Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija




Download 0,63 Mb.
bet6/23
Sana21.06.2024
Hajmi0,63 Mb.
#264959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Muslima

III. TEXNOLOGIK QISM

Tonirovkalash — avtomobil oynalarining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi, rangi va aks ettiruvchi xususiyatlarining oʻzgartirilishi.Ammо, O’zbekistоnning Markaziy Оsiyoning hal qiluvchi transpоrt-tranzit tarmоg’iga aylanishi uchun transpоrt-kоmmunikatsiya infratuzilmasini mоdernizatsiya qilish va yangilash, mahalliy va xalqarо transpоrt xizmatlari tarkibini diversifikatsiya etish, yangi transpоrt Yo‘laklarini shakllantirish va rivоjlantirish, transpоrt xizmatlari sifatini оshirish va tannarxini kamaytirish talab etiladi.


2018-2022-yillarda avtomashinaga tonirovka qilish shartlari
Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobil oynalarining tusini oʻzgartirish 2005-2019-yillarda taqiqlangan edi. 2018-yilda avtomobillar oynalarini qoraytirishga ruxsat beruvchi qaror loyihasi taqdim etilgan[1]. Oynalarni qoraytirish davlat yoʻl harakati xavfsizligi tuzilmalari tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnoma asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi „innovatsion loyihalar va aholiga xizmat koʻrsatish markazi“ davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi, narxi jismoniy shaxslar uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 90, yuridik shaxslar uchun 120, xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari uchun esa 140 barobari miqdorida belgilangan edi[2][3]. Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov Oʻzbekistonda oxirgi vaqtlarda yoz haddan ziyod issiq boʻlayotgani, shu sabab avtomobillar oynasini qoraytirishni bepul qilish kerakligini aytdi.
Soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda yoz juda issiq, gohida haddan ziyod yoqimsiz issiq boʻlyapti. Bulutli issiq kunlarda esa bosh ogʻrigʻiga chidab boʻlmaydi. Qurgʻoqchilik kuchayib, bundan buyogʻiga yanada issiq boʻlsa kerak. Shu paytda agar mashina tonirovkasi bepul qilinsa, bundan hamma haydovchilar, yoʻlovchilar minnatdor boʻlar edi. Bu ham aslida inson qadrining bir koʻrinishi, odamlarga boʻlgan gʻamxoʻrlik namunasiga aylanar edi
2022-yil iyun oyining boshlarida yurist va bloger Kamoliddin Bahovudinov „tonirovka jinoyat emas“ shiori ostida hukumat vakillariga murojaat qildi.[4] 28-iyun kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoev avtomobillar oynalarini qoraytirish masalasida qaror qilgani aytildi. uning soʻzlariga koʻra, 1-iyuldan boshlab avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilinadi, old va orqa yon oynalarni toʻliq qoraytirish toʻlovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi, ishlab chiqarilganiga 10 yildan koʻp boʻlmagan engil mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi bekor boʻladi.
O‘zbekiston hukumatining tonirovka qilingan oynali transport vositalari ekspluatatsiyasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokama uchun taqdim etildi.

Hujjatda Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018 yil 1 iyulidan to‘lov asosida jismoniy va yuridik shaxslarning qoraytirilgan oynali yengil transport vositalari ekspluatatsiyasiga doir taklifini tasdiqlash taklif etiladi.


Hujjatga ko‘ra, avtomobil orqa oynasining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 5 foizdan kam bo‘lmasligi kerak, orqa o‘rindiqning yon tomonlaridagi oynalarning yorug‘lik o‘tkazuvchanligi esa 30 foizdan kam bo‘lmasligi ko‘zda tutilgan. Tonirovkani o‘rnatish IIV qoshidagi "Innovatsion loyihalar va aholiga xizmat ko‘rsatish markazi" tomonidan davlat standartiga ko‘ra ishlab chiqilgan va tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat standarti Yo‘l harakat xavfsizligi davlat xizmati bo‘limlari tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatga asoslanadi.


O‘z o‘rnida yengil transport vositalari old oynasining yuqori qismida kengligi 14 santimetrdan oshmagan 30 foizdan kam yorug‘lik o‘tkazuvchi chiziqlarni o‘rnatish uchun ruxsat talab etilmaydi.
Tonirovkani o‘rnatishga ruxsat olish uchun to‘lovlar stavkasi jismoniy shaxslar uchun - eng kam ish haqining 90 baravari, yuridik shaxslar uchun esa 120 minimal ish haqini tashkil qilishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarning yuridik shaxslari uchun to‘lov 140 eng kam ish haqi miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.

Xorijiy davlatlarning oynasi qoraytirilgan transport vositalarining O‘zbekistonga kirishi va uning hududi bo‘ylab tranziti uchun 15 dollar miqdorida yig‘im undirish taklif qilinmoqda.



Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon shahri hududida qayta jihozlangan transport vositalari bilan bog‘liq qoida buzarliklar, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l transport hodisalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mundarija

Download 0,63 Mb.