• 23-modda. Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
  • Davlat xavfsizlik xizmati
  • -modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari




    Download 224,08 Kb.
    bet5/18
    Sana17.05.2024
    Hajmi224,08 Kb.
    #239166
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    KIBER H.DURDONA

    11-modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari

    Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi.


    Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir.


    Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga kiradi.


    Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak.




    23-modda. Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

    Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.


    2. Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunchilik.

    Yangi qabul qilingan «Kiberhuquq to‘g‘risida»gi qonunga binoan, Davlat


    xavfsizlik xizmati kibehuquq sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi. Qonun bilan DXXga davlat tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning turar


    joylariga to‘sqinliksiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va boshqa huquqlar berildi.


    Kun.uz hujjatning asosiy nuqtalari bilan tanishtiradi.


    Foto: Shutterstock


    15 mart kuni «Kiberhuquq to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 25 fevral kuni qabul qilingan, Senatda 17 mart kuni ma’qullagan. 40 ta moddadan iborat mazkur qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib, 2022 yil 17 iyuldan qonuniy kuchga kiradi.


    Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini prezident belgilaydi (10-modda), Davlat xavfsizlik xizmati esa kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.


    Qonunda sohadagi asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki


    axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa ko‘plab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan. (3-modda)





    Download 224,08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 224,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari

    Download 224,08 Kb.