|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|
bet | 8/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)E0 vektorning fazasi to‘lqin R masofani bosib o‘tganida
φ = (2π/λ)· R qiymatga ega bo‘ladi, bu yerda λ –to‘lqin uzunligi.
UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zining kichik uzunligi tufayli UQT to‘lqinlar yerning sferik sirti va yerning yirik notekisliklari yoki boshqa to‘siqlar atrofida yomon difraksiyalanadi. Shuning uchun UQT diapazonda antennalarni yer sirtidan sezilarli balandlikda joylashtirishga uriniladi, chunki bunda birinchidan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinish masofasi ortadi, ikkinchidan antennaning yaqinida joylashgan mahalliy predmetlarning ekranlashtiruvchi ta’siri kamayadi. Shunday qilib, UQT diapazonda antennaning joylashish balandligi to‘lqin uzunligidan ko‘p marttaga ortiq bo‘ladigan shart
bajariladi va maydon kuchlanganligini hisoblashni interferension formulalar bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
UQT diapazonda yer sirti ideal dielektrik sifatida qaralishi mumkin. Shuning uchun gruntning o‘tkazuvchanlik xossalarining o‘zgarishi UQTni tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Shu bilan birga, yer sirtining uncha katta bo‘lmagan notekisliklari UQTni yer sirtidan qaytishi shartini sezilarli o‘zgartiradi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinish chegarasida aniq kichik bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan l < 0,2· l0 masofalarda UQT diapazonda yerning sferikligini va troposferadagi radioto‘lqinlarning refraksiyasi ta’sirini hisobga olmaslik mumkin. Bunda UQTni tarqalishining xarakterli o‘ziga xos xususiyati katta barqarorlik va vaqt bo‘yicha signal sathining o‘zgarmasligi hisoblanadi.
0,2l0 < l < 0,8· l0 chegaralarda yotadigan sezilarli masofalarda yerning sferikligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Shu bilan birga refraksiyaning ta’sirini yerning ekvivalent radiusidan foydalanish yo‘li bilan hisobga olish kerak bo‘ladi.
Bunday masofalarda UQTni tarqalishi uchun metrologik sharoitlar ta’sir qiladi. Troposferaning sindirish koeffitsientining o‘zgarishi bilan to‘lqin traektoriyasining egriligi o‘zgaradi, binobarin, to‘g‘ri va yer sirtidan qaytgan nurlar uchun bu o‘zgarishlar turlicha bo‘lishi mumkin. Natijada to‘g‘ri va qaytgan nurlar orasidagi fazalar farqi o‘zgaradi, buning natijasida radioto‘lqinlar maydonlari sathi o‘zgaradi, signalning so‘nishi ro‘y beradi. Masofaning ortishi bilan so‘nishlarning halaqit qiluvchi ta’siri ortadi [1-3].
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|