Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 470,6 Kb.
bet80/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

DAB standartlari kompleksi ma’lumotlarni uzatish usullari, egallanadigan chastotalar sohalari, servis xizmatlari to‘plami va ularni taqdim etish usullari va boshqalarni aniqlaydi. Tizimli qurilishi va
tizimning texnik xarakteristikalari 1995 yilda qabul qilingan va 1997 yilda to‘ldirilgan Yevropa ETS 300401 standartida belgilangan.
DAB-radiodasturlarni translyatsiyalash tamoyili ko‘rib chiqilgan radioeshittirish tizimlaridan tamoyilial farq qiladi. Endi bitta emas, balki bir necha turli dasturlar ansambl (ENSEMBLE yoki MULTIPLEX) deyiladigan yagona blokka birlashtiriladi va bitta tashuvchi chastotada uzatiladi. Har bir ansambl 6 ta asosiy dasturlardan, shuningdek dasturlarga bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlardan tashkil topishi mumkin.
Raqamli efir ma’lumotlarini uzatish uchun COFDM (Coded Orthogonal Frequency Division Multiplexing) tizimidan foydalanish aniqlangan. Bu tizim analog oqimni nafaqat vaqt bo‘yicha, balki chastota bo‘yicha ham diskretlashtirilishini ko‘zda tutadi. Olingan elementlar raqamlashtiriladi, ma’lum tarzda aralashtiriladi va keyin soni uzatiladigan axborot oqimining quvvati orqali aniqlanadigan tashuvchilar majmuiga modulyatsiyalanadi DAB standartida 192 tadan 1536 tagacha tashuvchilar ishlatilishi mumkin. Tashuvchilar orasidagi masofa shunday tarzda tanladiki, qo‘shni tashuvchilar spektrlarining kesishishi demodulyatsiyalashda halaqitlar hosil qilmasligi, ya’ni ularning ortogonallik sharti bajarilishi kerak.
Chastota bo‘yicha qo‘shimcha diskretlashtirish halaqitlarga ma’lumotlarning barqarorligini oshiradigan aralashtirish va o‘rama kodlarning qo‘llanilishiga imkon beradi. COFDM tizimining yana bir sezilarli afzalligi alohida simvollarni uzatishlar orasida himoya intervallaridan foydalanish hisoblanadi. Bu interval simvolning qaytish signalining ko‘zda tutiladigan paydo bo‘lishi vaqtini qoplaydi, bu radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishi keltirib chiqaradigan halaqitlarga sezgirlikni kamaytiradi.
Tashuvchilar soni, ular orasidagi masofa, himoya intervalining uzunligi va FEC (o‘rama kodning qo‘llanilishi hisobiga himoyalash darajasi) qiymati o‘zgaruvchan qiymatlar hisoblanadi. Bunday uzatish tizimining ishlatilishi zich shahar qurilishlari joylarida toza qabul qilish imkoniyatini ta’minlaydi. COFDMni qo‘llanilishining yana bir muhim afzalligi mobil qabul qilishning yuqori sifati hisoblanadi, uning asosiy muammolaridan biri qaytgan signallarning konfiguratsiyalarini o‘zgarishi tufayli signal quvvatining doimiy o‘zgarishlariga qabullagichni moslashishining murakkabligi hisoblanadi.



Download 470,6 Kb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 470,6 Kb.