|
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija
|
bet | 5/23 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #264959 |
Bog'liq Muslima1. Davlat ahamiyatidagi daraja–bu darajada Yo‘lda harakatlanish qоnun va me’yorlari, aktlari tuziladi, “Avtоmоbil–haydоvchi–Yo‘l–piyoda-atrоf muhit” tizimidagi elementlarga talab standartlashtiriladi, Yo‘l tarmоg’ining rivоjlanish rejalari tuziladi, davlat miqyosida avtоmоbilizatsiya ko’lami muvоfiqlashtiriladi (bоshqariladi);
2. Vazirliklar darajasi–bu darajada Yo‘lоvchilarni va yuk tashishni takоmillashtirish va rivоjlantirish, transpоrt vоsitalarini ishlab chiqarish, Yo‘llarni qurish, ta’mirlash, Yo‘lda yurishni tashkil qilishda ishlatiladigan texnik vоsitalarni ishlab chiqarish, haydоvchilarni tayyorlash va Yo‘l qоidalarini Yo‘l harakati qatnashchilariga targ’ibоt qilish masalalari ko’rib chiqiladi;
3. Muhandis xizmati darajasi–bu daraja Yo‘lda harakatni tashkil qilish bo‘yicha izlanishlar, Yo‘lning xavfli jоylarida harakatlanish sharоitlarini yaxshilash, transpоrt vоsitalarini texnik ko’rikdan o‘tkazish, harakatni tashkil qilish uchun ishlatiladigan texnik vоsitalarni tadbiq etish va ishlatish, haydоvchilarni va piyodalar va velosapedchilarning Yo‘l qоidalariga riоya qilishlarini nazоrat qilib bоrish masalalari hal qilinadi.
Transport va piyodalar va velosapedchilar harakatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar.
Xavfsiz harakatni tashkil etishda transport va piyodalar va velosapedchilar harakatini tafsivlovchi ko’rsatkichlarni tadqiqot qilish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. Quyida ular to‘g‘risidagi asosiy tushinchalarga to’xtalib o’tamiz.
Harakat miqdori (jadalligi) Yo‘lning biron-bir ko’ndalang kesimidan vaqt birligi ichida o’tgan o’tgan tarnsport vositalarining soni (avt¦sut yoki avt/soat) bu ko’rsatkich kuzatish va avtomatik usullar bilan o’lchanishi mumkin.
Kuzatish (vizual ham deyiladi) usulida harakat miqdori Yo‘lning ko’rsatilgan bo’lagida bir yoki bir necha soat davomida hisobchilar yordamida maxsus tayyorlangan blankaga transport vositalarining o’tishini belgilash orqali aniqlanadi. Bu usuldan foydalanilganda soha me’yoriy ko’rsatmalariga amal qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ko’pchilik davlatlarda, shuningdek O‘zbekistonda ham avtomobil Yo‘llaridagi harakat miqdorini kuzatuvchilar orqali aniqlanadi.
Avtomatik usulda harakat miqdori har xil uslubda ishlaydigan datchiklar yordamida hisoblanadi. Hozirda bu maqsad uchun quyidagi keng tarqalgan datchiklar ishlatiladi:
Pnevmatik, fotoelektrik, ultratovush, mexanik, radiolakatsion, induktiv, elektron, infraqizil nurli.
Harakat tarkibi transport oqimida har xil transport vositalarining nisbatini belgilovchi ko’rsatkich bo’lib, u foizda yoki ulushda o’lchanadi. Bu ko’rsatkich transport oqimining tezligiga va zichligiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Harakat oqimining tezligi Yo‘l bo’laklari bo‘yicha har xil transport vositalarining tezligini alohida va umuman o’zgarishini ko’rsatuvchi ko’rsatkich, o’lchov birligi m/s yoki km/soat.
Piyodalar va velosapedchilarning harakat miqdori ma’lum Yo‘l kesimidan vaqt birligi ichida o’tgan piyodalar va velosapedchilar soni bilan o’lchanadi. Piyodalar va velosapedchilar harakat miqdori o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lib, u oylar, havta kunlari va sutka soatlari ichida yo’nalishlar bo‘yicha o’zgarib turadi, hamda ko’chaning ahamiyatiga bog’liq. Masalan, yirik shaharlarning markaziy ko’chalarida 5-6 ming piyoda¦soat miqdorida kuzatilsa, tuman ahamiyatidagi ko’chalarda esa 50-150 piyoda¦soatni tashkil etadi.
Piyodalar va velosapedchilar harakat tezligi piyodalar va velosapedchilarning yoshiga, psixologik holatiga, harakatlanish maqsadiga, qatnov zichligiga bog’liq bo’lib, o’rtacha 1,8-5,7 km¦soat tashkil etadi.
Minimal tezlik 0,7-0,8 km/soat bilan asosan yosh bolalik ayollar va qariyalar harakatlansa, maksimal tezlik 10 km/soat bilan esa yoshlar harakatlanadi. Piyodalar va velosapedchilar harakatiga ob-havo sharoiti katta ta’sir ko’rsatadi va yaxshi sharoitda yuqori tezlikda harakatlanish kuzatiladi. SHuningdek, piyodalar va velosapedchilar harakat tezligi o’rtacha qiymatdan ertalabki soatlarda 25-30 %ga ko’proq va aksincha kechki vaqtlarda 15-20 % pastroq byuo’ladi.
Piyodalar va velosapedchilar oqimining zichligi bir metr kvadrat trotuar maydoniga to’g’ri keladigan qiymat bilan aniqlanadi. Piyodalar va velosapedchilar oqimining zichligi trotuarning eniga va piyodalar va velosapedchilarning harakat miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lib, ularning nisbati piyodalar va velosapedchilarning harakatlanish qulayligini belgilaydi.
Yo‘lning transport-ekspluatatsion sifatini oshirishga qaratilgan har qanday ish turi kuzatuv asosida olib boriladi. Kuzatuv natijalari Yo‘l harakatini tashkil etishda, Yo‘l to’shamasini mustahkamlashda yoki biron biron-bir Yo‘l bo’lagini qayta ta’mirlashda boshlang’ich material sifatida foydalaniladi.
Avtomobil Yo‘lini kuzatuvidan quyidagilarga erishiladi: Yo‘lning pasportini tuzish; Yo‘l belgilarini joylashtirish va Yo‘l belgi chiziqlarini tushirish sxemasini tuzish; avtomobil Yo‘lini to’liq jihozlash sxemasini tuzish; og’ir yukli avtopoezdlarni yoki gabaritdan katta yuklarni o‘tkazish imkoniyatini aniqlash; ta’mirlash va saqlash ishlari turlarini aniqlash; Yo‘lni, uning biror elementini ta’mirlash yoki qayta ta’mirlash loyihasini tuzish; zamon me’yoriy hujjatlariga Yo‘l elementlarining mosligini aniqlash; Yo‘l yoki uning elementlarini ekologik talablarga javob berishini aniqlash; Yo‘l yoki uning elementlarini arxitektura talablariga mosligini belgilash; transport oqimi rejimini Yo‘lning har xil bo’laklarida aniqlash; Yo‘lning transport-ekspluatatsion sifatini baholash; Yo‘l yoki uning bo’laklari bo‘yicha yonilg’i-moy sarfini baholash va h.k.
Yo‘lni kuzatishdan maqsad faqatgina Yo‘l bo’laklarining elementlarini va holatini baholashgina emas, balki bu ko’rsatkichlarni yillar davomida yig’ish va tahlil qilishdan iborat.
Avtomobil Yo‘llarini ko’zdan kechirishdan asosiy maqsad o’z vaqtida avtomobil Yo‘l bo’laklarini harakatlanish uchun xavfsizligini aniqlash va Yo‘lning konstruktiv elementlarini baholash.
Yo‘lni ko’zdan kechirishda quyidagi asosiy vazifalar bajariladi: harakat miqdori va tarkibi haqida ma’lumotlar to’plash; harakatni tashkil etish sxemasini o’rganish; Yo‘l transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumotlar to’plash; Yo‘lni jihozlash sxemasini o’rganish; Harakatlanish marshrutini aniqlash; Harakatni avtomatik boshqarish tizmini tekshirish; Birinchi navbatda tuzatish ishlarini talab qiladigan Yo‘l bo’laklari va Yo‘l qoplamasi bo’laklarini aniqlash; Avtomobillar harakat oqimlarining tanifingi o’rganish; Oqava suvlari turib qoladigan Yo‘l bo’laklarini aniqlash; Harakatlanish uchun xavfli Yo‘l bo’laklarini aniqlash; Ravonligi, mustahkamligi, tishlashish sifati qoniqarsiz qoplamali Yo‘l bo’laklarini aniqlash; Yo‘l mintaqasidagi ekologik holatni tekshirish; Yo‘lning arxitektura holatini tekshirish; Yo‘l bo’laklarining haydovchilar ruhiy holatiga mosligini tekshirish; Bajarilgan tuzatish va ta’mirlash ishlarini tekshirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija
|