• 6. Intellektual mulk himoyasi intellektual mulk
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kiberxavfsizlik fakulteti




    Download 224,08 Kb.
    bet12/18
    Sana17.05.2024
    Hajmi224,08 Kb.
    #239166
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    KIBER H.DURDONA

    2783-modda. Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish

    Himoyalangan kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish —


    eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


    O‘sha harakatlar:





    1. bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;




    1. takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

    v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;





    1. uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa,




    eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


    6. Intellektual mulk himoyasi


    intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti

    huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy


    faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari


    va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Hozirgi davrda intellektual mulkni


    muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi.


    intellektual mulk huquqi nima? Bu - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk ob’yektlaridan o‘z xohishiga ko‘ra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir.

    Intellektual mulkning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksida mustahkamlangan. Ya’ni, kodeksning 19-65-boblarida ixtiro, foydali model, sanoat namunalariga bo‘lgan huquq, o‘simliklar yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish, fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalarini muhofaza qilish belgilangan.


    Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, intellektual mulkka nisbatan bo‘lgan huquqlarni buzish oqibatida tayyorlangan va tarqatilgan nusxalar soxtalashtirilgan (kontrafakt) nusxalar deb tan olinadi. Soxtalashtirilgan nusxalar deb, shunday asar va fonogrammalar yoki qo‘riqlanishi to‘xtatilgan davlatlardan mualliflik va turdosh huquqlar egalarining roziligisiz respublikada qo‘riqlanadigan asar va fonogramma (yozuv) nusxalari tushuniladi. Intellektual mulk ob’yeklaridan ana shunday g‘ayriqonuniy usullarda foydalanish natijasida fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
    Fuqarolik kodeksining 1040-moddasida intellektual mulkni fuqarolik huquqlarini himoya qilinishining umumiy usullari bilan himoya qilinishi mumkinligi havola qilinadi. Shuningdek, intellektual mulkni himoya qilishning maxsus usullari belgilab qo‘yilgan. Huquqbuzar o‘zining g‘ayriqonuniy harakatlari natijasida ma’muriy javobgarlikka tortilsa, bir vaqtning o‘zida unga shu huquqbuzarlik natijasida

    yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lashi uchun fuqarolik javobgarligi qo‘llaniladi.


    2019 yil 3 dekabr kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi (O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish) yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur kodeksning 177-(1)-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish), 177-(2)-modda (Ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlarni buzish) nomli yangi moddalar bilan to‘ldirildi.
    Mazkur moddalarda tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini o‘z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish huquqbuzarlik sifatida e’tirof etildi.

    Intellektual mulk sohasini rivojlantirish mamlakatimizning jahon integratsiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-


    yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi


    bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish


    maqsadida:





    Download 224,08 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 224,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kiberxavfsizlik fakulteti

    Download 224,08 Kb.