Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 470,6 Kb.
bet81/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

DABni rivojlantirish bosqichlari. Evropa firmalari 1987 yilda prinsipial yangi raqamli DAB radioeshittirish tizimini ishlab chiqish maqsadida Eureka-147 konsorsiumiga asos soldi. Bu loyihaning qatnashuvchilari Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Italiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Norvegiya, Finlyandiya, Yaponiya, Kanada, AQSh, Rossiya va qator boshqa davlatlardan taxminan 50 ta firmalar va tashkilotlar hisoblanadi.
1992 yilda butundunyo kelishuviga asosan DAB uchun L- va S- diapazonlar ajratildi. Asosan o‘lchash maqsadi uchun birinchi qabullagichlar 1988 yilda yaratildi. 1990 yildan Evrika-147 loyihasining qator a’zolari JESSI loyihasida qatnashdi, uning doirasida tijorat DAB-qabullagichlari uchun birinchi integral mikrosxema ishlab chiqildi. Yevropa davlatlarida hozirda bir necha o‘n minglab qabullagichlar ishlatilmoqda.
Buyuk Britaniya hukumati 1994 yilda yer usti DAB uchun 217,5-230 MGs chastotalar diapazonini ajratish haqida qaror qabul qildi. Bu diapazonda yettita ko‘p dasturli DAB signallarini ( «DAB- bloklar» yoki «ansambllar» deyiladigan) joylshtirish mumkin bo‘lib, ulardan har biri taxminan 1,55 MGsga teng bo‘lgan chastotalar polosasini egallaydi.
1995 yilda Germaniyada Visbadendagi konferensiyada yer usti DAB uchun UQT II diapazondagi (87–108 MGs), III (174–240 MGs) diapazondagi, L-diapazondagi (1452–1467,5 MGs) chastotalardan foydalanish imkoniyati haqida qaror qabul qilindi.
Bugungi kunda bu standartdagi uzatish bilan davlatning 80 foizdan ortiq hududi qamrab olingan. Analog radieshittirishdan raqamli radioeshittirishga to‘liq o‘tish 2010 va 2017 yillar orasidagi davrda yakunlanadi. Uzatish uchun 12 ta TV kanalda (223-230 MGs, har bir yer uchun bittadan DAB-bloki) va L-diapazonda (1452-1467,5 MGs) ishlaydigan uzatkichlar tarmog‘i ishlatiladi, bunda 100 ta DAB- bloklar hududiy dasturlarga beriladi. Bunday taqsimlash Germaniyaning istalgan joyida oddiy shtirli antennali DAB qabullagichi ishlatilganida minimum 12 ta yuqori sifatli ovoz stereodasturlarini va qator qo‘shimcha ma’lumotlar kanallarini qabul qilish mumkin bo‘ladi.
Rossiyada Sankt-Peterburg shahrida eksperimental uzatish uchun Aloqa Vazirligi 92 – 100 MGs diapazondagi chastotalar polosasini ajratilishi haqida qaror qabul qildi. Tajriba ishlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi, lekin bu RORE tizimini Rossiya
Federatsiyasi ko‘lamlarida etish uchun bu urinishlar etarli bo‘lmadi. Uzatish muammosini hal etish uchun ko‘plab tashkiliy muammolarni, birinchi navbatda alohida chastotalar diapazonini ajratilishini hal etish zarur.

Download 470,6 Kb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 470,6 Kb.