|
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija
|
bet | 18/23 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #264959 |
Bog'liq Muslima5.2. Jarohat haqida asosiy tushuncha.
Odam badani to’qimalarining, biror bir a’zosining yoki butun organizmning shikastlanishiga jarohatlanish deyiladi. Bularga: jarohat, kuyish, sovuq urish, lat yeyish, chiqish, sinish, bosh miyaning lat yeyishi va ichki a’zolarining shikastlanishi kiradi. Teri butunligi buzilishi oqibatida jarohat paydo bo’ladi. Jarohatlar paydo bo’lish xususiyatiga qarab kesilgan, cho’ilgan, so’kilgan, ezilgan, yirtilgan, o’q tekkan va tishlangan bo’lishi mumkin. Yo‘l-transport hodisasida ko’pincha jarohatlar ezilgan, yirtilgan bo’ladi. Bunday jarohatlar ancha og’ir bo’ladi. Bu jarohatlar atrofida ko’p miqdorda faoliyatsiz to’qimalar bo’ladi. Ular o’z vaqtida olib tashlanmasa iflosligi natijasida hayot uchun xavfli juda og’ir kasalliklar-stolbnyak yoki gangrenaga olib kelishi mumkin. Bu asosan jarohat atrofidagi kirlardan qonga kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarning tushishi natijasida vujudga keladi. Jarohatdagi mikroblarni yo’qotish yoki kuchsizlantirish tadbiriga antiseptika, mikroblar jarohatga tushishini oldini olishga aseptika deyiladi. Jarohatga imkoni boricha toza yuvilgan qo’l bilan ishlov beriladi. Agar buni iloji bo’lmasa qo’lni spirt, benzin bilan artib tirnoqlarga yod surtiladi. Jarohat atrofiga yod, spirt yoki etillanmagan benzinni ehtiyotlik bilan surtish kerak. Agar bu vositalar jarohatga tushsa uni kuydirib, bitishini qiyinlashtiradi. Agar jarohatdan qon oqayotgan bo’lsa avval qon oqishini to’xtatib keyin unga bog’lov qo’yiladi. Buning uchun individual bog’lov paketi, bint paxta, doka va boshqa toza materiallardan foydalanish lozim. Jarohatni suv, spirt, yod bilan chayish, unga kukun sepish, malham qo’yish mumkin emas. Jarohatdan ilik, o’pka, ichak chiqib turgan bo’lsa u toza doka yoki mato bilan yopiladi, lekin ichkariga itarish mumkin emas. Qo’l-oyoqning ko’p qismi shikastlanganda unga bog’lov qo’yilgandan keyin harakatsizlantirish kerak. Bog’lov yo’ishtirib qo’yilishi, lekin qismasligi kerak. Bog’lov qo’yishda eng yaxshisi individual bog’lov paketidan foydalanish ma’qul, chunki unda steril bog’lov materiallari bor. Yo‘lda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda qo’l ostida bog’lov materiallari bo’lmaganda, qo’l keladigan materiallardan: matolar, Yo‘l aptechkasi, uy aptechkasi va boshqalardan foydalanish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija
|