Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija




Download 0,63 Mb.
bet15/23
Sana21.06.2024
Hajmi0,63 Mb.
#264959
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Muslima

IV. IQTISODIY QISM.
4.1. Haydovchi mehnatini tashkil etish.
Ko’p vaqt mobaynida avtomobilni boshqarish natijasida haydovchining diqqati pasayishi va reaksiya vaqti oshishi mumkin. Bu esa harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan juda xavfli hisoblanadi. Bunday vaziyatning oldini olish maqsadida haydovchining ish vaqti tartibga solinadi
O‘zbekiston Respublikasida mavjud mehnat kodeksining 115-moddasiga amal qilgan ravishda avtokorxonalardagi haydovchilarning ish vaqti haftasiga 40 soatdan, haftada olti kun ishlovchilarga kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim (bu ish tartibi avtobus, taksi, maxsus transport va tunda ishlovchi haydovchilarga taalluqli emas).
Haydovchi mehnatini to’g’ri tashkil etish uning bir avtomobilda va aniq yo’nalishda muntazam ishlashini taqozo etadi.
Haydovchining mehnatini tashkil qilishdagi asosiy kamchiliklardan biri ko’pchilik hollarda ish vaqtidan tashqari ishlar bo’lib, ular ish vaqti va dam olish rejimini izdan chiqaradi hamda harakatlanish xavfsizligiga katta xavf tug’diradi.
Haydovchilik kasbiga munosiblik birinchi navbatda uning haydovchilik kasbiga qanday tayyorgarlik ko’rgani, Yo‘l harakat qoidalarini mukammal bilishi, psixofiziologik jihatdan transport vositalarini boshqarishga tayyorgarligi, belgilangan qoidalarga xohish bildirishi, shaxs sifatida jamiyat bo’layotgan qiziqishlariga va jamiyat xavfsizligiga egoistik ruhda emasligi aniqlanadi.
Haydovchilik kasbini egallamoqchi bo‘lgan shaxslar tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart. Tibbiy ko’rikdan o’tishlari natijasida bo’lg’usi haydovchilarning ko’rish, eshitish, o’z vaqtida tashqi (Yo‘l sharoitini) va ichki (avtomobil transportini) muhitga bo‘lgan diqqati va boshqa psixologik xususiyatlari tekshiriladi. Barcha transport vositalari haydovchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o‘tkazish uchun vazirlik tomonidan joylarda maxsus hay’at tuziladi. Hay’at tarkibida terapevt, xirurg, okulist, nevropatolog, psixolog, otolaringologlar (ayollar akusher-ginekolog ko’rigidan ham o’tadilar) qatnashadilar. Agarda haydovchining kasbga munosibligini aniqlash davrida nizolar chiqadigan bo’lsa, uni vazirlik, viloyat, shahar, tuman miqiyosidagi tuzilgan tibbiy hay’atlar hal qiladi.
Ayrim hollarda ma’lum fiziologik etishmovchiligi bo‘lgan shaxslarga transportni boshqarishga ruxsat beriladi. Masalan, oyog’i shikastlangan nogironlarga transport vositasi konstruktsiyasini o’zgartirib, qo’lda boshqarishga moslashtiriladi yoki eshitish organida nuqsoni borlarga maxsus eshitish moslamasi taqib, transportni boshqarishga ruxsat beriladi (bunday hollarda haydovchi faqat o’z shaxsiy transportini boshqarib, boshqalarga xizmat ko‘rsatishi man etiladi). Hozirda rang ajratish qobiliyati past yoki yo’q (daltonik) shaxslarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berish to‘g‘risida izlanishlar olib borilayapti. Umuman, bizda o’rnatilgan haydovchilikka moslikni aniqlash tartibi rivojlangan davlatlar tartibiga mos keladi.
Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun birinchi navbatda haydovchilarning harakatlanish davomida, oldindan va kasbiy kasallanishining oldini olishdan iborat bo’ladi. Ingliz mutaxassislarining fikricha, yiliga 200 dan ortiq Yo‘l transport hodisasi haydovchilarning Yo‘lda harakatlanish davrida infarkt miokard bo’lishidan sodir etilishi aniqlangan. Tibbiyot mutaxassislarining fikricha, haydovchilarda ko’p uchraydigan qon bosimining ko’tarilishi, ularning kun davomida yuqori darajada asablarining zo’riqishi bilan ishlashi, shuningdek, oshqozon-ichak kasalligining tez-tez uchrashi haydovchilar ishlash grafigining noto’g’riligidan kelib chiqadi. Keltirilgan noxush holatlar vujudga kelmasligining oldini olib haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Nazoratni o’tkazuvchi tibbiy xodimlar haydovchilarning Yo‘lga chiqishidan oldin salomatligini ko’zdan kechiradilar va uning sog’ligiga bog’liq bo‘lgan Yo‘l transport hodisasini sabablarini tahlil qilishda harakat xavfsizligi xizmati foydalanish va xodimlar bo’limlari bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatadilar.
Qatnov oldidan haydovchilar sog’lig’ini tekshirish vaqtida quyidagi ishlar bajariladi:

  • haydovchining o’zidan sog’ligi to‘g‘risidagi fikri eshitiladi;

  • tana harorati o’lchanadi;

  • qon bosimi o’lchanadi;

  • tomir urishi aniqlanadi;

  • nafas chiqarishda alkogolning belgilari aniqlanadi.

Tibbiyot ko’rigidan so’ng haydovchining Yo‘l varaqasiga “Qatnovga ruxsat berildi” degan shtamp qo’yiladi va uni tibbiyot xodimi imzolaydi.
Quyidagi hollarda haydovchiga transport vositasini boshqarishga ruxsat etilmaydi:

  • vaqtincha ishga yaroqsizlik belgilari aniqlanganda;

  • nafas chiqarganda alkogol hidi sezilganda.

Haydovchilarni o’z vaqtida tibbiy ko’rikdan o‘tkazish, sog’lig’iga e’tibor qaratishi, ekalogiyani bulg’atmasligi, Yo‘llarda tartibli harakatlanishi, Yo‘l qoidalariga amal qilishi, piyodalar va velosapedchilar ham Yo‘l qoidalariga amal qilishsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shunda ijtimoiy iqtisodiy zarar yetkazmagan bo’lardi.

Download 0,63 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija

Download 0,63 Mb.