• Modulyatsiyalash.
  • Bazaviy stansiyadan abonentlar qurilmalariga




    Download 470,6 Kb.
    bet71/103
    Sana03.06.2024
    Hajmi470,6 Kb.
    #259507
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

    Bazaviy stansiyadan abonentlar qurilmalariga trafikni uzatish (chiquvchi yo‘nalish deyiladigan downlink) bitta sektorning barcha abonentlar qurilmalari uchun yagona oqimdagi vaqt bo‘yicha dupleks
    (TDD) rejimida olib boriladi. Uzatkich randomizatsiyalash, halaqitbardosh kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi variant bazaviy stansiyalar uchun opsiya sifatida ko‘zda tutilgan) algoritmlariga muvofiq modulyatsiyalashni amalga oshiradi.

    4.1- jadval

    802.16 va 802.16a standartlarining texnik xarakteristikalari



    802.16

    802.16a

    Diapazon


    10 - 66 GGs


    2 - 11 GGs


    Ishlash sharoitlari


    Faqat to‘g‘ri ko‘rinish


    Yaqin zonadagi abonentlar uchun to‘g‘ri bo‘lmagan ko‘rinishda ishlash imkoniyati


    Tezlik

    32,0 - 134,4
    Mbit/s

    1,0 - 75,0 Mbit/s


    Modulyatsiyalash


    QPSK, 16 QAM,


    64 QAM
    Bitta nimtashuvchi

    QPSK, 16 QAM, 64 QAM


    (256 QAM)
    Bitta nimtashuvchi OFDM 256 ta
    nimtashuvchi OFDMA 2048 ta
    nimtashuvchi

    Dupleks rejim


    TDD/FDD

    TDD/FDD

    Chastotalar polosasi


    20, 25 va 28 MGs


    1,25 dan 20 MGsgacha


    Sotaning radiusi


    Namunaviy: 2 - 5 km


    Namunaviy: 4 - 6 km





    Modulyatsiyalash. 10 - 66 GGs chastotalar diapazonidagi radioto‘lqinlarni tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rinish sharoitlari bilan tizimlarning ishlash imkoniyatlarini cheklaydi. Namunaviy shahar muhitida bu bazaviy stansiyadan ishchi masofada bo‘lgan abonentlarning deyarli yarimini bog‘lashga imkon beradi. Qolgan 50 foiz abonentlar uchun to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaydi.

    Shunga ko‘ra, IEEE instituti 802.16 standartga to‘ldirishni ishlab chiqdi, u 2-11 GGs chastotalarga tegishli bo‘ldi va bir chastotali uzatishdan (Single Carrier, SC) tashqari, ortogonal chastotaviy multiplekslash (Orthogonal Frequency Division Multiplexing, OFDM) va bunday multiplekslash asosidagi ko‘p tomonlama ulanishni (OFD Multiple Access, OFDMA) ko‘zda tutdi.

    OFDM rejimida 256 ta nimtashuvchilarni bir vaqtda uzatilishiga ruxsat etiladi. Elementar simvolning uzunligini oshirish hisobiga (taxminan shuncha marta) bir vaqtda to‘g‘ri va to‘siqlardan qaytgan signallarni qabul qilish yoki umuman bazaviy stansiya to‘g‘ri ko‘rinish chegaralaridan tashqaridagi faqat qaytgan signallarda ishlash mumkin.



    Xavfsizlik. IEEE 802.16 standartida har bir abonentlar kompleksi X.509 raqamli sertifikat bilan imzolangan, u ishlab chiqaruvchi tomonidan qurilmaga “tiqilgan” va hatto sertifikatning 10 yillik amal qilish muddati tugaganidan keyin ham o‘zgartirilishi mumkin emas. Raqamli imzo asosida bazaviy stansiyada abonentlar kompleksini autentifikatsiyalash bo‘lib o‘tadi, bunda bazaviy va abonentlar stansiyalari shifrlangan kalitlar bilan almashadi va xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni o‘rnatadi. Shifrlash uchun kalitlar to‘plami va 3-DES algoritmning o‘zi hatto qo‘lga kiritishda ochilishning murakkabligini ta’minlaydi. Trafikni shifrlash mexanizmi har bir virual bog‘lanish uchun bir vaqtda ikkita kalit bilan ishlaydi, bu paketlarni yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan muhitda sinxronlashtirishni, bir-birlarini qoplaydigan kalitlar hayoti vaqtlari esa bog‘lanishning ishonchliligini ta’minlaydi.


    Download 470,6 Kb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103




    Download 470,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bazaviy stansiyadan abonentlar qurilmalariga

    Download 470,6 Kb.