• Simmetrik vibrator.
  • Antennalarning asosiy xarakteristiklari.
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




    Download 470,6 Kb.
    bet12/103
    Sana03.06.2024
    Hajmi470,6 Kb.
    #259507
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

    Izotrop nurlantirgich. Izotrop nurlantirigchi deganda elektromagnit energiyani barcha tomonlarga bir tekis va bir xil nurlantiradigan qurilma tushuniladi. Lekin amalda yo‘naltirilmagan nurlantirgichlar mavjud emas. Har bir uzatish antennasi, hatto eng oddiylari energiyani notekis nurlantiradi va maksimum energiya nurlantiriladigan yo‘nalish doimo mavjud bo‘ladi.
    Eng oddiy yoki elementar nurlantirgich simning istalgan nuqtasidagi amlitudasi va fazasi bir xil bo‘lgan elektr toki oqib o‘tadigan, to‘lqin uzunligiga qaraganda juda qisqa simdan tashkil topgan elektromagnit elektr vibrator hisoblanadi. Elementar vibratorning amaliy modeli Gers dipoli hisoblanadi. Gers dipoli nurlanishi maydoning tuzilmasi dipolga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri
    chiziqda yotadigan nuqtada maksimumga ega bo‘ladi. Dipol bo‘ylab maydon nolga teng bo‘ladi.
    Simmetrik vibrator. Bir xil uzunlikdagi ikkita o‘tkazgichlardan tashkil topgan bo‘lib, ular orasiga antenna bilan uzatkichni ulaydigan ta’minot liniyasi – fider ulanadi.
    Ko‘pincha l uzunlikni yarmiga teng λ uzunlikli yarim to‘lqinli vibrator deyiladigan simmetrik vibratorlar qo‘llaniladi (1.9a- rasm).
    Antennalarning simlari uchlaridan toklar va kuchlanishlarning qaytishi tufayli simlar bo‘ylab tok va kuchlanishlar turg‘un to‘lqinlari hosil bo‘ladi.
    Yarim to‘lqinli vibrator bo‘ylab tok va kuchlanishlarning yarim to‘lqini, vibrator bo‘ylab to‘lqin uzunligiga – 1.9b- rasmdagi tok va kuchlanishlarning to‘lqiniga o‘rnatiladi. Lekin istalgan holda uchlarda tok tuguni va kuchlanishning tutamligi o‘rnatiladi.
    1.9- rasm. Simmetrik vibratorlar

    Antennalarning asosiy xarakteristiklari. Antennalarning yo‘naltirilganligi amplitudaviy xarakteristikasi. Antennalarning yo‘naltirilganlik xarakteristikalarini yo‘naltirilganlik amplitudaviy xarakteristikasi, ya’ni masofa o‘zgarmas bo‘lganida kuzatish nuqtasida antenna nurlantiradigan E(q, j) maydon kuchlanganligiga bog‘liqlik orqali aniqlash qabul qilingan. Yo‘naltirilganlik amplitudaviy xarakteristikasining grafik tasvirlanishi yo‘naltirilganlik diagrammasi deyiladi, u uzunligi har bir yo‘nalishda F(q, j) funksiyaga proporsional bo‘lgan koordinatalar boshida chiqadigan radius-vektor orqali tavsiflanadigan sirt ko‘rinishida
    tasvirlanadi.Yo‘naltirilganlik diagrammasi ham qutbiy (1.10a- rasm), ham to‘g‘ri burchakli (1.10b- rasm) koordinatalar tizimlarida quriladi.

    1.10- rasm. Antennalarning yo‘naltirilganlik diagrammalari

    Antennalarning maksimal nurlantirishi yo‘nalishi bosh yo‘nalish deyiladi. Unga mos yaproqcha esa bosh yaproqcha deyiladi. Qolgan yaproqchalar yon yaproqchalar deyiladi. Antenna qabul qilmaydigan va uzatmaydigan yo‘nalishlar yo‘naltirilganlik diagrammalari nollari deyiladi.
    Bosh yaproqcha q0,5 yarim quvvat bo‘yicha kenglik va q0 nollar bo‘yicha kenglik orqali xarakterlanadi. q0,5 kenglik yo‘naltirilganlik diagrammasidan (YD) 0,707 sathda aniqlanadi, u 0,5 sathdagi quvvat va 0,707 sathdagi maydon kuchlanganligi quyidagi nisbat orqali bog‘lanishidan kelib chiqish bilan olingan:

    0,707
    R0,5 / Rmax = E2 / E2max = 0,5


    Yo‘naltirilgan ish koeffitsienti (YIK) antennaning nurlantirilgan elektromagnit nurlanishni qandaydir yo‘nalishda jamlash qobiliyatini xarakterlaydi. U antenna bu yo‘nalishda nurlantiradigan quvvat oqimining zichligini barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rtachalashtirilgan quvvat oqimining zichligiga nisbati hisoblanadi. Boshqacha aytganda, YIKni aniqlashda antenna ko‘rib chiqiladigan antennadagi o‘sha
    quvvatni nurlantiradigan tasavvur qilinadigan, absolyut yo‘naltirilmagan yoki izotrop antenna bilan taqqoslanadi.
    Aperturali antennalar uchun

    Kyi = 4p Ksfk Sa / l 2 ,


    bu yerda Ksfk – nurlantirish sirtidan foydalanish koeffitsienti; Sa – antennaning ochilish maydoni.
    Ko‘plab RRL va sun’iy yo‘ldoshli uzatish tizimlari antennalarida vertikal tekislikdagi yarim quvvat bo‘yicha YD kengligi taxminan gorizontal tekislikdagi digrammaning kengligiga teng bo‘ladi.
    Real antennaning FIKini baholash uchun antennaning KK kuchaytirish koeffitsienti tushunchasi kiritiladi, u quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
    G = ha Kyi , bu yerda h a = RS / R0 – antennaning FIKi;


    Download 470,6 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103




    Download 470,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

    Download 470,6 Kb.