Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 470,6 Kb.
bet13/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

RSantenna nurlantiradigan quvvat;

R0 – antennaga beriladigan quvvat.
Antennaning kuchaytirish koeffitsienti qabul qilish nuqtasida maydon kuchlanganligi o‘zgarmas qolishi uchun 1 ga teng FIKli izotrop nurlantirgichga beriladigan quvvatga qaraganda antennaga beriladigan quvvatni necha marta kamaytirish kerakligini ko‘rsatadi.
Detsimetrli va santimetrli to‘lqinlar diapazonlarida ha >> 1, shuning uchun G = Kyi.
HIK himoya ishi koeffitsienti yoni yo‘nalishlarda qabul qilingan signallarni antennaning kuchsizlantirishi darajasi xarakteristikasi uchun kiritiladi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Khi = Gmax / Gyon,
bu erda Gmax va Gyon – antennaning YD bosh yaproqchasi yo‘nalishida va yon yo‘nalishda kuchaytirish koeffitsientlari.
Nurlanish qarshiligi. Antennaning Rnurl nurlanish qarshiligi bu qarshilik o‘lchamiga ega bo‘lgan va Rnurl nurlantiriladigan quvvatni antennaning qandaydir kesimidan oqib o‘tadigan IA tok bilan bog‘laydigan ko‘rsatkich hisoblanadi:


Rnurl = Rnurl / I A2
Antennaning uzunligi bo‘yicha tok va kuchlanishlar notekis taqsimlangan, u holda Rnurl qiymatini yaxlitlash uchun ko‘p hollarda nurlantiriladigan quvvat tokning maksimal amplitudasi kvadratiga yoki antennaning chiqish uchlaridagi tokning kvadratiga bo‘linadi.


Rnurl qiymat antennaning o‘lchamlari va to‘lqin uzunligi orasidagi nisbatlarga, antennaning shakllariga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Yakkalashtirilgan simmetrik vibratorning uzunligini l = l gacha oshirilishi nurlanish qarshiligini ortishiga olib keladi. Lekin u keyinchalik kamayadi, keyin yana ortadi. Umumiy holda Rnurl kompleks xarakterga ega. Masalan, ingichka yarim to‘lqinli vibrator uchun Rnurl = 73,1 Om va Xnurl= 42,5 Om. Vibratorning qalinligini oshirish to‘lqin qarshiligini kamayishiga olib keladi
Antennaning to‘lqin qarshiligi. Antennaning ZOA to‘lqin qarshiligi muhim parametrlardan biri hisoblanadi. Simmetrik vibrator ko‘rinishidagi antenna kiritilishi mumkin bo‘lgan l uzunlikli bittali silindrik sim uchun hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:

,
bu yerda rp – simning radiusi.


Kirish qarshiligi. Antennaning kirish qarshiligi antennaning uchlaridagi kuchlanishning ular orqali oqib o‘tadigan tokka nisbatidan iborat ko‘rsatkich hisoblanadi. Umumiy holda bu qarshilik kompleks xarakterga ega bo‘ladi:

ZAkir = RAkir + iXAkir
bu yerda RAkir – kirish qarshiligini aktiv tashkil etuvchisi;

XAkir – kirish qarshiligini reaktiv tashkil etuvchisi.

Yo’qotishlar qarshiligi. Yo’qotishlar qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:
Rp = Rn + Ri + Ryer ,
bu yerda Rq – simlarning qizishiga yo‘qotishlar qarshiligi;

Ri – antennaning izolyatorlaridagi yo‘qotishlar qarshiligi;

Ryer – yer va yerga ulash tizimlaridagi yo‘qotishlar qarshiligi.
Antennaning samarali maydoni. Antennaning samarali maydoni antenna radiochastotalar energiyasini “ajratadigan” frontning o‘sha qismini xarakterlaydi. Antennaning samarali maydoni tushunchasi bir vibratorli, ko‘p vibratorli va boshqa murakkab qabul qilish antennalari uchun qo‘llaniladi. Miqdoran u antenna bilan moslashtirilgan qabulagichning kirishiga antennadan keladigan quvvatni Rmos quvvatini qabul qilish nuqtasidagi radioto‘lqinning quvvati oqimi zichligiga nisbati sifatida aniqlanadi:

Ae = Rmosl / S.
Taqsimlangan sirtli ko‘p vibratorli, parabolasimon, linzali va boshqa antennalar uchun Ae qiymat ularning SA geometrik maydoni bilan quyidagicha bog‘langan:
Ae = KASA,
bu yerda KA – tok amplitudasi va fazasi antennaning sirtida taqsimlanishi xarakteriga va antennaning tayyorlanishi aniqligiga bog‘liq bo‘lgan maydondan foydalanish koeffitsienti. Yo‘naltirilgan antennalarning katta qismi uchun KA ~ 0,8, lekin 0,5 dan 0,9 gacha o‘zgarishi mumkin.
Antennaning samarali maydon va yo‘naltirilgan ish koeffitsienti orasida quyidagi bog‘lanish mavjud:

Ae = l2D / 4p .
Antennaning ekvivalent sxemasi. Antennaning ekvivalent sxemasi 1.11-rasmdagi ko‘rinishga ega. Bu yerda qabul qilish antennasi yuklamaga nisbatan (Eto‘g‘) EYUK hosil qiladigan va bu antenna uzatish rejimida ishlagandagi kirish qariligiga teng bo‘lgan ichki qarshilikka ega bo‘lgan generator sifatida qaraladi. Ma’lumki, generator, agar yuklama qarshiligi va generatorning ichki qarshiligi kompleks uyg‘unlashtirilgan hisoblansa, yuklamagan maksimal quvvatni beradi


Эto’g’
1.11- rasm. Antennaning ekvivalent sxemasi

Bu holda yuklamga maksimal quvvatni uzatilishi sharti Zkir = Zyuk ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni antennaning kirish qarshiligi va yuklamaning qarshiligi (fiderning to‘lqin qarshiligi) teng bo‘lishi kerak.


Antennaning shovqin harorati. Yuqori sezgirlikli qabullagichlarga ulangan o‘ta yo‘naltirilgan qabul qilish antennalari uchun ko‘pincha antennaning TASH shovqin haroratini bilish zarur bo‘ladi. U qabullgichning kirishiga ulanganida unda antennaning o‘zidagi kabi o‘sha quvvatni ajratadigan antennaning kirish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilikli rezistorning harorati sifatida aniqlanadi. O‘z issiqlik shovqinlariga bog‘liq bo‘lgan antennaning shovqinlar quvvati unchalik yuqori emas. Antennaning shovqinlari asosan qabullagichning kirishiga keladigan kosmik manbalardan radionurlanishlar, shuningdek yer atmosferasi va antenna yaqinida joylashgan predmetlardan issiqlik nurlanishlari orqali aniqlanadi:

RASH = KTASH D f ,


bu yerda K = 1,38 10-23 Vt s/grad;
D f – qabul qilish trakti chiziqli qismining o‘tkazish polosasi,
Gs.
Tikkaga yo‘naltirilgan o‘tkir yo‘naltirilgan antenna uchun TASH

100 0Kga va hatto undan kichikka yetishi mumkin, shu bilan bir vaqtda yer sirtiga yo‘naltirilganda TASH ≥3000K bo‘ladi.



Download 470,6 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 470,6 Kb.