|
Yo‘l transport hodisalar natijasida vujudga keluvchi zararni baholash
|
bet | 16/23 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #264959 |
Bog'liq Muslima4.2. Yo‘l transport hodisalar natijasida vujudga keluvchi zararni baholash.
Respublikamizda avtomobillarning keskin ko’payishi chorrahalarning tirband bo’lishligi, Yo‘llarda har xil baxtsiz hodisalar vujudga kelishini, Yo‘l-transport hodisalarning ko’payishini, Yo‘l sharoitining yomonlashishini va ekologiyani buzilishini oldini olishga bo‘lgan ehtiyoji ortdi. AvtoYo‘l tizimining rivojlanishi va samarali faoliyati mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga bevosita ta’sirini ikki jabhada kuzatish mumkin:
bevosita samaradorlik – avtomobil Yo‘llaridagi shart-sharoitlarning yaxshilanishi hisobiga transportdan foydalanuvchilarning oluvchi nafi;
bilvosita samaradorlik – transport bilan bog’liq bo’lmagan iqtisodiy samaradorlik bo’lib, iqtisodiyot tarmoqlarining moddiy oqimlar aylanish tezligining oshishi hisobiga oluvchi foydasi.
Harakat xavfsizligini oshirish uchun bajariladigan ishlar ko’lamini va Yo‘l transport hodisasi natijasida xalq xo’jaligiga yеtkaziladigan zararni aniqlash “Avtomobil Yo‘llarini loyihalashda Yo‘l-transport hodisalaridan xalq xo’jaligiga kеladigan zararni hisobga olish yo’riqnomasi”ga asosan olib borilishi maqsadga muvofiq. Quyida bu yo’riqnomaga binoan Yo‘l transport hodisasida yеtkazilgan zararni hisoblashni kеltiramiz.
Yo‘l transport hodisasi natijasida bo’ladigan zararni aniqlash.
Harakat xavfsizligini yaxshilash uchun bajariladigan ishlarning ko’lamini aniqlashda Yo‘l transport hodisasi natijasida xalq xo’jaligiga kеltirilgan zararni baholash zarur.
Davlat statistikasiga kiritilmaydigan bitta Yo‘l transport hodisasidan kеladigan zararni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin.
P=S+P1+P2
bu yеrda: - transport vositasining, Yo‘l sharoitlarining yoki ortilgan yuklarning buzilishidan bo’ladigan zarar; P1-Yo‘l transport hodisasi bo‘lgan joyda boshqa o’tayotgan transportlar yo’qotadigan vaqtdan va Yo‘lning harakat qismini tozalashga sarflanadigan harajatlar; - YHXB tomonidan kеtadigan harajatlar.
Andijon shaxarYo‘lida harakatlanayotgan piyodalar va velosapedchining 2020-2022 yillardagi miqdori quyida keltirilgan jadvalda kuzatsak ularning yo’nalishlardagi tirbandliklar kuzatilgan va har xil baxtsiz hodisalar ro’y bergan natijada insonarning tan jarohat olishi, shikastlanishi va o’lim bilan yakun topashi kuzatilmoqda. Harakat miqdori avtomobil Yo‘lining ahamiyatiga va uning atrofidagi viloyat va tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Ushbu diplom ishini qilish davomida menga berilgan chorrahada kuzatish ishlari olib borildi va quyidagi jadvallar shakllantirildi.
Hafta davomida harakatlanayotgan transport piyodalar va velosapedchilar oqimining o’rtacha miqdori keltirilgan.
4.1.2-jadval
|
| |