• Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
  • Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik




    Download 224,08 Kb.
    bet11/18
    Sana17.05.2024
    Hajmi224,08 Kb.
    #239166
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    Bog'liq
    KIBER H.DURDONA

    4. Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik


    Axborotlashtirish qoidalarini buzish

    Axborotlashtirish qoidalarini buzish, ya’ni belgilangan himoya choralarini ko‘rmagan holda axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —


    eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


    O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —


    eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.




    Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish

    Kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yo‘q qilib yuborilishi, to‘sib qo‘yilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa ko‘chirilishi yoxud uning qo‘lga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab bo‘lsa, —


    eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


    O‘sha harakat:





    1. bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;




    1. takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

    v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;





    1. uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan

    bo‘lsa, —

    eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.





    Download 224,08 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 224,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

    Download 224,08 Kb.