IEEE 802.11 standarti va uning 802.11b kengaytmasi




Download 470,6 Kb.
bet65/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

IEEE 802.11 standarti va uning 802.11b kengaytmasi. IEEE 802 standartlari bo‘yicha qo‘mita 1990 yilda 802.11 simsiz lokal tarmoqlar uchun standartlar bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirdi. Bu guruh 2,4 GGs chastotada, 1 va 2 Mbps (Megabits-per-second)
ulanish tezliklarida ishlaydigan radioqurilmalar va tarmoqlar uchun umumiy standartni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi. Standartni yaratish bo‘yicha ishlar 7 yildan keyin yakunlandi va 1997 yilning iyunida birinchi 802.11 spetsifikatsiyasi tasdiqlandi. Lekin bu vaqtga kelib, simsiz tarmoqlardagi qo‘yilgan dastlabki ma’lumotlarni uzatish tezligi endi foydalauvchilar ehtiyojlarini qoniqtirmadi, shuning uchun ishlab chiquvchilar yangi standartni yaratishga majbur bo‘ldi.
1999 yilning sentyabrida IEEE oldingi standartning kengaytmasini tasdiqladi. IEEE 802.11b deb nomlanishi (shuningdek
802.11 High rate sifatida ma’lum) bilan u 11 Mbps (Ethernetga o‘xshash) tezliklarda ishlaydigan simsiz tarmoqlar mahsulotlari uchun standartni aniqlaydi, bu qurilmalarni yirik tashkilotlarda muvaffaqiyatli qo‘llashga imkon beradi. Turli ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining moslashuvchanligi Wireless Ethernet Compatibility Alliance (WECA) deyiladigan mustaqil tashkilot tomonidan kafolatlanadi. Bu tashkilot simsiz aloqa industriyasi etakchilari tomonidan 1999 yilda tashkil etilgan.
Lokal tarmoqlarga simsiz ulanshdagi ehtiyoj noutbuklar va PDAlar kabi mobil qurilmalar sonini ortishi bilan, shuningdek foydalanuvchilarning o‘z kompyuterlariga tarmoq simini “tiqish” zaruriyatisiz tarmoqqa ulanish istagini ortishi bilan oshib bormoqda.
Barcha standartlar kabi IEEE 802, 802.11 ISO/OSI modelining ikkita pastki fizik darajasi va kanal darajasida ishlaydi. Har qanday tarmoq ilovasi, tarmoq operatsion tizimi yoki protokoli (masalan, TCP/IP) ham Ethernet tarmog‘idagi kabi 802.11 tarmog‘ida yaxshi ishlaydi.
802.11a/b/g asosiy arxitekturasi, o‘ziga xos xususiyatlari va 802.11a/b/g xizmatlari dastlabki 802.11standartda aniqlanadi. 802.11a/b/g spetsifikatsiyalar atigi yuqoriroq ulanish tezliklarini qo‘shish bilan faqat fizik darajaga tegishli bo‘ladi.

Download 470,6 Kb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IEEE 802.11 standarti va uning 802.11b kengaytmasi

Download 470,6 Kb.