Javoblar
Cisco Packet Tracerni o'rnatish, masalan, 8-versiya:
Dasturning so'nggi versiyasini olish uchun siz Cisco Networking Academy-da ro'yxatdan o'tishingiz kerak, "setup.exe" o'rnatish faylini yuklab olgandan so'ng, uni ishga tushirishingiz kerak.
Setup.exe dasturini ishga tushirgandan so'ng, o'rnatish ustasi paydo bo'ladi:
1.1-Rasm Litsenziya shartnomasi
1.2 - Rasm O'rnatish uchun katalogni tanlash.
1.3 - Rasm Qo'shimcha o'rnatish sozlamalari.
1.5 - Rasm O'rnatish sozlamalari tasdiqlanmoqda.
1.6 – rasm Sozlash jarayoni
1.7 – sozlash yakunlandi.
1.8 – Rasm. Dasturni ishga tushirish. Networking Academy yoki Skills for All-da oldindan yaratilgan hisob qaydnomasi yordamida tizimga kirishingiz kerak.
1.9 - Rasm Dasturni ishchi oynasi
Nazorat savollari:
“Modellash” so’zining ma’nosi deganda nimani tushunasiz?
Modellash — fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obyektlar (jonli va jonsiz tizimlar, muhandislik konstruksiyalari, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy jarayonlar hamda loyihalanadigan obyektlar)ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va boshqa xillarga boʻlinadi. Fizik M.da tadqiqot tekshirilayotgan jarayonning fizik tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (oʻlchami, tezligi) jihatidan farq qiladigan modelda olib boriladi. Fizik modellash gidrotexnika in-shootlari, samolyot, kema va boshqalarni tekshirishda qoʻllaniladi. Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Elektr modellash ham kengtarqalgan. Bunda aktiv, induktiv va sigʻim qarshiliklardan foydlaniladi. Tirik organ izmlardagi boshqarish jarayonlarini oʻrganish uchun kibernetik modellar yaratilgan.
Modellashning yana bir turi analog modellashdir. U fizik tabiati har xil boʻlgan, lekin bir xil matematik (algebrik, differensial va boshqalar) tenglamalar bilan ifodalanadigan hodisalarning analogiyasi (oʻxshashligi)ga asoslanadi.
Modellash har doim boshqa ilmiy va maxsus usullar bilan birga qoʻllanadi. Avvalo, modellash eksperiment bilan chambarchas bogʻliq. Biror hodisani uning modelida oʻrganishni eksperimentning alohida xili deb karash mumkin.
Kime reaktorl arin i modellash berilgan shartlarga muvofiq, istalgan oʻlchamdagi apparatlarda oʻtadigan kimyoviy texnologiya jarayonlarining natijalarini oldindan bilish uchun qoʻllanadi.
Baʼzi murakkab hodisalar (mas, turbulentlik, havo yoki suyuqlik oqimining uzilish sohasidagi pulslanishlar va boshqalar) uchun stoxastik modellashdan foydalaniladi. U hodisalarning ehtimolligini aniqlashga asoslanadi. Bunday modellar ayni hodisadagi ayrim jarayonlarning oʻtishini toʻla aks ettirmaydi, balki qandaydir oʻrtacha, summar natijani beradi.
|