Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI




Download 470,6 Kb.
bet4/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI


    1. Radioaloqani tashkil etish tamoyillari


Radioaloqaning eng oddiy sxemasi 1.1- rasmda keltirilgan.

1.1- rasm. Radioaloqa sxemasi

Bu yerda:
1– ma’lumotlar (raqamli ma’lumotlar, tasvir, ovoz va h.k.) manbai;
2– xabar o‘zgartirigichi keladigan ma’lumotlarni elektr signalga o‘zgartiruvchi qurilma;
3– uzatkichli modulyator.
4– radioqabul qilish qurilmasi. 5– Detektor.
6– Qayta tiklash qurilmasi.
Signalni modulyatsiyalash zarurati shundan iboratki, elektr signalga o‘zgartirilgan ma’lumotlar nisbatan past chastotaga ega, ma’lumki, past chastotali signal yomon nurlanadi. Radiosignal deyiladigan modulyatsiyalangan yuqori chastota tebranishlar uzatuvchi antennaga uzatiladi va atrof-muhitga elektromagnit to‘lqinlarni qo‘zg‘atadi. Uzatkichdan uncha katta bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlar energiyasi qismi qabul qilish antennasiga etib boradi va unda kuchsiz modulyatsiyalangan yuqori chastotali tokni hosil qiladi. RQQQda modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytiriladi va keyin o‘zgartirgichdan uzatish punktida olingan o‘sha ko‘rinishdagi signalga detektorda teskari o‘zgartiriladi. Bunday o‘zgartirish detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi
– harf teruvchi apparat, telefon, televizion qabul qilish trubkasi va boshqalarga beriladi, so‘ngra qabul qilingan ma’lumotlar oluvchiga beriladi.
Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning tarqalishi muhiti, qabul qilish antennasi va qabullagichdan iborat kompleks radioliniyani hosil qiladi. 1.2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, radioliniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan qabullagich joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi.

Uzatish zichlashtirish apparaturasi

Qabul qilish zichlashtirish apparaturasi
Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni, metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt, aniq signallarini uzatish xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish polosasini oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.2- rasm). Turli 1a–1n ma’lumotlar manbalari signallaridan 2a–2n o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi qismi signallarni ajratadi, ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (7a–7n), bundan keyin ular 8a-8n iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli radioaloqa deyiladi.
1.2- rasm. Zichlashtirish apparaturali radioliniya

Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir- birlariga qarama-qarshi ishlaydigan ikkita bir tomonlama aloqa qurilmalari jamlanmasi yordamida ta’minlanadigan ikki tomonlama radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama radioaloqaning har bir oxirgi punktida ham uzatish, ham qabul qilish qurilmalari joylashtiriladi. Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek ayrim hollarda uzatkich va qabullagich ham yagona qabul qilish-


uzatish radiostansiyasiga birlashtiriladi. Bunday punktda ikkita antennalar o‘rniga bitta umumiy qabul qilish-uzatish antennasi ishlatiladi.
Ikki tomonlama radioaloqa quyidagi variantlar bo‘yicha tashkil etilishi mukin:
  1. Har ikkala uzatkichlar bitta chastotada ishlaydi, ya’ni qabullagichlar ham o‘sha bir chastotaga sozlanadi. Bu holda radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay olmaydi. Bunday aloqa simpleks aloqa deyiladi.


  2. Uzatkichlar turli chastotalarda ishlaydi, mos ravishda qabullagichlar ham turli chastotalarga sozlanadi. Bu holda radioliniya bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay oladi. Ishlash navbatma-kavbat yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi. Bunday aloqa dupleks aloqa deyiladi.


  3. Radioaloqa qabul qilish va uzatish chastotalaridan foydalanish orqali, lekin dupleks radioaloqaga qaraganda bir vaqtda emas, balki navbatma-navbat amalga oshiriladi. Signal bitta chastotada qabul qilinadi, boshqa chastotada uzatiladi. Vaqtning bir momentida abonent “qabul qilish” yoki “uzatish” rejimida bo‘lishi mumkin. Bunday aloqa yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa deyiladi.


Yarim dupleks aloqa quyidagi rejimlarda ishlatiladi. Odatda istalgan aloqa tizimining birinchi vazifasi talab qilinadigan (juda katta) aloqaning uzoq masofaliligini ta’minlash hisoblanadi. Lekin uzoq masofalilik planeta sirtining egriligi ufqning chegaralari ortida aloqani amalga oshirishga imkon bermaydigan shardan iboratligi tufayli cheklangan. Bu esa portativ radiostansiyalar orasidagi ochiq tekislik joydagi aloqa 5 km atrofidagi masofalarda bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Agar katta masofalar (99,9 % hollarda) talab qilinsa, u holda retranslyatorlar qo‘llaniladi.


Retranslyator bu radiosignalni qabul qiladigan va uni efirga qayta uzatadigan qurilma hisoblanadi. Koinotdagi yerning sun’iy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan retranslyator eng katta qamrab olish zonasiga ega bo‘ladi. Yerda berilgan qamrab olishni ta’minlash uchun sun’iy yoki tabiiy baland inshoatda (bino, machta, do‘nglik) retranslyator o‘rnatiladi. Deyarli hech bir zamonaviy aloqa tizimi retranslyatorsiz ishlay olmaydi. Retranslyatsiyalash tamoyili 1.3- rasmda keltirilgan.
1.3- rasmdan nima uchun yarim dupleks (ikki chastotali simpleks) aloqa kerakligi ko‘rinib turibdi. Retranslyator qabul qilingan signallarni uzluksiz uzatadi (dupleks), u holda u buni o‘sha bitta
chastotada amalga oshira olmaydi (uzatkichning signallarini shu yordayoq qabullagich qabul qiladi, yopiq aylana hosil bo‘ladi). Shuning uchun dupleks retranslyator nominallari ma’lum qiymatlarga farqlanishi kerak bo‘ladigan turli chastotalarda ishlaydi (qurilmaga, tizimga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi). Mos ravishda abonentlar radiostansiyalarida o‘sha chastotalar, lekin “teskari” ko‘rinishda ishlatilishi kerak (retranslyatorning qabul qilish chastotasi radiostansiyaning uzatish chastotasiga va aksincha mos kelishi kerak). Barcha abonentlar radiostansiyalarida uzatish va qabul qilish chastotalari bir xil bo‘ladi, u holda ular orasidagi to‘g‘ri bevosita aloqa bo‘lishi mumkin emas.

1.3- rasm. Retranslyatsiyalash tamoyili


Demak, retranslyator qabul qilinadigan signalni uzluksiz nurlantiradi, abonentlar radiostansiyalarida esa qabul qilish/uzatish rejimlari qayta ulanishi kerak. Vaqtning bir momentida gapirish yoki eshitish mumkin bo‘ladi. Retranslyatorning sezgirligi va quvvati qanchalik yuqori va antenna yuqori o‘rnatilgan bo‘lsa, shunchalik katta zonani barqaror radioaloqa bilan qamrab olish mumkin.
Agar chastotalar, mablag‘ yoki unisiyam va bunisiyam etishmasa (eng keng tarqalgan hol), u holda faqat simpleks aloqani ishlatish mumkin. Bunday holda abonentlar qurilmasi shunday qoladi, faqat unda bir xil qabul qilish va uzatish chastotalari dasturlashtiriladi.
Retranslyator sifatida oddiy abonentlar qurilmasi ishlatilishi mumkin. Ammo u bir vaqtda qabul qila va uzata olmaydi, bu esa talab qilinmaydi (yuqorida ko‘rib chiqilganidek mumkin ham emas).
Bunday retranslyatorning ishlashi uchun (u odatda simpleks retranslyator deyiladi) maxsus qurilma - simpleks retranslyator kontrolleri talab qilinadi. Qurilma qabul qilinadigan xabar efirda bo‘lguncha (yoki “tasma” tugaguncha) uni yozib oladigan raqamli magnitofon hisoblanadi. Signal yo‘qolganidan keyin kontroller radiostansiyani uzatish rejimiga qayta ulaydi va yozib olingan xabar efirda qayta eshittiriladi. Shunday qilib, bitta chastota va bitta radiostansiya (dupleks emas) yetarli bo‘ladi.
Usulning barcha oddiyligida va nisbatan arzonligiga qaramasdan, unda jiddiy kamchilik mavjud. Abonent xabarni aytishi va keyin uni efirda qayta eshittirilishini kutishi kerak. Shunday qilib, simpleks retranslyator ishlatilganida radio so‘zlashuvlarga dupleks rejim ishlatilganidagiga qaraganda ikki marta ortiq vaqt talab qilinadi. Agar mablag‘ va radiochastotalar miqdori aniqlovchi omil bo‘lsa va operativlikni yo‘qotilishiga ko‘nish mumkin bo‘ladi, u holda simpleks retranslyatorlarning qo‘llanilishi (yana ular «simplekserlar», «exo- repiterlar», «kakkuqushlar» yoki «to‘tiqushlar» deyiladi) masalani hal etilishining eng oqilona yo‘li bo‘ladi.
Shunday qilib, dupleks rejimi uzluksiz retransyalatsiyalashda, simpleks rejimi esa to‘g‘ri bevosita aloqada (retranslyatorlarsiz) yoki simpleks retranslyatsiyalashda ishlatiladi.
Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab oraliqlardan iborat bo‘lishi mumkin, ularning chegaralarida radiosignallarni uzatish qabul qilish-uzatish qurilmalari jamlanmalari orqali ta’minlanadi. Bitta punktdan signallar boshqa punktda qabul qilinadi, kuchaytiriladi va keyin uchinchi punktga uzatiladi, u yerda yana kuchaytiriladi va to‘rtinchi punktga uzatiladi va h.k.. Radioliniyaning bunday qurilishi radioreleli aloqa liniyasi (1.4-rasm) deyiladi, uning shartli tasvirlanishi 1.5-rasmda keltirilgan.
Shunga o‘xshash tarzda aloqa yer sun’iy yo‘ldoshlari (1.6- rasm) orqali amalga oshiriladi. Bitta yer usti stansiyasidan signal yerning sun’iy yo‘ldoshida (ESY) qabul qilinadi, kuchaytiriladi va yo‘ldoshning uzatkichi orqali birinchi yer usti stansiyasidan katta masofalarda joylashgan boshqa yer usti stansiyasiga uzatiladi.
А-punkt B-punkt V-punkt
1.4- rasm. Radioreleli aloqa liniyasining qurilishi
RRL sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyalari kabi oxirgi punktlarda zichlashtirish apparaturasiga ega va malumotlar katta oqimlarini uzatishga imkon beradi.

1.5- rasm. Radioreleli aloqa liniyasining shartli tasvirlanishi


1.6- rasm. Sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyasi


    1. Download 470,6 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI

Download 470,6 Kb.