|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|
bet | 52/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)Nazorat savollari
Mobil radioaloqa tizimlari qanday tasniflanadi?
1G, 2G, 3G, 4G shaxsiy aloqa tizimlari konsepsiyasining asosiy qoidalari nimalardan iborat?
Makrosotali va mikrosotali topologiyali tarmoqlarli tizimlari satndartlarining asosiy xarakteristikalarini keltiring?
GSM standartining asosiy xarakteristiklari va texnik parametrlarini keltiring.
CDMAning asosiy prinsipi nimadan iborat?
CDMA-2000 standartlari turlarini keltiring.
CDMA 450 standartining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan tashkil topgan?
WCDMA texnologiyasining asosiy xarakteristiklarini keltiring.
UMTS texnologiyasining asosiy xarakteristiklarini keltiring.
OFDMAning avzalliklari nimalardan iborat?
LTE tarmoqlarini qurish va ishlash prinsiplari.
Mobil aloqada qanday istiqbolli texnologilar kutilmoqda?
5GIC loyihasini tushuntiring?
ISRA loyihasini tushuntiring?
Bob. RADIORELELI VA SUN’IY YO‘LDOSHLI ALOQA. SUN’IY YO‘LDOSHLI NAVIGATSIYA
Radioreleli aloqa. Raqamli RRLlarning tasniflanishi va qo‘llanilishi sohalari
Raqamli radioreleli stansiyalar (RRS) asosidagi RRLlar raqamli elektr aloqa tarmoqlari bo‘lgan idoraviy, korporativ, regional, milliy va hatto xalqaro aloqa tarmoqlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi [3].
RRL quyidagi o‘zaro bog‘liq belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
tezlik bo‘yicha
yuqori tezlikli (140 Mbit/sgacha);
o‘rta tezlikli (52 Mbit/sgacha);
past tezlikli (10 Mbit/sgacha);
radioreleli liniyaning sig‘imi (ulardagi ustunlar va kanallar soni) bo‘yicha:
katta sig‘imli;
o‘rtacha sig‘imli;
kam kanalli.
radioreleli liniya o‘tish oraliqlari bo‘yicha:
bitta o‘tish oralig‘ili;
ko‘p o‘tish oralig‘ili.
Yuqori tezlikli katta sig‘imdagi radioreleli liniyalar ma’lumotlarni uzatish global tarmoqlarida qo‘llaniladi va magistral tarmoqlar deyiladi. O‘rtacha tezlikli o‘rtacha sig‘imdagi radioreleli liniyalar hududiy, zonaviy ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini yaratish uchun ishlatiladi. Kam kanalli radioreleli liniyalar temir yo‘l transportida, gaz o‘tkazmalarida, neft o‘tkazmalarida, elektr uzatish liniyalarida va boshqalarda aloqani tashkil etish uchun keng ishlatiladi. Harakatdagi radioreleli stansiyalar bilan kam kanalli radioreleli liniyalar harbiy maqsadlarda ham ishlatiladi.
RRL radiochastotalar polosalari 2 dan 50 Ggsgacha diapazonda joylashgan va ham ITU (Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi) tavsiyalari orqali, ham O‘zbekiston Respublikasi Radioreglamenti orqali qatiy belgilanadi.
Raqamli radioreleli liniya orqali aloqani tashkil etishda qabul qilish va uzatish chastotalarini ajratilishi muammosi hal etilgan bo‘lishi kerak. Uning hal etilishi O‘zR RChDKning vakolatiga kiradi
va barcha maqsadlardagi REVlar uchun bu protsedura
«Radiochastotalar polosalarini ajratish tartibi haqidagi qoidalar» va tushadigan radiochastotaga arizalarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qator hollarda, masalan, katta shaharlar sharoitlarida ayrim yo‘nalishlarda bo‘sh radiochastotalarni olish qiyin, bu boshqa radiotexnik tizimlari (RTT) bilan elektromagnit moslashuvchanlik muammosiga bog‘liq bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|