Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
Theoretical and practical foundations of
introducing smart agriculture in Uzbekistan
O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy
etishning nazariy va amaliy asoslari
134
May 12-13
https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference
GUDVILNING MILLIY STANDARTLARINI XALQARO STANDARTLAR
ASOSIDA TASHKIL ETISHNING USTUVOR SABABLARI, HAMDA
GUDVILNI YANGI METODLAR BILAN BUXGALTERIYA HISOBIGA
KIRITISH
Muxlisa Utkir qizi Amrullayeva
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabasi
ANOTATSIYA
Ushbu tezisda gudvilning buxgalteriya hisobida yuritilishining milliy
standartlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish uslubiyatini
takomillashtirish
masalalari va gudvilni buxgalteriya hisobiga olishda yangi metodlardan foydalanish
masalalari yoritilgan.
Kalit so’zlar: gudvil, nomoddiy aktivlarning
xalqaro standartlari,
international assets board.
ABSTRACT
This thesis describes the issues of improving the methodology of establishing
national standards of goodwell in accounting based on international standards and the
use of new methods in accounting of goodwell
Keywords: goodwill, international standards of intangible assets, international
assets board.
Kirish
O’zbekiston Respublikasida Nomoddiy aktivlarni
buxgalteriya hisobida
yuritish tartibi 7- son BHMS hamda 9-son BHS bilan tartibga solingan. Nomoddiy
aktivlarning sintetik va analitik hisobi esa 21-son BHMS bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasining “Nomoddiy aktivlarning hisobi” to’g’risidagi 7-
son milliy standarti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-
noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu standart 12 bobdan iborat.
1.
Umumiy qoidalar
2. Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi
3. Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash
4. Nomoddiy aktivlarga o’tkaziladigan kapital qo’yilmasi.
5. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash.
6. Nomoddiy aktivlardagi xarajatlarni aks ettirish.
7. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash.