|
IEEE 802.11b standartining o‘ziga xos xususiyatlari
|
bet | 68/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)IEEE 802.11b standartining o‘ziga xos xususiyatlari. Ethernet kabelli tarmoqlar va Radio Ethernet simsiz tarmoqlari orasida ko‘plab umumiylik, lekin ko‘plab farq ham mavjud. Bu tushunarliki, turli ma’lumotlarni uzatish muhitlari ma’lumotlarni uzatish va kodlash usullariga, ya’ni uzatishga ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tayyorlashga tamoyilial turli yondashishlarni talab qiladi. SHuning uchun kabelli tarmoqlar va simsiz tarmoqlari orasidagi asosiy farq fizik daraja (Physical Layer, PHY) va ma’lumotlarni uzatish muhitiga ulanish nimdarajasida (Medium Access Control, MAC) jamlangan. OSI (Open System Interconnection) tarmoq o‘zaro ta’sirlashishlari etalon modeliga muvofiq, aynan bu nimdarajalarda ma’lumotlar tarmoq bo‘yicha keyingi uzatilishi uchun kerakli tarzda formatlanadi va kodlanadi.
Radio Ethernet tarmoqlarining ishlash nazariy tomonlari IEEE
802.11 va IEEE 802.11b standartlari orqali belgilangan. Aynan bu standartlarda simli tarmoqlarni ma’lumotlarni uzatish muhitiga ulanish darajasida (MAC-daraja) va fizik darajada (PHY-daraja) tashkil etish tartibi aniqlanadi.
Dastlab IEEE 802.11 standarti radiokanal bo‘yicha 1 Mbit/s va opsional 2 Mbit/s tezlikda ma’lumotlarni uzatilishi imkoniyatini
ko‘zda tutgan. Keyingi IEEE 802.11b versiyada asosiy standartga amaldagi qo‘shimcha hisoblanadigan 1, 2, 5,5 va 11 Mbit/s uzatish tezliklari aniqlanadi.
Fizik daraja. IEEE 802.11b standarti orqali 2,4 dan 2,4835 GGsgacha chastoatlar diapzonini ishlatish ko‘zda tutilgan bo‘lib, u sanoat, fan va tibbiyotda linsenziyasiz foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ruxsat etish ishlab chiqaruvchiga beriladi va buyurtmachiga mahsulot sotib olinganidan keyin sertifikat ko‘rinishida uzatiladi. Bu yerda ta’kidlash kerakki, O‘zRda bu chastotalar diapazonidan foydalanish sertifikatlardan tashqari, Radiochastotalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida (RCHDQ) ruxsatni olinishi talab qilinadi.
Fizik darajada IEEE 802.11 standarti orqali ikkita radiokanallar turlari (DSSS va FHSS) ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular o‘sha bir spektrni kengaytirish texnologiyaini ishlatadi.
|
| |