Televizion signallarni uzatish standartlari. Yevropa va O‘zRda qabul qilingan DVB standarti bu kabelli




Download 470,6 Kb.
bet77/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

Televizion signallarni uzatish standartlari. Yevropa va O‘zRda qabul qilingan DVB standarti bu kabelli DVB-C (cable), sun’iy yo‘ldoshli DVB-S (satellite) va yer usti DVB-T (terrestrial) uzatishni qamrab olgan spetsifikatsiyalar to‘plami hisoblanadi. DVB-T dagi agoritm eng murakkab algoritm hisoblanadi, chunki ishlash sharoitlari va uzatishga talablar yer usti uzatishda eng qat’iy hisoblanadi.
Koderning kirishiga MPEG-2 (MPEG-4) transport oqimlari 188 baytdan keladi, keyin ular ikkili psevdo-tasodifiy ketma-ketlik (generator — 15-razryadli surish registri) bilan 2 modul bo‘yicha qo‘shish orqali randomizatsiyalanadi. Randomizatsiyalanganidan keyin paketlar Rid-Solomon kodi bilan himoyalanadi, buning natijasida 188 baytga 16 tekshirish baytlari qo‘shiladi. Keyin ichki o‘rama kodlash keladi.
COFDM (Coded Orthogonal Frequency-Division Multiplexing) standartda modulyatsiyalash – signal oldindan kodlanadigan ortogonal tashuvchilar orqali multiplekslash varianti ishlatilgan. OFDM modulyatsiyalashda butun uzatish kanali diapazoni (Evropada 8 MGs) ko‘plab ortogonal nimtashuvchilarga bo‘linishini ko‘zda tutadi. Ma’lumotlar oqimi N suboqimlarga bo‘linadi, ulardan har birining tashuvchisi ancha past tezlikda modulyatsiyalanadi.
DVBda bitta kanalda (Evropada qabul qilingan TV kanalning 8 MGs kengligida) 8 mingtagacha tashuvchilar (8 x 1024 — 8192 yoki 8K qayta ishlash algoritmlarining talablarini hisobga olganda) bo‘lishi mumkin. Real 1705 ta (2K COFDM rejimi) yoki 6817 ta (8K rejimi) tashuvchilar ishlatiladi. Har bir tashuvchi 4-pozitsion kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK) yoki 16- va 64-pozitsion kvadra- turali amplitudaviy modulyatsiyalash (QAM) orqali modulyatsiyalanadi. Mos ravishda har bir tashuvchiga bitta modulyatsion simvol 2 dan 4 gacha bitlarni aniqlaydi.
Qabullagichda signal demultiplekslanadi va dekodlanadi. Buning uchun uzatkichning algoritmlariga qo‘shimcha korrelyasion detektorlar, Viterbi algoritmli dekoderlar va boshqalar ishlatiladi. MPEG-2 (MPEG-4) transport paketlarini ham dekodlash va televizor turiga bog‘liq ravishda raqamli yoki analog signalni shallantirishi kerak. Shuning uchun RTV-qabullagich bu yetarlicha murakkab dasturiy-apparatli kompleks hisoblanadi va faqat so‘nggi yillardagi texnologik yutuqlar uni ommaviy ishlab chiqarishda uncha qimmat bo‘lmasligiga imkon bermoqda.
O‘zbekistonda kabelli DVB-C (cable), sun’iy yo‘ldoshli DVB-S (satellite), yer usti DVB-T (terrestrial) va sotali DVB-N uzatishni qamrab olgan DVB standarti spetsifikatsiyalar to‘plami qabul qilingan. Ma’lumki, 625 ta satrlardagi yuqori ruxsat etish bilan xarakterlanadigan DVB-T tarqoq yoyishni ishlatadi, bunda yarim kadrlarning chastotasi 50 Gsni tashkil etiadi. DVB-T gorizontal va vertikal bo‘yicha ikkilangan ruxsat etishni (bazaviyga nisbatan) ta’minlashi, shuningdek 16:9 tomonlar nisbatili tasvirlarni uzatishi mumkin. DVB-T audiosignalni uzatish uchun MUSICAM satndartini ishlatish bilan Dolby Digital AC-3 formatdagi ovozni ta’minlaydi. Shuningdek DVB-T standartining asosiy afzalliklaridan biri signalning qabul qilish barqarorligi va uning signallarning boshqa qayta qaytishlariga sezgir emasligi hioblanadi. Respublikada 2011 yilning dekabrida HD yuqori aniqlikdagi televideniyeni sinov ishlatilishi ishga tushirildi.



Download 470,6 Kb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Televizion signallarni uzatish standartlari. Yevropa va O‘zRda qabul qilingan DVB standarti bu kabelli

Download 470,6 Kb.