MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
Telekomunikatsiya texnologiyalari fakulteti
Infokommunikatsiya injinering
yo’nalishi
Kompyuternitashkillashtirishfanidan
bajargan
Bajardi :
AbdumominovO’tkirjon
Tekshirdi:
Javliyev Shahzod
KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI FANIDAN
4 - TOPSHIRIQ
MAVZU:
ZAMONAVIY PROTSESSORLAR VA ULARNING
ISHLASHPRINTSIPI
Ishdan maqsad:
Zamonaviy protsessorlar va ularning ishlash printsiplari bilan
tanishish. Assembler tili haqida tushuncha va undagi asosiy operatorlar bilan
tanishish.
1.1-rasm.Intel va AMD protsessorlari
TOPSHIRIQLAR!
1.Protsessor haqida batafsil ma’lumot bering.
Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma)
da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash
jarayonlarini, xisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib
turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Protsessor kompyuterdagi barcha
buyruqlarni ishlab chiqaradi.Protsessorning tezligi uning eng asosiy jihatidir.
Odatda, bu ma’lumot protsessorning ustida yozilgan bo‘ladi (“2,8 GHz” yoli “2,6
GHz” degan yozuvlar). Protsessorning tezligi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha
yaxshi, lekin, zamonaviy protsessorlarda ko‘p yadrolilik ( dual core, quad core)
degan tushuncha ham bor. Bitta protsessorning o‘zida ikkita, to‘rtta va eng
zamonaviy protsessorlarda 8 ta gacha yadro bor. Protsessorda yadro qanchalik ko‘p
bo‘lsa, u ham shunchalik yaxshi, ammo, ko‘p yadroli protsessorlar bir yadroli
protsessorlardan ancha qimmat turadi.
|