Bluetooth, HomeRF, ZigBee, NFC va Wireless USB aloqa texnologiyalari




Download 470,6 Kb.
bet85/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

Bluetooth, HomeRF, ZigBee, NFC va Wireless USB aloqa texnologiyalari




Bluetooth. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida simsiz telefonlar, kompyuterlar va turli periferiyalarning aloqasini ta’minlashga imkon beradigan qisqa masofalarga ma’lumotlarni uzatish radiotexnologiyasi hisoblanadi [23,26]. Kompyuterda yoki mobil telefonda mavjud bo‘lgan shtatdagi interfeysning ishlatilishi ko‘p hollarda juda qulay bo‘ladi (5.2- rasm).

5.2- rasm. Bluetooth tizimi


Mavjud qurilmalar uchun standart Bluetooth-bog‘lanish profillarini ishlatadigan uncha qimmat bo‘lmagan o‘rnatiladigan radiomodullar taklif etilmoqda. Masalan, simsiz garnituralarda HeadSet profili ishlatiladi, qurilmalar orasida fayllarni almashlash uchun FTP profili ishlab chiqilgan mobil telefonlarda Dial-up Networking Profile profili qo‘llaniladi. Ma’lumotlarni to‘plash va boshqarish tizimlarida ko‘pincha SPP ketma-ket porti profili ishlatiladi.

Bluetooth protokoli nuqta-nuqta va nuqta-ko‘p nuqta topologiyalarini qo‘llaydi. Ikki yoki undan ortiq o‘sha bir kanalni ishlatadigan qurilmalar pikotarmoqni (piconet) tashkil etadi. Bunda qurilmalardan biri asosiy (Master) sifatda, qoganlari esa bo‘ysunuvchi (Slave) qurilmalar sifatida ishlaydi.

Bluetooth qabullagich-uzatkichlari 2.45 GGs chastotada ishlaydi va FHSS (Frequency Hopping Spread Spectrum – chastotani sakrashsimon qayta sozlanishi) spektrni kengaytirish usulini ishlatadi.
Uzatkichning quvvatiga bog‘liq ravishda Bluetooth® qurilmalar uchta sinflarga bo‘linadi:


  • 1-sinf – 100 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 100 metrgacha);



  • 2-sinf – 2,5 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 15 metrgacha);



  • 3-sinf – 1 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 5 metrgacha).



Uzatiladigan ma’lumotlar tezligi ishlatiladigan spetsifikatsiya versiyasi va Bluetooth profiliga bog‘liq bo‘ladi. Ketma-ket port profili ishlatilganida ma’lumotlarni uzatish tezligi 704 kbit/c nazariy chegaraga ega bo‘ladi.


Download 470,6 Kb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bluetooth, HomeRF, ZigBee, NFC va Wireless USB aloqa texnologiyalari

Download 470,6 Kb.