• 5.4 Qon ketish va uni to‘xtatish usullari
  • Jarohatlarda va qon oqishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish




    Download 0,63 Mb.
    bet20/23
    Sana21.06.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #264959
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    Muslima

    Jarohatlarda va qon oqishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

    • Inson organizmi har xil jarohatlar olishi natijasida faqat 500 millilitr qon yo’qotishi hayot uchun xavfsiz hisoblanadi.

    • Agar kishi 1000 millilitr qon yo’qotsa, hayot uchun xavf tug’iladi. Undan ko’p qon yo’qotgan taqdirda esa jjabrlanuvchini o’limga olib keladigan xavf tug’iladi.

    • Agar jabrlanuvchi 2000 millilitr qon yo’qotsa, uning hayotini saqlab qolish uchun darxol qon berib, organizmni kerakli qon bilan tahminlash zarur.

    • Agar jarohat arterial, yirik qon tomirida bo’lsa, kishi bir necha daqiqadan keyin o’lishi mumkin. SHuning uchun har qanday qon ketishini darxol to’xtaish kerak.

    • Yosh bolalar, keksa, 70-75 yoshdagi kishilar kamroq qon yo’qotsalar ham, ular uchun bu xavfli hisoblanadi.

    5.4 Qon ketish va uni to‘xtatish usullari
    O’rtacha statistik odamning qon tomirlari bo’ylab taxminan 4-5 litr qon aylanib yuradi. Agar qon tomirlarining devorlariga zarar yetsa, ulardan qon sizib chiqa boshlaydi. 2-2,5 litr qon yo’qotilishi inson uchun o’lim xavfini tug’diradi. Qon tomirlarida qon bosimining pasayishi insonning barcha hayotiy funktsiyalarini boshqarishda muhim rol o’ynaydigan miyaga kislorod yetkazib berishning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, har bir kishi zarurat tug’ilsa, qon ketishida birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi kerak.
    Agar qon ketishi juda kuchli bo’lmasa ham, birinchi yordam ko’rsatilgandan keyin jarrohga murojaat qilish kerak, chunki faqatgina jarohatga ishlov berish va unga chok qo’yishdan keyin qon ketishini batamom to‘xtatish mumkin. Qon ketish joyiga qarab, gastroenterolog, onkolog, pulmonolog, ginekolog kabi tor soha mutaxassislariga murojaat qilish kerak bo’lishi mumkin. Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot:

    1. Agar qon ketishi og’ir bo’lsa, jarohat olgan odamni yotqizib, oyoqlarini ko’tarish kerak.

    2. Qonni vaqtincha to‘xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo’l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo’yish mumkin.

    3. Darhol shoshilinch yordamni chaqirish.

    4. Jarohatga tegish, yuvish, undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas.

    5. Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo’lsa, uning chetlari jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalanishi kerak; jarohat atrofiga yod, xlorgeksidin, vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor; yod jarohatga tushmasligi kerak.

    Qon ketishining asosiy turlari.Manbaiga qarab, quyidagi asosiy qon ketishi turlari ajratiladi:

    • Arteriyalardan qon ketishi katta xavfga ega, chunki ko’p miqdorda qon yo’qotish tezda sodir bo’ladi. Bunda qon qizg’ish rangda va pulsatsiya qiluvchi favvora shaklida chiqadi.

    • Venalardan qon ketishda jabrlanuvchiga o’z vaqtida yordam berilmasa, bu ham xavflidir. Jabrlanuvchining shikastlangan tomiridan asta-sekin to’q qizil rangli qon chiqishi buning dalilidir.

    • Kapillyar qon ketish ko’pincha jiddiy xavfga ega emas, asosan kichik teri yuzaki jarohatlarida uchraydi.


    Download 0,63 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 0,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jarohatlarda va qon oqishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

    Download 0,63 Mb.