|
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija
|
bet | 3/23 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #264959 |
Bog'liq Muslima2.1. Adabiyot sharhi.
Harakat xavfsizligini tashkil qilishda va avtomobil Yo‘llarini loyihalashda eng zarur bo‘lgan adabiyotlar va manba’lardan keng foydalaniladi.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustivor yo’nalishlari, qonun ustivorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustivor yo’nalishlari, iqtisodyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustivor yo’nalishlari, ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustivor yo’nalishlar, xavfsizlik,mllatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustivor yo’nalishlar bayon etilgan[1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan noyob hujjat -2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mamlakatimiz taraqqiyotini barcha soha va tarmoqlarda yangi bosqichga ko’tarish borasidagi o’rni va ahamiyati atroflicha yoritib berilgan, biz uchun eng oliy qadriyat bo‘lgan inson huquq va manfaatlari to’liq ta’minlangan erkin va farovon jamiyat barpo etish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar tahlil etigan[2].
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar, ustivor yo’nalishlarning sharhi o’z aksini topgan. Harakatlar strategiyasida aks etgan beshta yo’nalishning mazmun mohiyati turli faktik materiallar, qiyosiy tahlillar orqali izohlab berilgan, shuningdek, istiqbolda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning tub mohiyati sxema va jadvallar orqali bayon etilgan[3].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida Iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifadir degan mavzu ostida transport va logistikani takomillashtirishni Yo‘lga qoyish dasturlari ham ishlab chiqilishi.[4]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan. Davlat dasturining 105-bandiga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga qiymati qariyb 14 mlrd.dollardan iborat bo‘lgan 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda [5].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan. Davlat dasturining 105-bandiga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga qiymati qariyb 14 mlrd.dollardan iborat bo‘lgan 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda [6].
Q.H.Azizov “Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” darsligida Yo‘l harakatini tashkil etishning asosiy tamoyillari va ularni muayyan sharoitda amalga oshirish usullari, transport va piyodalar va velosapedchilar oqimlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, harakat xavfsizligini ta’minlashda transport vositalari texnik holatining ahamiyati, haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta’minlashdagi o’rni, harakatni boshqarishning texnik vositalari va Yo‘l harakatini tashkil etishning amaliy tadbirlari har tomonlama fan va texnika yutuqlari hamda chet el tajribalarini hisobga olgan holda yoritib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” asariga xalqimiz hamda xalqaro jamoatchilik o’rtasida juda katta qiziqish uyg’otgan “O‘zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish Yo‘lida”, “O‘zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shaortlari va taraqqiyot kafolatlari” kabi mashxur asarlari kiritilgan. Ularda buyuk kelajak sari dadil olg’a borayotgan respublikamiz ichki va tashqi siyosatining asosiy qoidalari, chinakam huquqiy-demokratik davlat barpo etishning o’ziga xos tamoillari hamda tub iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy islohotlarni izchil amalga oshirish asosida O‘zbekistonning Dunyo hamjamiyatida o’z o’rnini ta’minlash borasidagi dolzarb masalalar teran ta’riflab berilgan[7].
Q.H.Azizov “Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” qo’llanmasida O‘zbekiston umumjahon iqtisodiyotiga qarab borishi jadallashayotgan hozirgi davrda Respublikamiz rahbariyati tomonidan “Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash muammosi”ga katta e’tibor qaratilgan. Respublikamiz Vazirlar mahkamasi xuzuridagi harakatlanish xavfsizligini ta’minlash komissiyasi faoliyati ko’rsatilmoqda. Komissiya qaroriga asosan mamlakatimizdagi shu sohaning yirik olimlari va mutaxassislari tomonidan “Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini oshirish” kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Harakat xavfsizligini ta’minlashga molik qonunlar majmuasi ustida ish olib borilmoqda. Pirovard maqsad avtomobillashtirishning salbiy oqibati bo’lmish Yo‘l-transport hodisalarini, halok bo’layotgan va jarohatlanayotgan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan[9].
S.M.Qodirov, K.M.Nazarov “Yo‘l-transport hodisalari tahlili” o’quv qo’llanmasida Yo‘l transport hodislari tahlili, tushunchalar, atamalar, ekspertiza turlari, ekspertiza materiallarini rasmiylashtirish, ekspertizaning o‘tkazish protsessual me’yorlari, hisoblash ishlarini kompyuterda bajarish asoslari yoritilgan. [10].
Q.M.Sidiqnazarov umumiy tahriri ostida tarjima qilingan “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi” darsligida avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati fan tarmog’i va amaliy faoliyat sifatida, ekspluatatsiya sohasida ishlayotgan muhandisga talablar yoritilgan, avtomobillar texnik holatining o’zgarish sabablari, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash rejali-ogohlantirish tizimi, ularning me’yorlari, xizmat ko‘rsatish vositalarining o‘tkazish qobiliyatini shakllantirish qonuniyatlari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologiya asoslari, ishlab chiqarishni boshqarish uslublari va moddiy texnik ta’minotni tashkil etish, maxsus sharoitlarda avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi, avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi taraqqiyotining istiqbollari va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uslublari bayon etilgan[11].
V.F.Babkov, O.V.Andreyevlar tayyorlagan A.R.Qodirova tarjima qilingan “Avtomobil Yo‘llarini loyihalash” darsligida qidiruv ishlariga va avtomobil Yo‘llarini loyihalashga bag’ishlangan. Birinchi qismida Yo‘lning rejadagi va profildagi elementlariga qo’yiladigan asosiy talablar, Yo‘l poyi turg’unligini ta’minlash usullari, Yo‘l qoplamasining qalinligini belgilash va Yo‘l o’q chizig’ini joyda o‘tkazish, suv o’tkazuvchi kichik inshootlarni hisoblash masalalari bayon etilgan. Ikkinchi qismida ko’prikli o’tish joylarini loyihalashdagi gidrologik, gidravlik va o’zan hisoblashlari, murakkab tabiiy sharoitlarda Yo‘llarni loyihalash xususiyatlari, shuningdek, loyiha-qidiruv ishlari texnologiyasi tavsiflangan. Avtomatlashtirilgan loyihalashga e’tibor kuchaytirilgan, Yangi me’yoriy hujjatlar va avtomobil Yo‘llarini loyihalashdagi eng yangi yutuqlar hisobga olingan[12].
O.Q.Qudratov va boshqalar “Hayot faoliyati xavfsizligi” qo’llanmasida fanning tarixi, kelib chiqishi va uning inson uchun ahamiyati keltirilgan. Unda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan shug’ullanadi[13].
O’.Yo‘ldashev va boshqalar “Mehnat muxofazasi” o’quv qo’llanmasida mehnat muxofazasining umumiy qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, uskunalar xavfsizligi texnikasi, yong’in xavfsizligi masalalari hamda O‘zbekiston respublikasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar asosida yozilgan[14].
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija
|