|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|
bet | 73/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)Tranking aloqa tizimlari. Harakatdagi UQT radioaloqa radial- zonaviy tizimlari bo‘lgan retranslyatorlar aloqa kanallarini abonentlar orasida avtomatik taqsimlanishini (tranking) amalga oshiradigan tranking radioaloqa tizimlari, avvalo, abonentlarni guruhlardagi aloqa rejimining aktiv qo‘llanilishi ko‘zda tutiladigan turli idoraviy va korporativ aloqa tarmoqlarini yaratishga mo‘ljallangan harakatdagi aloqa tizimi sinfi hisoblanadi. Ular turli davlatlarda qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari, umumiy xavfsizlik xizmatlari, transport va energetik kompaniyalar tomonidan harakatdagi abonentlarni o‘zaro, statsionar abonentlar bilan va telefon tarmog‘i abonentlari bilan aloqasini ta’minlash uchun keng ishlatiladi.
Umumiy foydalanishdagi harakatdagi radioaloqa (UM-HRA) tranking tizimlarining bir-birlaridan nutq ma’lumotlarini uzatish usuli (analog va raqamli), ko‘p stansiyali ulanishi turi (kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan (KChAU), kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan (KVAU) yoki kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan (KKAU)), kanalni qidirish va tayinlash usuli (markazlashtirilmagan va markazlashtirilgan boshqarishli), boshqarish kanali turi (ajratilgan va taqsimlangan) va boshqa xarakteristiklari orqali farqlanadigan ko‘p sonli turli standartlari mavjud.
Tranking tizimlarning asosiy arxitekturaviy tamoyillari 5.1- rasmdagi bir zonali tranking tizimining umumlashtirilgan tuzilish sxemasida keltirilgan.
U bazaviy stansiyadan (BS) tashkil topgan va radiochastotaviy qurilmalardan tashqari kommutator, boshqarish qurilmasi va turli tashqi tarmoqlar intefeyslarini o‘z ichiga oladi.
Radiochastotaviy qurilmalarga retranslyator, antenna va radiosignallarni birlashtirish qurilmasi kiradi.
Retranslyator. Retranslyator deganda bu holda bir juft tashuvchi chastotalarga xizmat ko‘rsatadigan qabul qilish-uzatish qurilmalarining to‘plami tushuniladi. Birinchi tranking tizimlarda bir juft tashuvchi bitta trafik kanalini bildirgan. Vaqt bo‘yicha zichlashtirishni ko‘zda tutadigan TETRA standarti tizimlari va EDAS
ProtoCAL tizimlarining paydo bo‘lishi bilann zamonaviy tranking tizimlarda bitta retranslyator ikkita yoki to‘rtta trafik kanalini ta’minlashi mumkin.
5.1- rasm. Bitta zonali tranking tizimining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi
Tranking tizimlarda antennalar qanchalik mumkin bo‘lsa, shunchalik katta radioqamrab olish zonasini hosil qilishi kerak. Shuning uchun bazaviy stansiyalarning antennalari baland machtalarda yoki inshoatlarda joylashtiriladi va doiraviy yo‘naltirilganlik diagrammasiga ega bo‘ladi. Bazaviy stansiya yagona qabul qilish-uzatish antennasiga, ham qabul qilish va uzatish uchun
alohida antennalarga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda bitta machtada ko‘p nurli tarqalish keltirib chiqaradigan so‘nishlar bilan kurashish uchun bir necha qabul qilish antennalari joylashtirilishi mumkin.
Radiosignallarni birlashtirish qurilmasi o‘sha bir antennalar qurilmasini bir necha chastotalar kanallarida qabullagichlar va uzatkichlarning bir vaqtda ishlashi uchun foydalanishga imkon beradi. Tranking tizimlari retranslyatorlari faqat dupleks rejimda ishlaydi, binobarin, qabul qilish va uzatish chastotalarining surilishi 45 MGsdan 3MGsgachani tashkil etadi.
Kommutator ham tarmoq ichida, ham tashqi tarmoqlar bilan bog‘lanishlarni ta’minlaydi. BSning barcha uzellarini o‘zaro ta’sirlashishini Boshqarish qurilmasi amalga oshiradi. Bundan tashqari, u chaqiruvni qayta ishlaydi, chaqiruvchi abonentlarni identifikatsiyalashni amalga oshiradi, chaqiruvlar navbatini o‘rnatadi, vaqtbay to‘lov uchun vaqtni hisobga olishni yuritadi, shuningdek zarurat bo‘lganida telefon tarmog‘i bilan bog‘lanishning davomiyligini rostlaydi.
Tranking tizimlarda UFTT interfeysi turli usullarda ishlatiladi. Uncha qimmat bo‘lmagan tizimlarda (masalan, SmarTrunk) ulanish ikki o‘tkazgichli kommutatsiyalanadigan liniya bo‘yicha amalga oshiriladi. Zamonaviyroq tranking tizimlari o‘z tarkibida ATS standart nomerlashtirilishi ishlatiladigan tranking tarmog‘i abonentlariga ulanishni ta’minlaydigan DID (Direct Inward Dialing) nomeri to‘g‘ri teriladigan UFTT apparaturasiga ega. YUqori xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlaydigan qator tranking tizimlar raqamli IKM – ATS apparaturasi bilan bog‘lanishni ishlatadi.
UFTT bilan bog‘lanish tranking tizimlar uchun an’anaviy hisoblanadi, lekin so‘ngi vaqtlarda paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar interfeysi bo‘lishi majburiy bo‘lib qolishi bilan ma’lumotlarni uzatilishini ko‘zda tutadigan ilovalar soni yanada ortmoqda.
Texnik xizmat ko‘rsatish terminali (TXKT va E) odatda bazaviy stansiyaga o‘rnatiladi va tizimning holatini nazorat qilish, yaroqsizliklarni diagnostika qilish, tarifikatsion ma’lumotlarni hisobga olish, abonentlar ma’lumotlari bazaga o‘zgartirishlarni kiritish uchun mo‘ljallangan. TXKT va E UFTT yoki paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoq orqali ulanishi mumkin.
Tranking tizimlarda zarurat bo‘lganida dispetcherlik pultlari (DP) ham o‘rnatilishi mumkin, ulardan boshqarish idoralari, tez tibbiy yordam, yong‘in-himoya xizmati va boshqalar foydalanadi. DPni tizimga ulanish, ham abonentlar radiosignali bo‘yicha, ham ichki liniyalar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri BS kommutatoriga bo‘lishi mumkin. Tranking tizim bir necha mustaqil tarmoqlarni tashkil etishi mumkin, shuning uchun ularda turli tarzda ularga ulangan bir necha DPlari ishlashi mumkin.
Tranking tizimlarda eng qurilmalar to‘plami abonentlar qurilmalariga kiradi. Ulardan eng ko‘p sonlilari eng katta darajada yopiq guruhlarda ishlatishga to‘g‘ri keladigan yarim dupleks radiostansiyalar hisoblanadi. Bunday radiostansiyalar ko‘pincha cheklangan funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi va shuning uchun raqamli klaviaturaga ega bo‘lmaydi. Ulardan foydalanuvchilarga guruh ichidagi abonentlar bilan bog‘lanish yoki dispetcherga chaqiruvni yuborish etarli bo‘ladi. Ayrim yarim dupleks radiostansiyalar kengroq funksional imkoniyatlarga va raqamli klaviaturaga ega bo‘ladi, lekin sezilarli darajada qimmat turadi.
Tranking tizimlarda hozirgi vaqtda hatto sotali terminallarga qaraganda katta funksionallikka ega bo‘lgan va UFTT bilan bog‘lanishni ulanishini amalga oshirishga, shuningdek yarim dupleks rejimda guruhli ishlashni ta’minlashga imkon beradigan dupleks radiostansiyalar yanada ko‘p ishlatilmoqda.
Abonentlar qurilmalari nafaqat portativ yig‘iladi, balki avtomobilda ishlatiladigan ko‘rinishda ham chiqariladi va chiqish quvvati yuqori bo‘ladi.
Abonentlar qurilmalarining yangi sinfi ma’lumotlarni uzatish terminalari hisoblanadi. Ular mos radiointerfeys protokolini qo‘llaydigan maxsuslashtirilgan radiomodellarlardan iborat. DPning ulanishi uchun avtomobil radiostansiyalariga o‘xshash bo‘lgan standart radiostansiyalar ishlatiladi.
Zamonaviy tranking tizimlari ko‘p zonali tizimlar sifatida ishlab chiqiladi va taqdim etiladigan xizmatlarning keng xilma-xilligi bilan xarakterlanadi, shuning uchun ular quyidagi asosiy talablarni qoniqtirishi kerak:
Berilgan xizmat ko‘rsatish zonasida aloqani ta’minlash;
Harakatdagi abonentlarning joylashish o‘rni haqida ma’lumotlar bo‘lmagan sharoitlarda aloqani o‘rnatilishi ehtimolligining yuqori darajasi;
Turli guruhlar abonentlarining o‘zaro bog‘lanishi imkoniyati;
Aloqaning xavfsizligi;
Talab qilinadigan halaqitbardoshlik;
Nutq signallarini qabul qilishni tushunarliligining yuqori sifati;
Chastotalar polosalaridan foydalanish samaradorligi;
Mobil stansiyaning past energiya iste’moli;
Aloqani boshqarishning operativligi, shu jumladan, turli darajalarda boshqarishni ta’minlash, aylanma aloqa imkoniyati, boshqarish markazi orqali aloqani ta’minlash, aloqa kanallarini ustivorlikli o‘rnatilishi imkoniyati.
Raqamli televideniye va radioeshittirish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|