• Optoelektronikaning asosiy elementlari
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali “kompyuter injiniring” fakulteti




    Download 0,59 Mb.
    bet3/3
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #234514
    1   2   3
    Bog'liq
    elektronika mustaqil ishi

    Optoelektronika (optika va elektronika) — yorugʻlik va elektr usullaridan foydalanib axborotlarni ishlash, saqlash hamda uzatish masalalari bilan shugʻullaniladigan elektronika boʻlimi. Radioelektronika va hisoblash texnikasinish taraqqiyot bosqichi sifatida yuzaga keldi.
    Optoelektronika. yarimoʻtkazgich va vakuum elektronikadan optik zvenosi (fotonlar aloqasi) borligi bilan farq qiladi. Fotonlar elektr jihatdan neytral boʻlganligidan optik aloka kanalida elektr va magnit maydonlari uygʻotilmaydi. Bu esa axborotlarni buzmasdan tekis uzatish va qabul qilishni taʼminlaydi. Axborotlar yorugʻlik nuri yordamida uzatilganda aloqa liniyasida elektromagnit energiyasi toʻplanib qolmaydi va sochilmaydi, shuning uchun axborot kechikmay, buzilmay, oʻz vaqtida yetkaziladi. Optik tebranishlar chastotasining yukrriligi (10y—1015 Gs) axborotlarning koʻp va tez uzatilishini taʼminlaydi.
    Optoelektronikaning asosiy elementlari — yoruglik manbalari (lazerlar, yorugʻlik diodlari), optik muhitlar (faol va suyet) hamda fotopriyomniklar. Bu ele-mentlardan turli nisbatda va ayrim-ayrim foydalanish mumkin. O. 2 yoʻnalish — optik (kogerent O.) va elektrooptik (optronika) yoʻnalishda rivojlandi. Hisoblash texnikasi tizimini tuzishning yangi prinsipi va usullari, optik aloqa, axborotlarni eslab qolish va ishlash kogerent Optoelektronika bilan bogʻliqdir. Optronikaning rivojlanishi yorugʻlik manbalari va fotopriyomniklardan toʻgʻri foydalanishga asoslangan. Optron sxemalar tuzilishi jihatidan yarimoʻtkazgichlarga nisbatan ixcham va oddiy boʻladi. Optronikaning asosiy elementi — optron. U elektr va optik signallarni kuchaytirish va oʻzgartirish, almashlab ulash, modutsilyasiyalash va boshqalarni bajaradi.
    Fotodiod (foto... va ...diod) - optik nurlanish taʼsirida bir tomonlama fotooʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan yarimoʻtkazgichli diod; fotoelektronika vositasi.F. elektronkovak (r—p) oʻtishli yarimutkazgichli kristalldan iborat. Unda ikkita metall chiqish (biri r, ikkinchisi p sohadan) boʻlib, metall yoki plastmassali himoya korpusiga oʻrnatilgan. r—p oʻtishli F.da yorugʻlik elektronkovak oʻtishga darcha orkali tushadi. Bunda qoʻshimcha elektron va kovaklar soni hosil boʻladi. F. ikki ish rejimida ishlaydi: fotodiod rejimida F. tashki zanjirida r—p oʻtishdan hosil boʻladigan oʻzgarmas tok mavjud, ventil rejimida bunday tok boʻlmaydi. F.ning integral sezgirligi — 20 mkA/lm, inersionligi <10 ne. F. fotodiod rejimida fotorezistorpek F. zanjirdagi elektr tokini boshkarishda, ventil rejimida esa fotoelementga oʻxshash foto elektr yurituvchi kuch generatori sifatida, tasvirlarni uzatishda nurlanish detektori sifatida, optik axborotlarni qabul qilish, oʻlchash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi.

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali “kompyuter injiniring” fakulteti

    Download 0,59 Mb.