Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kiberxavfsizlik fakulteti




Download 224,08 Kb.
bet7/18
Sana17.05.2024
Hajmi224,08 Kb.
#239166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
KIBER H.DURDONA
Buddaviylik va Xristianlik, Grammarway 2, 3-ma\'ruza 2-kurs kunduzgi, Kompyuter klaviaturasidagi tugmalar funksiyalari, ozoda2004, AbdurahimTest savollari TQMS Elektrgazpayvandchi II toifa, AbdurahimTest savollari TQMS Elektrgazpayvandchi II toifa, 3-top, 1-mus, ayzada, psihometricheskiy-podhod-k-otsenke-rezultatov-neyropsihologicheskogo-obsledovaniya-v-detskom-vozraste, portal.guldu.uz-Fan sillabusi -YuMB kimyosi , 7-8-9-laboratoriya Durdona, Adabilot 1-reja
Mehnat halqaro qonunchilik. Mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) bo`yicha ishlayotgan barcha shaxslar mehnat munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquq tarmog`i mehnat huquqi hisoblanadi. Mehnat huquqi mehnat munosabatlarining vujudga kelishi, amal qilishi va bekor qilinishini tartibga soladi, xodimlarning birgalikdagi mehnatlari rejimini belgilaydi, mehnat mezoni, mehnatni muhofaza etish qoidalari va mehnat nizolarini ko`rib chiqish tartibini o`rnatadi.

Mehnat huquqi mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy tashkil etishdagi mehnat bo`yicha munosabatlarni tartibga soladi, ya`ni jamiyatda mavjud bo`lgan birgalikdagi mehnat jarayonidagi kishilar o`rtasidagi aloqani tartibga soladi.


Mehnat huquqining asosiy mazmunini mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Mehnat huquqining sub`yektlari 2ga bo`linadi: 1) Asosiy sub`yektlar; 2) Qo`shimcha sub`yektlar. O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 14,15-moddalariga binoan, xodim va ish beruvchi mehnat munosabatlarining asosiy sub`yektlaridir.Mehnat jamoasi kengashi, mehnat nizolari bo`yicha komissiyalar, kasaba uyushmalari, mehnat organlari, korxonalardagi huquqiy xizmatlar(huquqiy maslahat) va ishlab chiqarishning normal ishlashini ta`minlovchi boshqa tartibotlar qo`shimcha sub`yektlarni tashkil etadi.


Mehnat jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarda asosan, ikki tomon: xodim va ish beruvchi ishtirok etadi. Xodim sifatida mehnat qilish huquqi va muomala layoqatiga ega bo`lgan, ya`ni muayyan yoshga yetgan, o`zining jismoniy va aqliy qobiliyatiga ko`ra yollanib ishlashi mumkin bo`lgan fuqaro sub`yekt bo`lib qatnashadi. Xodimning mehnat huquqi mavqei O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mehnat Kodeksi (14,16,20,21,23-moddalar) va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.


Mehnat munosabatlari sub`yekti sifatida ikkinchi tomondan ish beruvchilar, ya`ni fuqarolarni ishga yollashga, ular mehnatini qonun talablari asosida tashkil etishga, mehnatga haq to`lashga layoqatli bo`lgan tijorat, tijoratga aloqasiz tashkilotlar, muayyan hollarda ayrim fuqarolar qatnashdilar. Ish beruvchining yuridik mavqei O`zbekison Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik Kodeksi, Mehnat Kodeksi, O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to`g`risida”gi qonuni va qonunchilik hujjatlariga ko`ra belgilanadi. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi yakka tadbirkorlar faoliyati o`zlarining shaxsiy


mehnatlari bilan tadbirkorlik faoliyati olib borishlari mumkin, ya`ni ular yollanma mehnatdan foydalanishlari mumkin emas va shu sababli mehnat huquqining sub`yekti bo`lolmaydilar.


Mehnat huquqining manbalari. Mehnat huquqining manbalari,bu-sohadagi huquqiy munosabatlarga tadbiq etiladigan qonunlar va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Shu sababli muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi me`yoriy hujjatlarni tanlay bilish, ularni to`g`ri tadbiq etish ko`p jihatdan ushbu mavzuni to`liq o`zlashtirishga, talaba mehnat huquqiga oid me`yoriy-huquqiy hujjatlarning turlari, yuridik kuchi va ta`sir doirasini to`liq tushunib etganligiga bog`liqdir.


Mehnat huquqining tamoyillari. Ular ikkiga bo`linadi: a) umumhuquqiy; b)


tarmoqlararo.Umumhuquqiy tamoyillar O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan. Tarmoqlararo tamoyillar esa mehnat, tadbirkorlik, ijtimoiy-ta`minot , ma`muriy va boshqa huquq sohalariga oid huquq me`yorlarida aks ettirilgan.





Download 224,08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 224,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kiberxavfsizlik fakulteti

Download 224,08 Kb.