|
Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (KChAKTU)
|
bet | 15/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (KChAKTU). Bu ko‘p tomonlama ulanish texnologiyasi dastlab mumkinligi va ishlatishdagi oddiyligi tufayli analog sotali aloqa tizimlarida ishlatilgan. KChAKTU (FDMA) tizimlari shunday tarzda quriladiki, har bir abonentga aloqa seansi vaqtida oldin aktiv abonentlarga taqdim etilgan kanallardan hech biri bilan mos tushmaydigan, tizimning umumiy Δfr chastotalar diapazoni chegaralarida Δfp polosali chastota kanali ajratiladi. Bunda kanallar signallari spektrlari qoplanib qolinmaydi (1.12a- rasm) va bu bilan ortogonallik sharti bajariladi.
1.12b- rasmdagi Δfr va Tr tomonlarli to‘g‘ri to‘rtburchak tizimning umumiy chastota-vaqt resursini xarakterlaydi. Ko‘rinib turibdiki, KChAKTUda bu umumiy resurs har biri butun mumkin bo‘lgan vaqt resursini va chastota resursining faqat k-nchi qismini egallaydigan k gorizontal yo‘lakchalarga “qirqiladi”. Shunday qilib, chastota bo‘yicha ajratilgan tizimdagi abonentlar kanallari efirdagi radiostansiyalarga o‘shash bo‘ladi.
KChAKTU usuli barcha analog SMAT tizimlari, ya’ni birinchi avlod tizimlarida ishlatiladi, binobarin, ular uchun abonentlar kanallarining polosasi kengligi Δfp =10…30 kGsni tashkil etadi.
Masalan, AMPS standartida tizimga ajratiladigan chastotalar resursi ikkita BTSdan MSga (to‘g‘ri kanal) ma’lumotlarni uzatish uchun 869…894 MGs diapazon va teskari yo‘nalishda (teskari kanal) ma’lumotlarni uzatish uchun 824…849 MGs diapazoni hisoblanadi. Shunday qilib, chastota bo‘yicha dupleks ajratish 45 MGsni tashkil etadi. Har bir chastotalar kanaliga Δfp, =30 kGs polosa ajratiladi, shunday ekan, himoya intervallarini hisobga olganda ajratilgan diapazon chegaralarida 832 ta kanal joylashadi va 1 dan 799 gacha va 991 dan 1023 gacha nomerlar beriladi.
(a) (b)
1.12- rasm. Kanallar signallari spektrlari (a) va abonentlar orasida chastota-vaqt resurslarini taqsimlanishi (b)
To‘g‘ri (downlink) va teskari (uplink) kanallar spektral ajratishga ega bo‘lish bilan kanallarni bir-birlariga ta’sir etishini faqat nazariy to‘liq yo‘qotadi. Amalda esa kanallararo (ichki tizimli) halaqitlarning vujudga kelishini qabullagichdagi ajratish filtrlarini noidealligi tufayli oldini olish mumkin emas, buning natijasida bitta kanaldan energiyaning qismi qo‘shni kanalga o‘tib ketadi. Kanallararo halaqitlar ta’sirini kuchsizlantirish mos signallarni manipulyatsiyalash (“polosadan tashqi” nurlanishlarni kamaytirish) va filtrlarni (qo‘shni kanalda so‘ndirishni yaxshilash) tanlash orqali bo‘lishi mumkin. O‘zaro halaqitlar sathini kamaytirishning yana bir usuli chastotalar
kanallari orasiga himoya intervallarini kiritish hisoblanadi, bu lekin aloqa uchun ishlatiladigan chastotalar polosasini kamayishiga, ya’ni spektrdan foydalanish samaradorligini kamayishiga olib keladi.
Ta’kidlash kerakki, dupleks aloqada, qat’iy aytganda ikkita Δfp polosalar – bittasi to‘g‘ri kanallar uchun, boshqasi teskari kanallar uchun ishlatiladi.
KChAKTU (FDMA) tizimining asosiy afzalligi ajratilgan o‘tkazish polosasini abonent orqali to‘liq ishlatilishi hisoblanadi. Kamchiligi esa, ravshanki, bitta abonentga hisoblaganda chastota va energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi hisoblanadi. Bundan tashqari, ta’kidlash kerakki, analog standartlarga halaqitlardan past himoyalanganlik, atrof landshafti, binolarning ta’siri ostida yoki abonentlarning harakatlanishi tufayli signallarning so‘nishi bilan kurashish samarali usullarining yo‘qligi, shuningdek efirda abonentlar kanallari yashirincha eshitilishidan past himoyalanganlik (ko‘pincha ular to‘liq bo‘lmaydi) xos bo‘ladi. Bu yerdan nisbatan yuqori zarur 15 dBgacha signal/shovqin nisbati kelib chiqadi, bu qabullagichning katta quvvatini ishlatilishini va tizimning istalgan radiotelefon kanalini yasalgan UQT-CHM qabullagichda qabul qilish imkoniyatini shartlaydi. Analog tarmoqlardagi qo‘shimcha xizmatlar to‘plami ham raqamli tizimlardagiga qaraganda juda yuqori. FDMA tizimini ishlatadigan ko‘plab analog standartlardan biri NMT va AMPS hisoblanadi.
1.13- rasmda 4 ta abonentlar orasida ajratilgan chastotalar diapazonini taqsimlanishiga misol keltirilgan. Abonentlardan har biriga 30 kGsdan kenglikdagi polosa taqdim etilgan.
1.13- rasm. Ajratilgan chastotalar diapazonini taqsimlanishi
|
| |