|
-diagramma Berilgan chorahada ro‘yhatga olingan YHT larni tahlili
|
bet | 14/23 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #264959 |
Bog'liq Muslima3.3.6-diagramma Berilgan chorahada ro‘yhatga olingan YHT larni tahlili
Kuzatishlardan shuni aytish joizki, dastlab ushbu chorrahada ta’mirlash ishlari olib borilgan va ta’mirlash ishlari deyarli oxiriga yetkazilmagan, ya'ni chorrahada kerakli Yo‘l belgilari va harakat ishtirokchilari uchun muhit yetarlicha to'liq joriy etilmagan, quyidagi rasm orqali dastlabki holatni ko’rishimiz mumkin.
Ushbu berilgan chorrahani Yo‘l chiziqlari bilan aks ettirdik, chunki o’zimizni taklifni berishda ushbu yangilikni ham qo’shmoqchimiz. Chorrahada yetarli kamchiliklar mavjud bo’lib men bu chorrahaga o’z taklifimni berdim.
Kuzatilgan natijalarga ko’ra quyidagi o’zgarishlarni kiritishni tavsiya etamiz:
Ko’chalarda piyodalar va velosapedchilar o’tish joyi qolib piyodalar va velosapedchilar hoxlagan yerlaridan harakatlanib kelmoqda. Natijada piyodalar va velosapedchilar ishtirokida Yo‘l transport hodisalari ro’y bermoqda, buni oldini olish maqsadida 5.16.1, 5.16.2-piyodalar va velosapedchilar o’tish joyida belgilangan piyodalar va velosapedchilar o’tish joylari tayyorlash va piyodalar va velosapedchilar o’tish ko’rsatilgan Yo‘l belgisini va Yo‘l belgi chizig’i o’rnatilishi hamda piyodalar va velosapedchilarning tirband harakatlanish joylariga yer osti yoki yer usti piyodalar va velosapedchilar o’tish Yo‘llari qurilishi kerak;
Bizga berilgan chorrahada piyodalar va velosapedchilar o’tish joyi chorrahaga yaqin qilib joylashtirilganligi sababli chorrahada ko’p tirbandliklar va Yo‘l transport hodisasi sodir bo’lmoqda, shu sababli piyodalar va velosapedchilar o’tish joyini chorrahada eng minimal miqdorda 50 m metr uzoqlikda joylashtirish kerak;
Shaxrixondagi mavjud transport vositalari qatnaydigan avtomobil Yo‘llari kuzatilganda transport vositalarining haydovchilari Yo‘l yoqasining duch kelgan joyida to’xtashlari, to’xtab turishlari hamda Yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining haydovchilari Yo‘lovchilarni hoxlagan yerda tushirishi va olib ketishi kuzatildi. Buning oqibatida salbiy holatlar yuzaga kelmoqda. Transport vositalarini duch kelgan yerda to’xtashini oldini olish maqsadida biz quyidagilarni taklif qilamiz: 1.4-to’xtash taqiqlangan joyni bildiradi chizig’i chizilgan joylarda transport vositalarining to’xtamasligini ta’minlash kerak; 1.17-belgilangan yo’nalishli transport vositalari to’xtash joylari hamda taksilarning to’xtab turish joylarini bildiradigan Yo‘l chizig’i bilan jihozlash kerak, Yo‘lovchi tashuvchi tranport vositalarining haydovchilari 5.12-avtobuslar to’xtash joylari belgisi o’rnatilan bekatga to’xtashi kerak;
Chizmadan ko’rinadiki, chorrahaning bir qismida mediapark va ko’p qavatli uylar qurilganligi sababli ushbu qismida yilning 3/2 qismida bu yerda turli hil kongil ochar tadbirlar bo’ladi va tumandan kirib kelayotgan transport vosidalari soni ham ortib boradi shu sababli, Yo‘lning har tomoniga avtobusalar to’xtashi uchun bekatlar va boshqa transport vositalarini to’xtab turishini taqiqlash kerak;
1.4-to’xtash taqiqlangan joyni bildiradi chizig’i chizilgan joylarda transport vositalarining to’xtamasligini ta’minlash kerak;
1.17-belgilangan yo’nalishli transport vositalari to’xtash joylari hamda taksilarning to’xtab turish joylarini bildiradigan Yo‘l chizig’i bilan jihozlash kerak, Yo‘lovchi tashuvchi tranport vositalarining haydovchilari 5.12-avtobuslar to’xtash joylari belgisi o’rnatilan bekatga to’xtashi kerak;
Ushbu chorraha qayta ta’mirlangandan keyin, Yo‘l belgilari deyarli to’liq shakllantirilmagan shu boisdan har bitta Yo‘lni axborot ishora belgilari bilan belgilanishini ta’minlash kerak;
Chorraha oddiy svetafor bilan jihozlanganligi sababli, katta tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil chorrahada YTH si sodir etilish ehtimolini keskin oshirmoqda, bunga yechim qilib chorrahani zamonaviy raqamli svetafor bilan ta’minlash kerak. Chunki, haydovchi qancha vaqt qolganligi haqida ma’lumotga ega bo’lishi kerak;
Barcha maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab, texnikumlar litseylar va oliy ta’lim muassassalarida hamda maxalla fuqarolari yig’inlarida targ’ibot va tashviqot ishlari olib borish kerak, bundan tashqari viloyat ommaviy axborot vositalarida, televideniyalarida YHXB hodimlari tomonidan maxsus ko’rsatuv va uchrashuvlarni muntazam tashkil qilishni ta’minlash kerak;
Piyodalar va velosapedchilarga yil davomida targ’ibot ishlarini olib borish zarur.
Yaqin kunlarda sinovga qo’yilgan piyodalar va velosapedchilar o’tish joyida nurli yoritkichlar bilan jihozlash o’z samarasini bersa, ana shunday yoritkichlardan piyodalar va velosapedchilar otish joyini ham ta’minlash kerak boshqa holatlarda esa svetafor bilan jihozlanishi kerak;
Shu bilan birga doimiy qoida buzarliklarni oldini olish uchun gavjum va YTH kop sodir bo’ladigan joylarga kuzatuv moslamalari qo’yilishi kerak.
Yuqoridagilarga haydovchilar, piyodalar va velosapedchilar amal qilishsa har xil baxtsiz hodisalarni oldini olgan bo’lamiz.
|
| |