|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|
bet | 14/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)RRLda ishlatiladigan antennalar. RRL uchun antenna turini tanlash asosan ishchi to‘lqinlar diapazoni, ishchi chastotalar kengigi bog‘liq bo‘ladigan liniyaning sig‘imi, chastotalarning taqsimlanishi (ikki chastotali, to‘rt chastotali) sxemasi orqali aniqlanadi [3].
Odatda kichik sig‘imli liniyalarda ishlatiladigan metrli to‘lqinlar diapazonida ko‘p vibratorli sinfaz antennalar qo‘llaniladi. Detsimetrli
to‘lqinlarda, shuningdek kichik sig‘imli liniyalarda bu turdagi antennalar, shuningdek parabolasimon antennalar qo‘llanilishi mumkin.
Parabolasimon antennalar o‘rtacha sig‘imli liniyalardagi detsimetrli diapazonda keng qo‘llaniladi. Kichik va o‘rta sig‘imli santimetrli diapazonda asosan parabolasimon antennalar qo‘llaniladi.
Santimetrli diapazonda ishlaydigan katta sig‘imli va katta masofali magistral RRLlarda parabolasimon, rupor-parabolasimon, nurlantirgichi chiqarilgan parabolasimon va ikki oynali antennalar qo‘llaniladi. Bitta RRL antennasi bir vaqtda ham uzatish, ham qabul qilish uchun ishlatiladi.
Mobil aloqa tizimlari antennalari. Nisbatan uncha katta bo‘lmagan kuchaytirishi, uncha katta bo‘lmagan hajmlari va vazni tufayli shtirli antennalar vaqtinchalik yoki harakatdagi bazaviy stansiyalarda qo‘llaniladi. Zamonaviy sotali tizimlarda statsionar bazaviy stansiyalarda asosan chastotalarning takrorlanishi afzalliklari tufayli sektorli antennalar qo‘llaniladi. Gorizontal tekislikda sektorli YDni, masalan, burchakli reflektorli yarim to‘lqinli vibratordan foydalanish orqali olish mumkin. Sektorli YDni har bir qavatda parallel vibratorlardan antennalar panjarasidan foydalanish orqali ham olish mumkin.
Sotali telefoniya texnologiyasida ishlatiladigan ko‘plab nurlantirgichlar shleyfli simmetrik vibrator, spiralli antenna, chorak to‘lqinli shtir va past profilli antennalar hisoblanadi [1].
Ko‘p tomonlama ulanish texnologiyalari
Ko‘p tomonlama ulanish tushunchasi bu tizimga ajratilgan chastota-vaqt resurslari doirasida ko‘plab foydalanuvchilarni parallel ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar majmuini ko‘zda tutadi. Har bir abonentni qandaydir fizik kanalga tenglashtirish bilan aytish mumkinki, aniq bir ko‘p tomonlama ulanish texnologiyasi bu kanallar orasida cheklangan chastota-vaqt resursini taqsimlash usuli hisoblanadi.
s(t) uning yordamida i-nchi aloqa kanali ishlatiladigan signal bo‘lsin (i = 1,2,…,k, bu yerda k-tizimning to‘liq kanallari soni). Buni matnda sezilarsiz ko‘p nurlilik samarasini inkor qilish va birga bo‘ladigan n(t) shovqinni aditiv hisoblash, fizik tarqalish muhitining chiziqli modelini saqlash bilan qabul qilish tomonida kuzatiladigan
tebranishni mos ravishda t-nchi signalni tarqalish trassasida so‘nish va kechikish shaklida tasavvur qilish mumkin. Qabul qilish tomonining vazifasi aniq bir abonentning xabarini ajratishdan iborat, binobarin, tashqi signallar bunda halaqitlar rolida qatnashadi.
Ma’lumki, signallar superpozitsiyasining istalgan komponentini qolgan komponentlarning ta’sirini yo‘qotish bilan chiziqli seleksiyalash uchun barcha signallarning chiziqli bog‘liq emasligi zarur va etarli. Chiziqli bog‘liq emas ortogonal signallar o‘zaro halaqitlarsiz oddiy korrelyasion qabullagich orqali bo‘linadi.
Kanallar signallarining ortogonalligi chastota yoki vaqt bo‘yicha ajratish yoki to‘g‘ri keladigan kodlash hisobiga ta’minlanishi mumkin. Shunga muvofiq, ko‘p tomonlama ulanish usullarini tasniflash ham o‘rnatilgan.
Barcha mobil radioaloqa tizimlari ikkita umumiy katta analog va raqamli toifalarga bo‘linadi. Bunda ularda uchta asosiy ko‘p tomonlama ulanish usullari KChAKTU (FDMA), KVAKTU (TDMA) va KKAKTU (CDMA) ishlatiladi [1,3].
Keyinchalik ko‘p stansiyali ulanishni sotali aloqa tizimlari qo‘llaniladigan ko‘rib chiqamiz
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|