|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
| bet | 63/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)Nazorat savollari
-
Raqamli RRLlarning tasniflanishi va qo‘llanilishi sohalarini keltiring.
-
Bir yo‘nalishli radioreleli aloqaning tuzilish sxemasini keltiring va tushuntiring.
-
RRL oxirgi, oraliq va tugun stansiyalarining tuzilish sxemalarini keltiring va tushuntiring.
-
SYATlar qanday tasniflanadi va qanday asosiy ko‘rsatkichlari mavjud?
-
ESY qaysi orbitalarda ishlatiladi va ularning asosiy xarakateristikalarini keltiring.
-
Qayd etilgan sun’iy yo‘ldoshli aloqa deganda nima tushuniladi?
-
Harakatdagi sun’iy yo‘ldoshli aloqani tushuntiring.
-
VSAT tizimi deganda nima tushuniladi?
-
Sun’iy yo‘ldosh navigatsiya qanday tashkil etiladi?
-
Bob. SIMSIZ KENG POLOSALI ULANISH TEXNOLOGIYALARI
-
Wi-Fi (IEEE 802.11) standarti
Wi-Fi qisqartmasi inglizcha «Wireless Fidelity» so‘zidan kelib chiqadi, u “simsiz aniqlik” ma’nosini bildiradi. Bu nom ancha oldin muomalaga kirgan Hi-Fi (Hi Fidelity) atamasiga o‘xshash ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasiga berilgan. Odatiy kabelli tarmoqlardan farqli ravishda WLAN (Wireless Local Area Network) simsiz aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun yuqori chastotali radioto‘lqinlar ishlatiladi. Wi-Fi ostida ko‘zda tutiladigan IEEE 802.11standartlari oilasi bir necha 802.11a, 802.11b va 802.11g varintlarni o‘z ichiga oladi, ulardan har biri ma’lumotlarni uzatish tezliklari bilan farqlanadi [2,19,20].
Wi-Fi texnologiyasi 90-yillardan boshlangan. 1999 yilda 802.11b standartni ishlab chiqish yakunlandi, 2000 yilda esa simsiz aloqa uchun birinchi qurilmalar paydo bo‘la boshladi. Wi-Fi korporativ kabelli tarmoqlarga muqobil – oddiy va harajatlar bo‘yicha tejamli texnologiya sifatida o‘ylangan, chunki kabelni yotqizilishini talab qilmaydi, lekin samaradorligi kam emas. Lekin Wi-Fining imkoniyatlar korporativ foydalanuvchilarni oddiy tarmoqqa bilashtirishga qaraganda ancha keng. Shuning uchun bu texnologiyani qo‘llaydigan qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan jamoat joylari - aeroportlar, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda tezkor ulanish nuqtalari (yoki «xot-spotlar») ham paydo bo‘ldi va bu bilan foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar – qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetga ulanishni ochdi.
Wi-Fi texnologiyasi yordamida xuddi ajratilgan liniya yordamida ulanganidek Internetdan foydalanish mumkin. Yagona farq, endi qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetda ishlash bilan birga erkin harakatlanish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|