|
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija
|
bet | 1/23 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #264959 |
Bog'liq Muslima
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish.
MUNDARIJA
I
|
KIRISH
|
|
II
|
ASOSIY QISM
|
|
III
|
Texnolgik qism
|
|
IV
|
IQTISODIY QISM
|
|
V
|
HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI QISM
|
|
VI
|
XULOSA VA TAKLIFLAR
|
|
VII
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
|
|
VIII
|
ILOVA
|
|
I.Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida Iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifadir degan mavzu ostida transport va logistikani takomillashtirishni Yo‘lga qoyish dasturlari ham ishlab chiqilgan.
Xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida bo‘lganidek, avtotransport tizimida ham yuz berayotgan katta o’zgarishlar sohada amaliy ishlar qilinayotganligidan darak beradi. Davlatimiz mustaqilligining dastlabki davrlarida avtomobilsozlik sanoatiga poydevor qo’yilib, sohaning taraqqiy eta boshlaganligi yurtimiz istiqbolining yorqin o’rinishlaridan biridir.
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ularga erishish lozim. Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturining asosiy maqsadi – ushbu vazifalarni amalga oshirishdir. Unga muvofiq milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish uchun Yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar rejalashtirilgan.
Yo‘lovchilarni, shu jumladan, turistlarni tashish har xil transport turlarida, chunonchi, havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistik tashuvlar uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning geografik o’rni va iqlim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy an’analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Har bir transport turining o’z ustun jihatlari va kamchiliklari mavjud bo’lib, ular tarixiy rivojlanish, texnik, iqtisodiy va ekologik ko’rsatkichlar bilan belgilanadi, ammo transport tizimlarining barcha turlari bir asosiy maqsadni tashish xizmatlarini ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to’laqonli qondirishni ko’zlaydi. Shundan kelib chiqib, turistlarga transport xizmatlari ko‘rsatishni turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo’ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflash mumkin.
Avtomobil Yo‘llari holatini yaxshilash va Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish. Transport-kommunikatsiya tarmog’ini modernizatsiya qilish va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan islohatlar izchillik bilan amalga oshirilishi mamlakatimizning xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda. Muhandislik –kommunikatsiya va Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq, Respublika Yo‘l jamg’armasi tomonidan 520,1 kilometr avtomobil Yo‘llari qurilishi va ta’mirlanishi yakunlandi.
Xalqaro yuk tashish jarayonlarini takomillashtirish Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan tranzit yuk tashishiga buyurtmalar ko’payishiga olib keladi. Yo‘lovchi tashishning rivojlanishi O‘zbekistonda sayyohlar oqimining o’sishini ta’minlaydi. Transportlarning hamma turlari — temir, avtomobil, suv va havo Yo‘llari bo‘yicha yagona transport tizimini tashkil etadi. Bu transport turlari orqali bo’ladigan aloqalar ularning ratsional tadbiq etilishi asosida amalga oshiriladi. Yagona transport tizimida yuk tashish hajmining eng ko’pi avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi. Avtomobil transportining rivojlanishi uning hayotda tatbiq etilishi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida orqali mamlakatimizning avtomobilsozlikka qaratilayotgan e’tiborini qanchalik yuqori ekanligini bildirdi. Bugungi kunda har 100 oilaning 42 tasi yengil avtomobillarga ega bo’lib, bu besh yil avvalgi ko’rsatkichdan 1,5 barobar ko’p, 47 ta oila shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlangan va bu davrda o’sish 3,9 barobarni tashkil etdi. Shuningdek, har 100 ta oiladan 31 tasi konditsionerga ega yoki bu boradagi o’sish 1,7 barobarga teng, har 100 ta oilaga 234 ta mobil telefon to’g’ri kelmoqda yoki bu sohadagi o’sish 1,6 barobarni tashkil etmoqda. Bu biz uchun xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantrish hamda yangi ish o’rinlarini ochishdek vazifalarni ochib berdi.[6]
Statistikaga nazar soladigan bo’lsak, dunyoda shu transport vositasidan jabr ko’rganlar ya’ni Yo‘l transport hodisasi insonlar hayotiga qanchalik ta’sir ko’rsatayotganini bilib olamiz.
Rivojlangan davlatlar qatori bizni O‘zbekistonda ham statistik tomondan quyidagilar aniqlangan. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy idoralari tomonidan 2019 yilning 9 oyi davomida jami 4 mln. 607 ming 34 ta Yo‘l harakati qoidabuzarligi, jumladan 2 mln. 55 ming 254 ta qo‘pol qoidabuzarlik, 25120 nafar mast haydovchi, 252 072 nafar qoidabuzar piyodalar va velosapedchilar aniqlandi. Bu davrda 19 436 ta transport vositasini boshqarish vaqtida uyali telefondan foydalanish, 779 909 ta xavfsizlik kamaridan taqmagan holda transport vositasini boshqarish, 628 ta monitordan foydalanish yoki o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish, 41 179 ta transport vositasini sug‘urta polisisiz boshqarish qoidabuzarliklari aniqlandi. Shuningdek, 18 422 nafar huquqbuzarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun sud idoralariga yuborilib, ularning 8 492 nafari (46,1 foizi) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan. Shu jumladan, 12 778 nafar transport vositasini mast holda boshqargan haydovchilarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar sud idoralariga yuborilib, ularning 8 639 nafari (67,6 foiz) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi hamda 795 nafariga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.[19]
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni; Yo‘l harakati qoidasi; transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik me’yorlari; Yo‘l va ko’chalar uchun qurilish me’yorlari va qoidalari, shuningdek, harakat xavfsizligi bo‘yicha soha me’yoriy hujjatlari.
Avtomobil transporti ishini, haydovchi mehnatini, Yo‘ldagi transport vositalarining va piyodalar va velosapedchilarning harakatini tashkil etishni bir biridan farqlash lozim. Birinchi ikki masala bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa Yo‘l xo’jaliklari, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va hokimiyat vakillari shug’ullanadilar. Yuqoridagi keltirilganlardan kelib chiqib, Yo‘l harakatini tashkil qilishning asosiy maqsadi har xil transport vositalarini yuqori tezliklar bilan Yo‘lning turli bo’lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o’tkazilishini ta’minlash zarur.
Harakatni tashkil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash; avtomobillarni yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash va eng yaxshi Yo‘l sharoitlarini vujudga keltirish; harakat xavfsizligini ta’minlash; atrof muhitni bulg’atmaslik; transport vositalarini va Yo‘l inshoatlarini tez ishdan chiqmasligini ta’minlash.[10;11]
Yo‘l harakatini tashkil etishda transport vositalari oqimini maksimal darajada Yo‘lning geometrik o’lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo’laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashga qaratilib, u transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat. Yo‘l harakatini tashkil etish tamoyillari quyidagi: transport oqimini to’g’ri yo’naltirishga, kerak xollarda ularni tezliklar bo‘yicha guruhlarga ajratishga, har bir Yo‘l bo’lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o’z vaqtida harakat marshruti va Yo‘l sharoiti to‘g‘risida axborot berishlariga qaratiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija
|