xizmat ko‘rsatish sifatini darajalashtirish hisoblanadi. Shunday qilib, abonentning bitta PDP- nimmatnni birga ishlatadigan barcha ilovalari bir xil xizmat ko‘rsatish profiliga ega bo‘ladi. Bir xil xarakteristikalarli bir necha oqimlar xizmat ko‘rsatish sifati birgalikdagi profilini hosil qiladi. Uzatiladigan paketlarni QoS talablariga muvofiq darajalashtirilgan qayta ishlash uchun bitta FTga ham birlamchi, ham ikkilamchi nimmatnlar aktivlashtirilishi kerak. PDP-nimmatnlarni tashkil etishga misol 2.19- rasmda keltirilgan.
Foydalanish xizmatlari bozorining rivojlanishi, avvalo, paketli rejimda taqdim etiladigan xizmatlarning ortishiga bog‘liq. SHu bilan birga, aytib o‘tilganidek, uchinchi va to‘rtinchi avlod mobil tarmoqlarda xizmatlarni uzatish, shu jumladan nutq so‘zlashuvlari kanallar kommutatsiyalanishida mavjud emas, nutqni paketli uzatilishining ishlatilishi VoIP (Voice over IP) yoki PoC (Push-to- talk over Cellular) texnologiyalariga asoslanadi.
Nutqni paketli uzatilishi bilan bir qatorda asosiy xizmatlar
quyidagilar hisoblanadi:
internet fayllarni uzatish (web-browsing);
elektron pochtani etkazish;
multimediali xabarlar (MMS, Multimedia Messaging Service), shu jumladan, multimediali uzatish;
oqimli video (streaming);
real vaqtdagi interaktiv o‘yinlar.
2.9- rasm. Turli PDP-nimmatnlarni tashkil etish variantlari
|
| |