Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 470,6 Kb.
bet62/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

1-GSYT 2-GSYT

Ma’lumotlarni to’plash markazi yer usti stansiyasi
3.8- rasm. Joyni radioaniqlash tizimini qurilish sxemasi
Harakatdagi ob’ektning koordinatalari va tezligi haqidagi ma’lumotlar iste’molchiga vizual shaklda tabloda berilishi va o‘lchash vaqti qayd etiladigan xotirada saqlanishi mumkin.
NAVSTAR (NAV igation System using Timing And Ranging) yoki GPS (Global Positioning System) global sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim kosmosda, havoda, yerda va suvda harakatlanayotgan obyektlarning yuqori aniqli navigatsion-vaqt ta’minoti uchun yaratilgan.
Uning tarkibiga navigatsion sun’iy yo‘ldoshlar, yer usti boshqarish kompleksi va iste’molchilar (foydalanuvchilar) apparaturalari kiradi. Tizimda qo‘llaniladigan tamoyil shundan iboratki, iste’molchilarda o‘rnatilgan maxsus qabullagichlar bir necha sun’iy yo‘ldoshlargacha masofani o‘lchaydi va bir xil olisdagi sirtlar
kesishmalari nuqtalari bo‘yicha o‘z koordinatalarini aniqlaydi. Vaqt bo‘yicha kechikish qiymati sun’iy yo‘ldoshlar nurlantiradigan va qabul qilish qurilmalari generatsiyalaydigan signallar kodlarini ularning mos kelishigacha vaqt bo‘yicha surilishi usuli orqali taqqoslash bilan aniqlanadi. Vaqt bo‘yicha surilish qabullagichning soati bo‘yicha aniqlanadi. Kenglik, uzunlik, balandlik va xatoliklarni bo‘lmasligini topish uchun vaqt bo‘yicha surilishni aniqlashda foydalanuvchining qabullagichi to‘rtta sun’iy yo‘ldoshlarni ko‘rishi va ulardan navigatsion signallarni qabul qilishi kerak.
Tezlik foydalanuvchining harakatlanishi keltirib chiqaradigan sun’iy yo‘ldosh signali tashuvchi chastotasining dopler surilishi bo‘yicha aniqlanadi. Dopler surilishi sun’iy yo‘ldoshdan qabul qilinadigan va qabullagich generatsiyalaydigan signallar chastotalarini taqqoslashda aniqlanadi.
Navigatsion signallar L-diapazonning (L-band, 390 dan 1550 MGsgacha radiochastotalar polosasi) ikkita 1575,42 MGs (L1) va 1227,6 MGs (L2) chastotalarida nurlantiriladi. L2 chastotada yuqori aniq ma’lumotlarli P(Y) harbiy kodli va imitatsion halaqitlardan himoyalangan signallar nurlantiriladi. L1 chastotada P(Y) harbiy kodli va ko‘pincha C/A deyiladigan umumiy foydalanishdagi fuqaro kodli signallar nurlantiriladi. L1 va L2 chastotalardagi signallarni taqqoslash ionosfera orqali radioto‘lqinlarning o‘tishida vujudga keladigan qo‘shimcha kechikishni hisoblashga imkon beradi, bu navigatsion ma’lumotlarni o‘lchashning aniqligini sezilarli oshiradi. Avtomobilning koordinatalari 2 dan 5 metrlargacha aniqlikda aniqlanadi.
1994 yilning 28 martida GPS tizimi 6 ta orbital tekisliklardagi
24 ta KAlardagi shtatdagi konfiguratsiyada ishlay boshladi. ESY korpusining o‘lchamlari 1.52 m 1.93 m 1.91 mni, quyosh batareyalarining qadami 19.3 mni, maydoni 13.4 m. kvni tashkil etadi. Bort elektr ta’minoti tizimining quvvati ishlatilishi muddati tugashida 1136 Vtni tashkil etadi. Apparatning ishga tushirilishidagi og‘irligi 2032 kg ga, ishchi orbitadagi og‘irligi 1075 kg ga teng bo‘ladi.
24 ta ESYlardan tashkil topgan GLONASS guruhi orbitaga chiqarilgan va fuqaro kodi uchun 50 metrdan ortiq bo‘lmagan xatolikli koordinatalarni aniqlashga imkon beradi.

Download 470,6 Kb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 470,6 Kb.