• Bob. BOSHQA SIMSIZ ALOQA TURLARI
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




    Download 470,6 Kb.
    bet72/103
    Sana03.06.2024
    Hajmi470,6 Kb.
    #259507
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

    Nazorat savollari








    1. WLAN tarmog‘i nimalardan iboratligi tushuntiring.



    2. IEEE 802.11 standartiga umumiy xarakteristikani bering.



    3. Infraqizil dipazonda (IR) qanday uzatish usullari ishlatiladi?



    4. IEEE 802.11b standartining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?



    5. IEEE 802.11a standartining chastotalar diapzonini keltiring.



    6. IEEE 802.16 standartining arxitekturasini tushuntiring.



    7. IEEE 802.16 standartining rivojlanishi qanday bo‘lib o‘tgan va uning qisqa xarakteristikasini bering.

      1. Bob. BOSHQA SIMSIZ ALOQA TURLARI






      1. Peyjing va tranking aloqa




    Personal radiochaqiruv tizimlari. Personal radiochaqiruv tizimlari (PRCHT) yoki peyjing abonentlarga operativ va uncha qimmat bo‘lmagan aloqani taqdim etadi. PRCHTning ishlashi ko‘p hollarda ikki tomonlama aloqani tashkil etish zarurati yo‘qligiga, balki faqat qisqa ma’lumotni yoki chaqiruvni uzatilishi etarli bo‘lishiga asoslangan. Bunday masala abonentda peyjer deyiladigan uncha katta bo‘lmagan qabullagich bo‘lganida radiouzatkichlardan foydalanish yo‘li bilan hal etiladi [6].

    PRChT ikkita xususiy (lokal) va umumiy foydalanishdagi (uzoq masofali) toifalarga bo‘linadi. Xususiy (lokal) PRChT cheklangan hududda radiochaqiruvni ta’minlaydi, ma’lumotlar foydalanuvchilari guruhi uchun bir yoki bir nechta past quvvatli uzatkichlarni ishlatadi. Chaqiruv umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashmasdan dispetcherlik pultlari orqali amalga oshiriladi.
    Umumiy foydalanishdagi peyjing tizimlarida umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i orqali radiokanalda cheklangan hajmli xabar uzatiladi. Zamonaviy peyjing tizimlari umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i bilan avtomatik o‘zaro ta’sirlashishni amalga oshiradi, chaqiruvni va xabarlarni uzatishning raqamli usulini, oshirilgan uzatish halaqitbardoshligi va o‘tkazish qobiliyatini ishlatadi. Oxirgi qurilmalar kichraytiriladi, bu energiya ta’minotini kamaytirishga imkon beradi. Bunday tizimlarning farqli o‘ziga xos xususiyati davlat ko‘lamlaridagi katta xizmat ko‘rsatish zonasi, shuningdek davlatlararo o‘zaro ta’sirlashish imkoniyati, past narx va ishlatishning odiyligi hisoblanadi.
    Birinchi peyjing tizimi 1956 yilda London gospitallarining birida qurilgan. Birinchi uzoq masofali PRTCh 60- yillarni boshlarida AQSh va Kanadada ishlab chiqilgan. Evropada uzoq masofali PRTCH Gollandiya, Belgiya va Shveysariyada 1964 – 1965 yillarda ishga tushirilgan. PRTCh 80 dan 1000 MGsgacha diapazondagi radiochastotalarda ishlaydi.
    PRTCh sotali yoki boshqa harakatdagi aloqa tizimlari bilan kombinatsiyalashtirilishi mumkin. Bunday tizimlarda foydalanuvchi telefon qo‘ng‘iroqlari haqida ogohlantirilishi va qulay vaqtda javob
    berishi mumkin. Peyjer shuningdek olib yuriladigan qabullagichga o‘rnatilishi mumkin.
    Hozirgi vaqtda hamma joyda peyjing tizimlari sotali aloqa tizimlari (SMS xabarlarini uzatish) orqali surib chiqarilmoqda. SHuning uchun bunday tizimlarni qurish tamoyillarini atroflicha ko‘rib chiqish ma’noga ega emas.

    Download 470,6 Kb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




    Download 470,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

    Download 470,6 Kb.