• Tizimning xizmatga tegishliligi
  • Tizimning maqomi (statusi)
  • SYATning tasniflanishi va asosiy ko‘rsatkichlari




    Download 470,6 Kb.
    bet56/103
    Sana03.06.2024
    Hajmi470,6 Kb.
    #259507
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

    SYATning tasniflanishi va asosiy ko‘rsatkichlari. Radiotelefon aloqasi va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini taqdim etishga mo‘ljallangan SYATlarning tasniflanishi asosiga quyidagi belgilar qo‘yilgan:


    • Ishlatiladigan orbitalar turi. Bu belgi bo‘yicha barcha SYATlar geostatsionar orbitadagi (GEO) va nogeostatsionar orbitadagi kosmik apparatlar (KA) ikkita tizimlarga bo‘linadi. O‘z navbatida, nogeostatsionar orbitalar past orbitali (LEO), o‘rta orbitali (MEO) va elliptik (HEO) orbitalarga bo‘linadi. Bundan tashqari, past orbitali aloqa tizimlari ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari bo‘yicha little LEO asosidagi ma’lumotlarni uzatish tizimlari, big LEO radiotelefon tizimlari va mega LEO keng polosali aloqa tizimlariga (adabiyotlarda Super LEO belgilash ham ishlatiladi) bo‘linadi.



    -Tizimning xizmatga tegishliligi. Radio aloqa Reglamentiga muvofiq uchta asosiy xizmatlarga ajratiladi:



    • qayd etilgan sun’iy yo‘ldoshli aloqa (QESYA) – bir yoki bir necha sun’iy yo‘ldoshlar ishlatilganida ma’lum qayd etilgan punktlarda joylashgan ESlar orasidagi radioaloqa xizmati;



    • harakatdagi sun’iy yo‘ldoshli xizmat – bir yoki bir necha sun’iy yo‘ldoshlar qatnashadigan ESlar orasidagi radioaloqa xizmati;



    • radioeshittirish sun’iy yo‘ldoshli xizmati (RESYX) – sun’iy yo‘ldoshli retranslyatorlar signallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi qabul qilishi uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bunda abonentlar sifatili nisbatan oddiy va uncha qimmat bo‘lmagan qurilmalarga ham individual, ham jamoaviy qabul qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblanadi.



    -Tizimning maqomi (statusi). Tizimning vazifasi, xizmat ko‘rsatiladigan hududni qamrab olish darajasi, yer usti stansiyalarining joylashtirilishi va tegishliligiga bog‘liq. SYATning maqomiga bog‘liq ravishda xalqaro (global va hududiy), milliy va idoraviy SYATlarga bo‘lish mumkin.


    Download 470,6 Kb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




    Download 470,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SYATning tasniflanishi va asosiy ko‘rsatkichlari

    Download 470,6 Kb.