|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|
bet | 10/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)Kosmik halaqitlar. Yerdan tashqi manbalar hosil qiladigan radionurlanishlar kosmik radionurlanishlar, bu nurlanishlar hosil qiladigan halaqitlar esa kosmik halaqitlar deyiladi.
Radionurlanishlarning asosiy manbai unga ko‘plab diskret manbalarning nurlanishlari qo‘shiladigan radionurlanish fonini hosil qiladigan galaktika hisoblanadi. Quvvatli radionurlanishlar asosiy
manbalari Quyosh, Yupiter, Saturn, Venera, Oy, Yulduzlar hisoblanadi.
Galaktikaning radionurlanishlari barcha yo‘nalishlarda kuzatiladi, lekin ayniqsa uning ekvotrial tekisligida galaktikaning markaziga yo‘nalishda intensiv hisoblanadi.
Galaktikadagi halaqitlar 18 ÷ 30 MGs diapazonda eng intensiv hisoblanadi. Bu halaqitlar sathi juda doimiy, lekin yerning aylanishi hisobiga yer sirtining bu nuqtasida halaqitlar sathining sutkalik o‘zgarishi kuzatiladi.
Quyosh va planetalarning radionurlanishlari galaktikaning radionurlanishlariga qaraganda ikkinchi darajali ahamiyatga ega, chunki u faqat antenna nurlanish manbaiga yo‘naltirilganida sezilarli halaqitlarni hosil qiladi.
Quyoshning nurlanishi spektri murakkab va o‘zgaruvchan. Nurlanish intensivligi Quyoshdagi portlashlar va qo‘zg‘alishlar vaqtida keskin ortadi. Binobarin, bu eng kuchli qisqa to‘lqinlar diapazonida namoyon bo‘ladi.
Yer sirti va atmosferasi hosil qiladigan halaqitlar. Yer ham radionurlanishlar manbai hisoblanadi. Yerning radionurlanishlari Yerda joylashgan antennalar yoki Yer bilan aloqada kosmik kemalar antennalarining yo‘naltirilganlik diagrammalari yon yaproqchalari orqali qabul qilinishi mumkin.
Yerning issiqlik radionurlanishlaridan tashqari, halaqitlar Yer atmosferasining nurlanishlari orqali hosil qilainadi. Fizikadan ma’lumki, agar gaz qanday chastotada nurlanishni selektiv yutsa, u holda u o‘sha chastotada nurlanishni chiqaradi.
Santimetrli to‘lqinlar diapazonida Quyosh nurlanishi kislorod va suvning bug‘lari orqali yutiladi va qayta nurlantiriladi.
Atmosfera shovqinlari 1000 ÷ 20000 MGs diapazonda namoyon bo‘ladi. Bu diapazonda u galaktik shovqindan katta bo‘ladi va tashqi shovqinlarning deyarli yagona turi hisoblandi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|