|
Samarkand branch of Tashkent StateBog'liq gudvilning-milliy-standartlarini-xalqaro-standartlar-asosida-tashkil-etishning-ustuvor-sabablari-hamda-gudvilni-yangi-metodlar-bilan-buxgalteriya-hisobiga-kiritishSamarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
Theoretical and practical foundations of
introducing smart agriculture in Uzbekistan
O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy
etishning nazariy va amaliy asoslari
137
May 12-13
https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference
Korxona foydasidan gudvilni qoplash korxona uchun agarda gudvil sotib olingan
aktivlari kelgusida katta daromad keltirsa samarali ammo aksincha holatlar yuz
berganda korxona zarari bo’ladi. Korxonaga gudvilning aks holatining zarari ya’ni
sotib olingan korxona aktivlari yuqori foyda keltirmaganda zarar bo’lib ta’sir
ko’rsatmasligi uchun gudvilni hisobdan chiqarayotganda uni (9220) boshqa
aktivlarning chiqib ketishi schyotiga hisobga olmay uni (2500) umumiy ishlab
chiqarish xarajatlari schyotiga hisobga olsak, gudvilning qiymati doimiy xarajatlar
bilan maxsulot tannarxiga kiradi. Bundan kelib chiqadiki maxsulot tannarxidan fond
qaytimi olinib uni korxona hisobiga olsa korxona uchun foyda bo’ladi. Bunday
holatda gudvil korxona foydasidan qoplanmay,tannarxga quyilgan fond qaytimi bilan
qoplanadi.
Gudvilni umumiy xarajatlar schyotiga hisobga olishimiz uchun quyidagilarni asos
qilib olishimiz mumkin.
1. IAS38ning 2- bob “faoliyat doirasi” ning F bandiga muofiq korxonalarni
birlashtirishda sotib olingan gudvil (3-IFRS biznes birlashmasiga) ko’ra
nomoddiy aktiv deb aniqlanmaydi.
2. BHMS 7 ga muofiq (42-44 band) nomoddoy aktivlarga eskirish hisoblashda
xuddi asosiy vositalar kabi bir maromli, bajarilgan ish xajmiga proportsional
(kumulativ) va kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblab topish usullari
bo’yicha amalga oshiriladi. Tanlangan usul (usullar) korxonaning hisob
siyosatida ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Asosiy vositalar kabi nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasini hisoblashda Soliq Kodeksi negizida bir maromda hisoblash
usuli olingan, qolgan usullar bo’yicha hisob- kitoblarda aniqlangan me’yordan
ortiqcha summalar foyda solig’i bazasiga qayta qo’shiladi vas hu yo’l bilan
soliqqa tortiladi.
3. BHMS 7 ga muofiq (46-band) har bir hisobot yili oxirida asosiy vositalar kabi
nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati qayta ko’rib chiqilishi va
shunga mos ravishda amortizatsiya me’yori o’zgartilishi mumkin.
4. BHMS 7 ga muofiq nomoddiy aktivlarni baholashda xuddi asosiy vositalarni
hisoblashda qo’llaniladigan qiymat turlarining mohiyatiga toi’liq o’xshashdir.
Unga ko’ra boshlang’ich qiymat, tiklangan qiymat, qoldiq qiymat
amortizatsiyalanadigan qiymat, sotish qiymati turlari ishlatilishi mumkin.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki nomoddiy aktivlarning hisobga olinishi, unga
amortizatsiya hisoblash, inventarizatsiya o’tkazish shartlari asosiy vositlarnig xuddi
shu shartlarini qanoatlantiradi. Bundan kelib chiqadiki korxona
gudvilini umumiy xarajatlarga hisobga olishimiz mumkin.
|
| |