• Bajardi: 042-23 guruh talabasi MIRZAITBAYEVA ZILOLAXON ALADJANOVNA Tekshirdi: _______________________________ TOSHKENT – 2023
  • Gaz razryadlarining turlari va qollanilishi Kirish
  • Gazlarda elektr toki
  • Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot




    Download 132,01 Kb.
    bet1/5
    Sana11.12.2023
    Hajmi132,01 Kb.
    #116281
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Fizika mustaqil ish


    О‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VАZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FIZIKA-1 FANIDAN
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Gazlarda elektr toki.(gazlarning ionlashuvi.Nomustaqil va mustaqil razryadlar,gaz razryadlarining turlari va qo'llanilishi)

    Bajardi: 042-23 guruh talabasi
    MIRZAITBAYEVA ZILOLAXON ALADJANOVNA
    Tekshirdi: _______________________________

    TOSHKENT – 2023
    REJA:

    1. Kirish

    2. Gazlarning ionlashuvi.

    3. Nomustaqil va mustaqil razryadlar

    4. Gaz razryadlarining turlari va qo'llanilishi


    Kirish
    Fizika fani materiyaning turli shakllarini, ularning tuzilishi, harakat qonunlari va bir-biri bilan bog’lanishini o’rganadi. Fizika boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langan bo’lib, uning fan-texnika taraqqiyotdagi o’rni juda katta.
    Fizika qonunlari texnikada juda keng qo’llaniladi, shuning uchun ham fizika texnikaning asosidir.
    Hozirgi davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda, bakalavriyat bosqichidagi talabalarga fizika fani asoslarini o’rgatishdan asosiy maqsad – ularda hozirgi zamon ilmiy – texnikaviy dunyoqarashni shakllantirish, ularga zamonaviy texnika vositalari asoslarini tanishtirish va ulardan foydalanishga zamin yaratishdan iborat. Shuni unutmaslik kerakki, fizika fani oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan “Hisob (Calculus)”, “Differensial tenglamalar”,“Sxemalar va elektronika”, oliy matematika, informatika, axborot texnologiyalari, Simsiz aloqa va boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan.

    Gazlarda elektr toki
    Gazlar orqali elektr tokning o’tishini tekshirish uchun 1–rasmda tasvirlangan shema asosida elektr zanjir tuzaylik. Bu zanjirning bir qismi, ya’ni M va N plastinalar (elektrodlar) orasidagi qismi biror gazdan iborat bo’lsin. Sxemadagi galvanometr zanjir bo’ylab elektr tok oqmayotganligini ko’rsatadi, chunki oddiy sharoitlarda gazda zaryad tashuvchilar bo’lmaydi.
    Demak, zanjir M va N elektrodlar orasida uzilgan bo’ladi. Shuning uchun zanjir orqali elektr tok oqishini ta’minlamoqchi bo’lsak, elektrodlar oralig’iga zaryad tashuvchilar kiritish yoki biror usul bilan elektrodlar orasidagi gazda zaryad tashuvchilar vujudga keltirish kerak. Gazda zaryad tashuvchilar vujudga keltirishning barcha usullarini ikki gruppaga ajratish mumkin:
    a) gazdagi zaryad tashuvchilar tashqi faktorlar tufayli vujudga kelishi natijasida kuzatiladigan elektr tokni nomustaqil gaz razryad deyiladi.

    b) M va N elektrodlar orasidagi elektr maydon ta’sirida vujudga kelgan zaryad tashuvchilar tufayli kuzatiladigan elektr tokni mustaqil gaz razryad deyiladi.

    Download 132,01 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 132,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot

    Download 132,01 Kb.