|
Tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va tashkil qilish prinsiplari
|
bet | 19/23 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #264959 |
Bog'liq Muslima5.3. Tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va tashkil qilish prinsiplari.
Yo‘l-transport hodisasida shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish 3 bosqichda amalga oshirish ko’zda tutiladi:
Birinchi - hodisa joyida. Bu - o’zi o’ziga yordam ko‘rsatish va hodisa joyida bo‘lgan odamlarning yordami, hamda chaqirilgan tibbiyot xodimlari ko’rsatgan yordamdan iborat.
Ikkinchisi - shikastlanganlarni davolash muassasiga olib borishda Yo‘lda ko’rsatiladigan yordam.
Uchinchi - davolash muassasasidagi yordam. Davolash-profilaktika korxonalarini, avtomobil Yo‘llarining qismlariga birkitish va bu Yo‘llarda tibbiy yordam olishni bildiradigan 6.1 va 6.2 Yo‘l belgilari bilan belgilab qo’yish ko’zda tutilgan. Tibbiyot xodimlari boshqaradigan avtomobillarga o’rnatish uchun taniqlik belgi mavjud. Bunday belgilar Yo‘l-transport hodisasida shikstlanganlarga malakali yordam ko’rsata oladigan hakimlarning (vrach) avtomobillariga o’zlari xohish bildirgan taqdirda o’rnatiladi. Bunday hakimlar ro‘yxatini davolash muassasasining bosh hakimi tuzadi va joylardagi sog’liqni saqlash tashkilotlari tasdiqlaydi. Hakimlar boshqaradigan avtomobillar taniqlik belgisi bilan belgilanganda, ularga guvohnoma va bemorlar yoki shikastlanganlar hayoti xavf ostida qolganda yordam ko‘rsatish uchun transport vositalaridan tekin foydalanish huquqini beradigan talon beriladi.
Tibbiy yordam ko‘rsatish talabi.
Yo‘llarda harakatlanish qoidalarining 5.1 bandiga asosan, Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchi: darhol to’xtashi, transport vositasi majburan to’xtaganini bildiruvchi chiroqni yoqishi yoki belgi o’rnatishi, transport vositasini va hodisaga dahldor buyumlarni kuzgatmasligi, shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish kerak mashina ichidagilarning oyoq yoki qo’llari mashina qismlari orasiga qisilib qolishi mumkin. Bunday hollarda iloji boricha bemorga ozor bermasdan olib chiqiladi. Buning uchun temir asboblar, montirovka, lom va boshqalardan o’rinli foydalanish mumkin. Shikastlangan odamni mashinadan olib chiqishdan oldin uning qayeri jarohatlangan yoki shikastlanganligini aniqlash va shunga qarab yordam berishni tashkil qilish lozim. Agar qon tomirlaridan - arteriyadan qon oqayotgan bo’lsa, uni darhol avval barmoq bilan bosib to’xtatib rezina jgut qo’yiladi. Qo’l yoki oyoq qiyshayib qolgan bo’lsa, albatta shu suyak singan bo’ladi. Gavdaning qiyshayib turishi yoki shikastlangan kishini qiyshayib yotishi uning bexushligini yoki miyasi jarohatlanganligini bildiradi. Bunday hollarda bemor holatini o’zgartirmasdan mashinadan olib chiqishga to’g’ri keladi. Bemorni mashinadan olib chiqishdan avval birinchi tibbiy yordamni berish uchun tayyorgarlik ko’rishni unutmaslik kerak. Qish vaqtida bemorni o’rab-chirmab qo’yish kerak, chunki shikastlangan kishi sovuqqa chidamsiz bo’ladi. Bunday hollarda avval iloji bo’lsa, bemorni yaqin o’rtadagi uyga, yoki avtobusga olib kirib, u yerda unga birinchi tibbiy yordami ko’rsatiladi. Bemorni mashinadan olib chiqishga ikki yoki uch kishi qatnashishi kerak, buning uchun haydovchi va Yo‘lovchilar yordamlashishi zarur.
|
| |