|
Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
|
bet | 21/23 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #264959 |
Bog'liq MuslimaQon ketganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
1. Arterial qon ketishda birinchi yordam
Qonni vaqtincha to‘xtatish uchun jarohatlangan arteriyani darhol uning yonidan o’tadigan suyakka bosish kerak.
Arteriyalarni bosish usullari:
Uyqu arteriyasi — kaftni jabrlanuvchi bo’ynining orqa qismiga qo’yib, boshqa qo’l barmoqlari bilan arteriya ustiga bosish.
Yelka arteriyasi osonlikcha aniqlanadi, uni yelka suyagiga bosish kerak.
O’mrov osti arteriyasidan qonni to‘xtatish qiyin. Buning uchun jabrlanuvchining qo’lini orqaga olib, o’mrov ortida joylashgan arteriyani birinchi qovurg’aga bosish kerak.
Qo’ltiq osti arteriyasini barmoqlar bilan qattiq bilan bosish kerak, chunki u chuqur joylashgan bo’ladi.
Son arteriyasi juda yirik bo’lib, uni son suyagiga musht bilan bosish kerak. Agar bu bajarilmasa, 2-3 daqiqadan so’ng jabrlanuvchi o’lishi mumkin.
Taqim arteriyasini taqim chuqurchasiga bosish kerak, buni bajarish mushkul emas.
Odam tanasida ba’zi arteriyalarning joylashuvi va ulardan qon ketishini to‘xtatish joylari
2. Venadan qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Bunday qon yo’qotilishi chuqur jarohatlarda sodir bo’lishi mumkin. Vena orqali qon ketishida dastlabki yordamni ko‘rsatish darhol amalga oshiriladi. Jarohatlangan venalar havo tortishi mumkin, chunki ulardagi bosim atmosfera bosimidan past bo’ladi. Bu holatda havo pufakchalari turli a’zolardagi qon tomirlariga tiqilib qolishi, bu esa jabrlanuvchining o’limiga olib kelishi mumkin.
Yordam berishda jarohatni yuvish, qum-tosh va tromblardan tozalamaslik kerak, bunda quyidagilarni bajarish lozim:
Nam mato bilan terini jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalash;
Chuqur jarohatni steril tampon bilan yopish;
So’ng jarohat yuzasini bir necha qavat steril bint bilan o’rash;
Bosimni ta’minlash uchun ustidan ochilmagan bint qo’yish;
Bu bintni juda qattiq bintlash;
Bog’lam orqali ham qon sizib chiqsa, ustiga salfetka qo’yib, ularni mahkam bintlash;
Qo’l yoki oyoqni ko’tarib, uni shu holatda qoldirish.
Bo’g’lamni to’g’ri qo’yish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Venadan qon ketishida jgut qo’yish
Qo’lni bintlashda u bukilgan bo’lishi kerak.
Oyoq bintlanadigan bo’lsa, u ham tizzadan bukilgan bo’lishi kerak.
Bint qo’yish paytida bintning oldingi qismining yarimi yangi qavat bilan qoplanishi kerak.
Bintlangan qo’l-oyoqning joylashuvi bintlashdan oldingi kabi holatda bo’lishi kerak.
3. Kapillyar qon ketishda birinchi yordam
Bunday qon ketishlar odatda o’z-o’zidan to’xtaydi. Xarakterli belgisi butun jarohat yuzasidan qonning sekin oqishi. Ammo jiddiy qon yo’qotishlar bilan kechadigan jarohatlar ham kuzatiladi. Eng katta xavfni ichki kapillyar qon ketish tug’diradi.
Kapillyarlardan qon ketishining asosiy sabablari:
Qon ivishi buzilishi bilan kechadigan qon kasalliklari (masalan gemofiliya).
Turli travmatik jarohatlar.
Qon tomir kasalliklari (kapillayrlarga ta’sir qiladigan terining yiringli yallig’lanishlari, o’smalar).
Qon tomirlarining devorlariga ta’sir qiluvchi umumiy kasalliklar, masalan o’smalar, ateroskleroz, revmatoid artrit.
Gormonal kasalliklar.
4. Ichki qon ketishda birinchi tibbiy yordam berish
Bunday qon ketishini ichki a’zolarning kasalliklari yoki jarohatlari chaqirishi mumkin. U juda xavflidir, chunki qon yo’qotilishi nazorat qilinmaydi. Bundan tashqari, xavfni ko’rsatadigan og’riq sindromi ham bo’lmaydi, shuning uchun ichki qon ketishi uzoq vaqt davomida sezilmasligi mumkin. Faqat bemorning holati keskin yomonlashganda, bu e’tiborga olinishi mumkin.
Parenximatoz qon ketishda qon bosimi keskin pasaygan bo’lsa, bemorning oyoqlarini yurak darajasidan yuqoriga ko’tarish kerak, taxminan o’ttiz-qirq santimetrga. Doimiy ravishda nafas olish va yurak urishini nazorat qilish kerak. Agar kerak bo’lsa, reanimatsiya amalga oshirish lozim. Bemorga og’riq qoldiruvchi vositalar yoki boshqa dori-darmonlar bermaslik kerak. Ovqat va suv berish taqiqlanadi, og’zini suv bilan chayish mumkin hisoblanadi.
Turli xil qon ketishlarda tez va to’g’ri ko’rsatilgan birinchi yordam bilan hodisaning yakuni ijobiy bo’ladi, birinchi tez tibbiy yordam esa bemorning tezroq oyoqqa turishiga yordam beradi.
|
| |