Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti individual loyiha




Download 2,46 Mb.
bet4/7
Sana15.05.2024
Hajmi2,46 Mb.
#234468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
idividual loyiha

1.3.§ Masalaning qo‘yilishi
Tuproq namligini kuzatish yoki o'lchash uchun bir nechta qurilmalar mavjud. Dalada ishlatiladigan eng keng tarqalgan tensiometrlar, namlik bloklari va turli xil elektron tuproq problari. Shubhasiz, qurilmaning narxi omil bo'ladi. Shuning uchun, barcha kerakli ma'lumotlar hisobga olinganligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Tuproq namligini o’lchaydigan asbolardan biri WaterScout SM 100 Tuproq namligi datchiklaridir. Bu qurilmani Watchdog 1000 series deb ham ataladi. WatchDog – bu bizning tejamkor havo namligi,tuproqning nam miqdorini o'lchaydigan uskunalarimiz uchun Spectrum Technologies brendidir.Watchdog 1000 Series WaterScout stansiyalari chuqurlikdagi tuproq namligini qulay tarzda kuzatadi va baholaydi. 6 m kabelga ega Watchdog station va WaterScout sensorlarini o’z ichiga oladi. Tuproq namligi sensori tuproq namligining joriy darajasini o’lchash uchun qurilma.Sug’orish tizimiga o’rnatilgan datchiklar suvni yetkazib berish va taqsimlash uchun yanada qulay jadval yaratishga yordam beradi.Sensorlar shuningdek, optimal ekino’sishi uchun sug’orishni rejalashga ishlatiladi. Tuproq namligi sensorlari qanday ishlashiga qarab,ular 3 turga bo’linadi: Tuproq-ildiz zonasini kuzatish uchun yer ostiga o’rnatilgan.
Havo-uchuvchisiz uchish apparatlari orqali ma’lumotlarni olish,ba’zan tuproq namligini xaritalash uchun ishlatiladi.
Sun’iy yo’ldosh- holatni masofadan baholash.Daladagi ishlarni masofadan boshqarish. Infraqizil [IQ] nurlanishni tahlil qilish orqali sun’iy yo’ldosh yaqinlikdagi tuproq namligi sensorlari doimiy ravishda dolzarb va ishonchli ma’lumotlar oqimini ta’minlaydi.Bu ma’lumotlar sun’iy yo’ldoshdan olingan suratlar bilan birgalikda fermerlarga tuproq namligi darajasidagi barcha o’zgarishlardan xabardor bo’lib turish va zarur chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Tomchilatib sug’orish uchun tuproq namligi sensorlari o’rnatish va muntazam parvarishlashni talab qiladi.Buning uchun bizga quyidagi parametrlarni aniqlaydigan mutaxassislar kerak bo’ladi: Sensorlarning joylashuvi Qurilmalar orasidagi masofa Qurilmalar soni O’rnatish chuqurligi Datchiklarni joylashtirish usuli Tuproq namligi sensorlarini o'rnatish uchun maxsus vosita mavjud. U har qanday turdagi tuproqda, hatto qattiq loyda ham, 10 sm diametrli kavlangan yuzaga 1,8 m gacha chuqurlikdagi datchiklarni osongina va xatosiz joylashtirish imkonini beradi. Transduser teshikka vertikal ravishda joylashtiriladi, asbob mexanizmi transduserni tuproqqa perpendikulyar ravishda joylashtiradi va keyin uni silliq bo'shatadi va o'rnatish vaqtida tuproqqa ta'sirini kamaytiradi. WaterScout SM 100 Tuproq namligi datchiklari Asosiysi, qachon va qancha sug'orishni bilishdir! Yuqori sifatli o'simliklar etishtirish uchun sog'lom tuproq namligi va suv muvozanatini saqlash juda muhimdir.O’simliklar vaqtida sug’orilmasa ozuqa moddalar yetishmaydi va o’simlik rivojlanmaydi va nobud bo’ladi.Aksincha,sug’orish rejasiga amal qilmay tez-tez suv berilsa o’simlik kasallanadi va rivojlanish vaqtida quruq sharoitga chidamsiz bo’ladi.Haddan tashqari sug’orish o’simlik ildiziga salbiy ta’sir ko’rsatadi va nobud bo’ladi.Spectrum Watchdog sensorlari ekinlar,uzumzorlar va boshqa namlik darajasi xavotirli joylarda tuproq namligi tendentsiyalarini kuzatish uskunasidir. Men ushbu individual loyihamda tinkercad.com platformasidan foydalanib yaratib chiqaman.

Download 2,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti individual loyiha

Download 2,46 Mb.