|
Butun dunyo raqamli radiosi (DRM)
|
bet | 83/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)Butun dunyo raqamli radiosi (DRM) o‘rta va qisqa to‘lqinlar diapazonlari uchun ishlab chiqilgan, chunki ularni tashkil etishda
sezilarli kam harajatlarda uzoq masofali uzatish uchun imkoniyatlarni beradi, uzatishning texnik sifati esa zamonaviy talablarga javob beradi.
«A tizim» deyiladigan yangi standartning asosiga Thomcast fransuz firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Skywave-2000 tizimining to‘ldirilgan prototipi qo‘yilgan. Format 30 MGsdan past barcha diapazonlarda uni ishlatilishiga imkon beradigan tez moslashuvchan uzatish parametrlari orqali xarakterlanadi. Bir vaqtda u UQT diapazoni uchun ham ishlatilishi mumkin. Yangi tizimni joriy etish uchun mavjud AM-uzatkichlarni modernizatsiyalash mumkin, u o‘tish davrining qator muammolarini olib tashlaydi. Asosiy afzalliklari quyidgilar:
qabul qilish va yangrash sifatini yaxshilanishi;
barcha diapazonlarda ishlatilishi imkoniyati;
ma’lumotlar va audiosignalning birgalikda uzatilishi imkoniyati;
qabul qilishning o‘tkazish qobiliyati/sifati va ishonchliligi/barqarorligini optimallashtirish uchun rejimlarni tanlash mavjud;
spektrdan foydalanishning juda yuqori samaradorligi: 3dan 4 bit/Gs/sgacha;
Tizim keyingi yaxshilash, yangi kompressiyalash usullari va kodlash jarayonlari uchun ochiq. 30 MHzdan past chastotalarda radioeshittirish uchun RCH kanallar uchun hozirgi vaqtda 9 yoki10 kGs polosalar kengligi ishlatilmoqda.
DRM tizim quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:
haqiqiy rejalashtirishga muvofiq nominal polosalari kengligi chegaralarida;
analog AM signal bilan birga uzatish imkoniyati bo‘lishi yoki agar kelajakda ruxsat etilsa, uzatishning katta o‘tkazish qobiliyatini ta’minlash uchun 4.5 kGs (9 kGsning yarmi) yoki 5 kGsga (10 kGsning yarmi) karrali polosa kengligili kanallar chegaralarida.
|
| |