Sun’iy yo‘ldoshli aloqani tashkil etish va YSY orbitalari




Download 470,6 Kb.
bet55/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

Sun’iy yo‘ldoshli aloqani tashkil etish va YSY orbitalari


Aloqa qo‘llanilishidagi yerning sun’iy yo‘ldoshlari (YSY) turli xabarlarni uzatish, TV, telefon, telegraf va boshqa aloqa kanallarini tashkil etish uchun keng qo‘llaniladi [16].
Sun’iy yo‘ldoshli aloqani yaratishning asosiy tamoyili YSYga retranslyatorlarni joylashtirilishidan iborat. Demak, sun’iy yo‘ldoshli aloqa YSYga joylashtirilgan bitta oraliq stansiyali RRLdan iborat bo‘ladi (3.5- rasm). Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarini qurishda RRLda ishlatiladigan g‘oyalar va tamoyillardan foydalaniladi.
Retranslyatsiyalash usuli bo‘yicha yo‘ldoshli tizimlar aktiv va passiv retranslyatsiyalashli tizimlarga bo‘linadi. Bort apparaturasisiz ishlaydigan tizim passiv yo‘ldoshli yoki passiv retranslyatsiyalashli aloqa tizimi deyiladi. Bu holda Yerdan yuborilgan signallar YSY sirtidan dastlabki kuchaytirishsiz orqaga qaytadi. Passiv yo‘ldoshlar sifatida ham turli shakllardagi maxsus qaytargichlar (sferik ballonlar, hajmli ko‘p qirralilar va h.k.), ham Yerning tabiiy yo‘ldoshi Oy ishlatilishi mumkin. Yer usti antennalarining yetarlicha kuchaytirishida va yer stansiyasi (YS) qabullagichi yuqori sezgirligida bu radioaloqa usuli kichik o‘tkazish qobiliyatili tizimlarda qo‘llanilishi mumkin. Bunday aloqa tizimlarining o‘tkazish qobiliyati zamonaviy texnika darajasida ikki-uchta telefon xabarlaridan oshmaydi.
Bort apparaturalari bo‘lganida radioaloqa tizimi signal aktiv Retranslyatsiya qilinadigan tizim yoki aktiv sun’iy yo‘ldoshli tizim deyiladi. Bunda bort retranslyatorining energiya ta’minoti YSYda joylashgan quyosh batareyalaridan amalga oshiriladi. Aktiv Retranslyatsiya qilish zamonaviy uzatish tizimlarining asosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda sun’iy yo‘ldoshli TV va radioeshittirish deganda TV va radiodasturlarni shakllantirish markazlari bilan bog‘langan bir yoki bir nechta yer usti uzatkichlaridan ham TV signallarni (ovoz bilan birga), ham radiouzatish ovoz signallarini YSY orqali bu dasturlarni yer usti aloqa vositalari (turli quvvatlardagi retranslyatorlar, SKTV, jamoavaiy va individual qabul qilish vositalari) yordamida abonentlarga (teltomoshabinlar yoki radiotinglovchilarga) yetkazilishi uchun bu dasturlarni yer usti qabul qilish va taqsimlash qurilmalari tarmog‘iga uzatilishi tushuniladi. Aloqa YSYlariga xizmat ko‘rsatish zonasida har xil turlardagi qabul qilish ESlari joylashtiriladi. YS va YSY orasidagi juda katta masofalar tufayli sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qabul qilinadigan TV va ovoz signallarining yuqori sifatini ta’minlash uchun quyidagi choralar ko‘riladi:



  • ES uzatkichining quvvati 5…10 kVtga oshiriladi;



  • ES qabul qilish-uzatish antennalari murakkablashtiriladi;



  • kam shovqinli kuchaytirgichlar ishlatiladi;



  • chastota deviatsiyasini oshirilishi hisobiga ChMli qabul qilish samaradorligi oshiriladi.




Download 470,6 Kb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sun’iy yo‘ldoshli aloqani tashkil etish va YSY orbitalari

Download 470,6 Kb.