• 5-modda. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
  • -modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati




    Download 224,08 Kb.
    bet4/18
    Sana17.05.2024
    Hajmi224,08 Kb.
    #239166
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    KIBER H.DURDONA

    4-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati

    Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning


    zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.


    Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:


    har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;


    davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;


    xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;


    davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;


    axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;


    axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;


    dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;


    tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;


    kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish.




    5-modda. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish

    Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.




    6-modda. Maxsus vakolatli organ

    Maxsus vakolatli organ:


    davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;


    axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi;


    davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko‘maklashadi;


    axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;


    axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;


    yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;


    axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi;


    axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi;


    axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi;


    O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi;





    Download 224,08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 224,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati

    Download 224,08 Kb.