|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali mobil ilova yaratish
|
bet | 4/7 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 239,8 Kb. | | #243587 |
Bog'liq ANDROID NOTIFICATIONSNotification parametrlari.
Notification yaratishda siz uni sozlash uchun Builder obyektining bir nechta umumiy metodlaridan foydalanishingiz mumkin. Ulardan ba’zilari :
setContentTitle : Notification-ning sarlavhasi (birinchi qator) sifatida paydo bo’ladigan matn.
setContentText : Notification-ning ikkinchi qatorida paydo bo’ladigan matn.
setAutoCancel : Ushbu metod uchun boolean qiymat berish orqali, foydalanuvchi notification panelida notification-ni bosganda avtomatik ravishda bekor qilinishini xohlaysizmi yoki yo’qligini ko’rsatasiz.
setLargeIcon : notification-ning o’ng tomonida ko’rsatish uchun bitmap.
setPriority : Ushbu metod, notification-ning priority-sini belgilash uchun ishlatiladi, bu notification, foydalanuvchi e’tibori uchun qanchalik muhimligini ko’rsatadi.
setTimeoutAfter : Notification bekor qilinishi kerak bo’lgan vaqtni belgilash uchun ishlatiladi.
setSmallIcon : Notification-da ko’rsatiladigan belgi.
setStyle : Bu metod sizga “rich notification style” qo’shish imkonini beradi.
addActions : Bu metod sizga matn yordamida notification-ga action qo’shish imkonini beradi, odatda tizim tomonidan maxsus matn, button va PendingIntent.
setContentIntent : Ushbu metoddan notification bosilganda yuboriladigan PendingIntent-ni taqdim etish uchun foydalaniladi.
setDeleteIntent : Foydalanuvchi notification-ni, notification panelidan o’chirib tashlaganida yuboriladigan PendingIntent-ni taqdim etadi.
Notification komponentlariga misol :
Notification-ni yangilash va bekor qilish.
Ba’zida voqea sodir bo’lganda, notification-ni o’zgartirish yoki yangilash kerak bo’ladi va ba’zi hollarda uni bekor qilish kerak — Android tizimi ushbu holatlar uchun oddiy funksiyalarni taklif qiladi.
Notification-ni bekor qilish NotificationManager-ning cancel() metodini chaqirish va uni ko’rsatishda foydalangan notification ID-ni berish. Ilovangiz tomonidan ishlab chiqarilgan barcha notification-larni bekor qilish uchun cancelAll() metodini ham chaqirishingiz mumkin.
|
| |